TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
145
madaniyatni izdan chiqaruvchi, ma‘naviyatini yemiruvchi har qanday yot ta‘sirlardan
aholimizni himoya qilishimiz lozim. Dunyoda kechayotgan turli ko‗rinishdagi
axborot tahdidiga qarshi yoshlarimizda sog‗lom immunitetni shakllantirish, ogohlikni
bir daqiqa bo‗lsin qo‗ldan boy bermaslik, muhim zaruratga aylangan. Globallizm
davrida madaniyat va manfaatlarning to‗qnashuvi natijasida millat, xalqlar o‗rtasida
turli ixtilof va urushlar kelib chiqadi.
O‗zbeklar ikki dengiz (Qora va O‗rta yer dengizi) bo‗yida joylashgan
podshohliklar sultonlarining doimiy e‘tiborida bo‗lishgan. Aslida aksariyat
sultonlarning kelib chiqishi qipchoq (o‗zbek) diyoridan edi. Masalan, Misr sultoni
Zohir Beybars o‗zbeklar bilan ittifoq tuzishga intilardi. 1261-1263-yillari Baraka Xon
bilan o‗zaro bordi-keldi va sovg‗a-salom yuborishni yo‗lga qo‗ygan edi.
Abbosiylar xalifaligi davrida asli buxorolik Ahmad ibn Tulun oilasi Misrda
mustaqil davlat barpo etib, 868 -(254 hijriy) yili Tuluniya davlatiga asos soldi. Bu
oila Misrda o‗ttiz sakkiz yil hukmronlik qildi. Bu yillar Misr tarixida yorqin iz
qoldirgan davr hisoblanadi. Ibn Tulun o‗tkir siyosatchi, mohir rahbar, harbiy sohada
ham bilag‗on mutaxassis edi. U boshqargan yillar Misrda tinchlik va osoyishtalik
barqaror bo‗ldi, odamlar xotirjam va to‗q hayot kechirishdi.
Usmoniylar davrida ham Misrda o‗zbeklar mavjud edi. Usmoniylar davridagi
arxiv hujjatlaridan Qohiradagi O‗zbek takya (mahalla)si O‗rta Osiyodan kelgan
barcha o‗zbeklarni yaxshi kutib olgani ma‘lum bo‗ladi. Usmoniylar davlati ularga
Sultonlar
vaqfi
(maxsus
hisobi)dan
infoq-ehson
qilgan,
mahallalarini
obodonlashtirish va tuzatishga alohida e‘tibor qaratgan, u yerda yashovchilarning
oziq-ovqati va ilm olishlari uchun yetarli mablag‗ ajratgan, ularning ehtiyojiga ko‗ra
kitoblar chop etishga ruxsat bergan.
Qohiraning Darbul Ahmar mahallasidagi Mag‗ribiylar ko‗chasida joylashgan,
bu jome‘ buzilib ketgan bo‗lsa-da, darvozalari saqlanib qolgan. Sayfiddin O‗zbek
Yusufiy barpo etgan ―O‗zbek istirohat bog‗i‖ hozir ham qohiraliklarning sevimli
maskanidir[6.].
Hozirgi paytda ham Qohirada bir qancha o‗zbek oilalari yashaydi. Shoshlik,
buxorolik, farg‗onalik va tarozlik oilalar bor, ular yurtlari nomiga nisbat berilgan
ismlarini hamon saqlab kelishyapti.
Falastin markazi-Quddusi sharifning eski shahar qismida, Masjidul Aqsoning
hovlisiga tutashib ketgan kichik bir hududda XVI asrdan beri o‗zbeklarga qarashli
ekanligi aytiladigan bir dargoh bor. U yer hozir bir maqbara, kichik muzey,
kutubxona va to‗rt kichik xonadan iborat tarixiy yodgorlik sifatida saqlanmoqda. Bu
atrofda bir necha asrlardan beri oz sonli o‗zbek oilalar yashaydi, ular tarixiy vatanlari
O‗zbekiston ekanini aytishadi. Mahalliy xalq orasida bu joy ―al-Zaviya al-
O‗zbekiyya‖ nomi bilan ma‘lum [7.].
Sobiq Ittifoq davrida taqdir taqazosi bilan vatandan yiroq bo‗lgan insonlarga
nisbatan ayricha qarash shakllangan edi. Endilikda shu kabi eskicha qarash va xato
fikrlashga barham berish maqsadida ―Vatandoshlar‖ jamoat fondi tashkil etildi.
Mustaqillik bergan inson erki tufayli, dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida
Do'stlaringiz bilan baham: |