TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
207
madaniy malakalari (kompetensiyalar)ni auditoriya va auditoriyadan tashqarida
egallagan bilim, ko‗nikmalarini kengaytiradi hamda mustahkamlaydi. ―Bu yondashuv
g‗arb lingvodidaktikasida madaniyatlararo yondashuv nomi bilan yuritilib,
kognitologiya, konseptologiya, lingvokulturologiya va boshqa zamonaviy fanlarning
so‗nggi yutuqlari asosida mazkur metodik nazariya shakllangan bo‗lib, keng
ko‗lamda amaliyotda joriy etilmoqda‖[7:40-41].
Bir
jumla
bilan
ifodalaganda,
chet
tili
va
madaniyat
yaxlit
(integratsiyalashgan) holda o‗rgatilmoqda. Mazkur metodik qoida doirasida chet til
o‗qitish maqsadi va mazmuni belgilanadi. ―Chet tili o‗qitish maqsadi:
amaliy
(practical goal), madaniy (cultural goal), ta‘limiy/tarbiyaviy (educational goal) va
rivojlantiruvchi (developmental goal) to‗rtta maqsadlarni amalga oshiradi‖[3; 21-29].
Amaliy va madaniy maqsad doirasida talabalarning lisoniy dunyoqarashini va
kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning dunyo haqidagi bilimlarini
tili o‗rganilayotgan xalqlarning hayoti, urf-odatlari va an‘analari bilan tanishish,
ularning ijodiy, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, real va pedagogik
muloqot jarayonda talabaning o‗ziga va boshqalarga
nisbatan ijodiy va tanqidiy
munosabatini, turli xarakter, qarashlar, e‘tiqodlar, axloqiy-estetik va hissiy tajriba,
motivatsiya, hamkorlik qilish va ijtimoiylashish istagini rivojlantirish;
madaniy
an‘analarni saqlash, hurmat qilish, turli madaniyatlarni taqqoslash kabi bilim,
ko‗nikma va malakalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ingliz tilini o‗rganishning ta‘limiy/tarbiyaviy maqsadi talabalarning xotirasini,
mantiqiy tafakkurini, mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Rivojlantiruvchi maqsad (G. V. Rogova va I. N. Vereshagina tomonidan kiritilgan)
esa talabalarda ijodkorlik, aqliy va intellektual, xotirani
yaxshilash, oldindan sezish,
bashorat qilish, taxmin qilish qobiliyatlarni, mantiqiy tafakkur, tashabbuskorlik kabi
qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi[4: 34-37].
Demak, ingliz tilini o‗qitishning amaliy, madaniy, ta‘limiy/tarbiyaviy va
rivojlantiruvchi maqsadlari bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, mazkur maqsadlarni
chet tili o‗qitish tizimida muvaffaqiyatli amalga oshirishda chet tili o‗qituvchilari
kommunikativ kompetensiyalarga (linvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va strategik)
va zarur kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalarga ega bo‗lishlari vazifalarini qo‗yadi.
Bo‗lajak ingliz tili o‗qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasi o‗ziga
xos pedagogik shart-sharoitlarni o‗z ichiga oladi. O‗qituvchining kommunikativ
kompetensiyasi
talabalar, pedagogik jamoa, keng jamoatchilik, atrof-muhit bilan
bo‗ladigan uzluksiz munosabatlarda namoyon bo‗ladi. ―Madaniyatlararo yondashuv
sharoitida kommunikativ kompetensiya bir qator kompetensiyalarni
birlashtirgan
murakkab polimorfik tushuncha sifatida qaraladi. ‖[5: 48] Ya‘ni uning lingvistik
kompetensiyalari: nuqtayi nazar va qarashlarni ifodalovchi so‗z va iboralarni to‗g‗ri
qo‗llash, muloqotni mazmunini tushunish, shaxslararo muloqot va suhbatlar,
ommaviy munozaralar va rasmiy muhokamalarda o‗z mutaxassislik sohasiga oid
bo‗lmagan mavhum va murakkab mavzulardagi muloqotlarda konkret yoki mavhum
mavzular bo‗yicha o‗z mulohazasini
bildirish va uni asoslay olish, o‗z fikrini