TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
203
Jangovarlik, asosan, harbiy xodimlarga xos fazilat deb hisoblanadi. Bu
yondashuv aslida to‗g‗ri, tahdidga qarshi turish, uni zarur bo‗lsa, qurol yordamida
bartaraf etish harbiylarga burch qilib yuklatilgan. Tahdidlar, ayniqsa tashqi tahdidlar
o‗zining beshafqatliligi, yovuzligi, tinch aholini o‗ziga qaram etishga qaratilganligi
bilan ajralib turadi. Bu tahdidni harbiy qurol kuchisiz to‗xtatib bo‗lmaydi. Harbiy
xodimlardagi jangovarlik shunday tahdidlarni bartaraf etishga qaratiladi. Biroq
jangovarlik harbiy xatti-harakat emas, u harbiy bilim, jang olib borish taktikasidan
xabardorlik, qurollarga oid bilimlarga ega bo‗lish, yon-atroflarni, jo‗g‗rofiy muhitni
o‗rganish, unda bemalol harakat qilish uchun zarur ma‘lumotlardan foydalanish
kabilardan ham iboratdir.
Dushman harbiy rejasidan xabardorlik, unda qo‗rquv va ikkilanishni
uyg‗otish, unga kutilmaganda zarba berish hiylasidan foydalanish ham o‗sha bilimlar
qatoriga kiradi. Jangovarlik harbiy qurol dushmanini bilish, yengish haqidagi bilimlar
majmuasiga
tayanadigan
fazilatdir.
Shuning
uchun
ham
harbiy
xodim
professiogarammasida mazkur bilimlar majmuasi, ya‘ni kadrlarni harbiy qurol,
dushmanni bilish, yengish san‘atiga o‗rgatish muhim o‗rin tutadi.
Sharqda, ayniqsa, Xitoyda bu majmua ―strategema‖ deb ataladi. ―Kimda kim
dushman ustidan g‗olib kelmoqchi bo‗lsa, u to‗g‗ridan to‗g‗ri jang olib boradi, ham
manyovr, ham qurol qo‗llaydi,‖- deyiladi qadimgi Xitoy manbalarida. Manyovr
dushmanni, bilish va yengish san‘atini anglatadi.
―Mardlik‖ etikaga oid tushuncha bo‗lib, uning negizida tahdidga qarshi
chiqish, ikkilanmasdan, hatto o‗z hayotini xavf ostiga qo‗yib bo‗lsa-da, xavf-xatarni,
hujumni, yovuzlik va zo‗ravonlikni to‗xtatishga qaratilgan dadil xatti-harakat yotadi.
Mardlik shaxs qalbida, ongida shakllangan hayotiy pozisiya, barqaror qadriyatga
aylangan ideal, yashash va fikrlash tarzi ifodasidir. Hech kim mard, jasur, botir bulib
tug‗ilmaydi, bu fazilatlar ijtimoiy-tarbiyaviy ta‘sirlar mahsuli hisoblanadi. Shuning
uchun, harbiy xodimlar mardlikni shakllantirish kadrlar tayorlashdagi asosiy vazifalar
qatoriga kiradi. Mardlik – oliyjanob, axloqiy fazilat. U mudom alturizmni, ya‘ni
boshqalarni xavf-xatardan xalos qilish, ular hayotini, tinch-osoyishta yashashni
asrashga qaratiladi. Undagi mazkur fidoyilik boshqa fazilatlarning ahamiyatini
pasaytirmaydi, balki ularning yig‗ma mohiyati, kvintessensiya sifatida keladi.
Mardlik har onda, har bir harakatda sodir etiladigan fazilat emas, u mudom ochiq,
alturistik harakatda urunish beradi.
Tadqiqotning metodologik asosi. Mardlik fenomenning sinonimi sifatida ham
qo‗llaniladi. Maxsus tadqiqotlar ko‗rsatadiki, qahramonlik – noyob hodisa. Ammo
uni kundalik hayotda ham namoyon etish mumkin. Masalan, harbiy xodimlarning
kundalik hayoti va faoliyati (chegara xizmatchilarini eslang) mardlik va alturistik
xususiyatga ega. O‗rganilgan auditoriyaning fikriga ko‗ra, mardlik va qahramonlikni
asosan harbiy sohada (79%) va ichki ishlarda (54%) ko‗rsatish mumkin. Demak,
Do'stlaringiz bilan baham: |