MAKTABDA INFORMATIKA FANINI BOSHQA FANLAR BILAN INTEGRALLASHGAN USULDA VIRTUAL LABORATORIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA O’QITISH METODIKASINI ISHLAB CHIQISH
Abdullayev Axrorbek Anvarjon O’g’li Namangan Davlat Universiteti o’qituvchisi e-mail: axrorbek44@inbox.ru Tel: +998942315317
Annotatsiya. Ushbu maqolada integrallashgan usulda virtual laboratoriyalar yordamida umumiy o’rta ta’lim tizimida informatika fanini boshqa fanlar bilan o’qitish metodikasi loyihasi ilgari surilgan. Unda faoliyatining asosiy nuqtasi – har bir o'quvchi uchun maktabda darsda va darsdan tashqari jarayonda muvaffaqiyatli vaziyat yaratish taklifi keltirilgan. Kalit so’zlar: Integrallashgan (birlashtirilgan) usul, An`anaviy, Noan`anaviy, Virtual laboratoriyalar, atom, kvant.
Hozirgi kunda informatika asoslari fani eng yosh, ammo shu bilan birga maktab kursining eng muhim fanlaridan biridir. So'nggi yillarda umumiy o’rta ta'lim tizimida mazmunida jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi.
Kompyuter va dasturiy mahsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot texnologiyalarni tabiiy fanlarida ham qo‘llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, o‘qitishning zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning imkoniyatlari, virtual laboratoriyalar bilan bog‘liq bo‘lgan mutloq yangi, hali tadqiq qilinmagan o‘qitishning texnologik variantlarini ochadi. Umumiy o’rta ta’lim tizimiga yangi virtual laboratoriyalarni joriy etish, nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoda alohida e'tibor beradigan asosiy masaladir.
Xususan, foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, oʻquv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularni mantiqiy fikrlashga, amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, bir soʻz bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashga oʻrgatmayotgani qayd etildi.
Agar virtual laboratoriyalar mavjud o'quv texnologiyalarini samarali to'ldirsa yoki an'anaviy ta'lim shakllari bilan o'quv jarayoni sifat darajasini yanada ortirsh eng dolzarb vazifasiga aylanib qolmoqda. Mazkur muammoni hal etishda integrallashgan usulda virtual laboratoriyalar asosida o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
Virtual laboratoriyalar - bu haqiqiy dunyodagi haqiqiy ob'ektlarning xatti-harakatlarini taqlid qiladigan virtual laboratoriyalar mavjud o'quvmuhiti talabalarga kimyo, fizika, matematika, informatika, biologiya kabi ilmiy va tabiiy fanlar bo'yicha yangi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga yordam beradi.
Virtual laboratoriya asosi - bu kompyuter dasturi yoki ba'zi jarayonlarni kompyuter simulyatsiyasini amalga oshiradigan dasturlar to'plami. An'anaviy laboratoriya ishlari bilan taqqoslaganda virtual laboratoriya ishlari bir qator afzalliklarga ega. Uskunalar va xavfli radioaktiv materiallarni sotib olishning hojati yo'q. Masalan, kvant yoki atom yoki yadro fizikasi bo'yicha laboratoriya ishlari uchun maxsus jihozlangan laboratoriyalar talab qilinadi.
Virtual laboratoriya ishlari an'anaviy laboratoriya ishlariga nisbatan tabiiy yoki kimyoviy jarayonlarga ko'proq tasavvurga ega. Masalan, u batafsilroq ko'rinadi va zaryadlangan zarralarni yaratish kabi tabiiy jarayonlarni aniq o'rganadi.
Masalan, Informatika va fizika fanlarini integrallashgan usulda o'qitish bo'yicha virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish laboratoriya ishlarini yanada tirik va qiziqarli qilib, ta'lim sifatini oshirishga sharoit yaratadi. O'quvchilarning yaxshi o'qishi, darsda faol bo'lib, qiziqish bilan qatnashishiga imkon beradi. Umuman, integrallashgan usulda o'qitish bo'yicha virtual laboratoriyalardan foydalangan xolda o’qitilgan darslar o'quvchilar uchun yorqin, esda qolarli va qiziqarli bo'lib, mavzuga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi. Xususan, integrallashgan usulda o'qitish bo'yicha virtual laboratoriyalardan foydalangan xolda o’qitish metodikasini, informatika, kimyo, fizika, matematika, informatika, biologiya kabi ilmiy va tabiiy fanlar bo'yicha qo’lash o'quvchilarni kitob bilan ishlashni, kuzatishlar, tajribalar o'tkazishni, bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirishni, bir yoki bir nechta mashg'ulotlarni o'rganadilar. Bu esa o'z navbatida, ularning ijodkorlik qobilyati shakllantirishga yordam beradi.
Adabiyotlar
1. Azimova Z. “Integral pedagogikada o‘quvchilarning shaxslararo munosabatlari” Pedagogik mahorat 2007, №2. 2. Бородашев С.А. Обушение коммуникачионным техналогиям будущих ушителей информатики в электиронном образавательном пространстве педагогишеского вуза: наук –СПБ.2010.
3. A.Abdullayev “Maktabda informatika fanini integrallashgan usulda O’qitish metodikasini ishlab chiqish” Янги Ўзбекистонни қуриш ва ривожланишида ёшларнинг фаоллиги мавзусидаги IV-онлайн конфренция. Техника ва информатика № 2 2020 б 197
4. N.Otaxanov A.Abdullayev “Informatika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi” Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». Выпуск №10 (том 3) (январь, 2021). Б 627,628
Do'stlaringiz bilan baham: |