TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
209
DTS va kredit modul tizimiga asosan mustaqil ta‘lim bo‗lajak o‗qituvchilari
ta‘lim jarayonining eng zarur ajiralmas komponenti bo‗lib, auditoriya va
auditoriyadan tashqari mustaqil ta‘lim jarayonida egallagan bilimlarini
mustahkamlash, o‗z navbatida, bu bilimlar mazmunini anglash va kengaytirish,
ijtimoiy-madaniy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, ularni
aqliy va jismoniy faoliyatga aylantirishga yo‗naltiriladi.
Mustaqil ta‘lim jarayonida bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchisining sotsiolingvistik
kompetensiyalarini rivojlantirishida bir qator pedagogok omillar o‗zining ta‘sirini
ko‗rsatadi, shu jumladan, fan o‗qituvchisining mentor, fasilitator vazifasida
talabalarning mustaqil ta‘lim jarayonini monitoring qilishi, ijtimoiy-ma‘naviy muhit
(talaba darsdan tashqari qo‗shimcha to‗garak mashg‗ulotlari, klublar va ijtimoy-ijodiy
guruhlarda o‗zining bilim, ko‗nikma va malakalarini oshirishi bilan bir qatorda
ijtimoiylashib, professor O. Bobrikova ta‘biri bilan aytganda, ―bo‗lajak chet tili
o‗qituvchisining aksiologik (tolerantlik, chet tili madaniyatiga, an‘analarga,
qadriyatlar tizimiga va jamiyat kishilariga nisbatan hurmat), lingvistik va madaniy
(chet tili jamiyatining ijtimoiy-madaniy voqeligini aks ettiruvchi bilimlardan diskurs
tarzda foydalana olish va madaniyatlararo muloqotga tayyorlik), lingvistik (nutq
odobiga va dialektlar va sotsiolektlar, ijtimoiy etiket qoidalaridan xabardorlik), uning
vaziyatli-xulq-atvori
(imo-ishoralar,
yuz
ifodalari,
noverbal
vositalardan
kommunikativ maqsadlarda to‗g‗ri foydalanish, muloqot holati va suhbatdoshning
ijtimoiy roli va holatini tushunish qobiliyati) va motivatsion baholash (ularning nutq
xatti-harakatlarini nazorat qilish, tahlil qilish va baholash qobiliyati) qobiliyatlari
rivojlanib boradi‖[2: 155-159-b.].
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, chet tillarni o‗qitishda madaniyatlararo
yondashuvga (chet tilni madaniyat bilan integrallashgan holda, tilni sotsial
vaziyatlarda munosib ishlatishni o‗qitish) asoslangan ta‘lim jamiyat o‗zgarishi
natijasida paydo bo‗ladigan tarbiyaviy zarurat hisoblanadi. Demak, chet tillarni
o‗qitishda madaniyatlararo yondashuvga asoslangan ta‘limning umumiy maqsadi
madaniy xilma-xillik, umumiy ochiqlik va bag‗rikenlik, tolerantlik, madaniyatlararo
kompetensiyalarni rivojlantirish, boshqa madaniyat vakillariga nisbatan ijobiy
munosabatda bo‗lishni taqozo etadi.
Mazkur jarayonda bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining sotsiolingvistik
kompetentligini mustaqil ta‘lim jarayonida faol rivojlantirish muhimligini
ko‗rsatadigan bir qator o‗ziga xos quyidagi pedagogik tamoyillarga amal qilishni
taqozo etadi.
Birinchidan, mustaqil ta‘lim jarayonida talabalarning kommunikativ
kompetensiyalarining tarkibiy qismlari: lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik
kompetensiyalarni integrallashgan holda rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ta‘lim
mazmunini muntazam ravishda takomillashtirish, ya‘ni, mustaqil ta‘lim
mashg‗ulotlarini nazariya bilan amaliyotning aloqadorligi, til muhitining mavjudligi,
ilmiy asoslangan, hayotiy, ishonchli, lingvistik, ijtimoiy-madaniy, pragmatik
ahamiyatga ega bo‗lgan autentik o‗quv ma‘lumotlaridan foydalanish, ―aniq va puxta
Do'stlaringiz bilan baham: |