TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
144
tutishga majbur bo‗layotganlarni soni ortgandan-ortishi, bu insonlarning oilalari shu
tariqa milliy o‗zligi, tarixi va madaniyatidan mahrum bo‗ladi.
Tabiiy fanlarda ―Assimilyatsiya tushunchasi tirilikning eng asosiy xususiyati
bo‗lib, assimilyatsiyadan organizmning o‗sib, rivojlanishi va yangilanishida energiya
manbai vazifasini o‗tab, foydali moddalarning to‗planishini ta‘minlaydi. Tirik
organizmda uni tashkil etuvchi qismlarning yangilanib, parchalanishi esa
―dissimilyatsiya‖ hodisasi hisoblanadi.
Agar assimilyatsiya va dissimilyatsiya tushunchasini madaniyatshunoslik
faniga tatbiq etsak, ma‘lum bir xalq, millatning o‗z tarixiy makonida o‗zaro
birdamlikda istiqomat qilishi, ularning etnik madaniyatini taraqqiy etishi, madaniy
assimilyatsiya sifatida baholash mumkin. Lekin, taqdir taqozosi bilan o‗zga yurtni
makon tutganlar esa milliy o‗zlik va milliy madaniyatini boy berishini esa madaniy
dissimilyatsiyaga qiyoslash mumkin.
O‗zbekiston, mintaqa davlatlari ichida eng ko‗p millatlik mamlakat bo‗lib,
130 ortiq millat vakillari emin-erkin isteqomat qiladi. Yurtimiz maktablarda nafaqat
o‗zbek, rus, qozoq, qirg‗iz, tojik, turkman va qoraqalpoq tillarida ta‘lim beriladi,
balki oliy ta‘lim muassalarida ham shu tillarda ta‘lim va tarbiya olish imkoniyati
yaratilgan, teleradio va bosma nashrlar ham chop etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ―O‗zbekiston
Respublikasining davlat tili o‗zbek tilidir. O‗zbekiston Respublikasi o‗z hududida
istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an‘analari
hurmat qilinishini ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi‖.
18-moddasida esa ―O‗bekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq
va erkinliklarga ega bo‗lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‘iy nazar, qonun oldida tengdir‖lar[5.].
Mustaqillikning ilk yillaridan millatlararo munosabatlarda tolerantlik,
bag‗rikenlik va insonparvarlikni rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo
hamjihatlik, jamiyatda fuqarolarning totuvligini mustahkamlash, kam sonli millatlarni
ham o‗z tarixi, tili, urf-odat va an‘analarini asrab avaylashi uchun madaniy markazlar
tashkil etildi.
2017-yil 19-mayda qabul qilingan PF-5046-sonli farmon ijrosini ta‘minlash
maqsadida Respublika baynalmilal madaniyat markazi faoliyatini yanada
rivojlantirish uchun O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalari qo‗mitasi
tashkil etildi.
Qo‗mitaning asosiy vazifasi jamiyatda millatlararo hamjihatlik va
bag‗rikenglikni ta‘minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish,
do‗stlik va ko‗p millatli yagona oila tuyg‗usi muhitini mustah-kamlash, yoshlarni
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Yangi O‗zbekiston kelajagini yaratuvchi turli til, din va millatga mansub
fuqarolarimiz yurt istiqboli uchun muttasil qayg‗urayotgan bir paytda ―globallashuv‖
jarayonida tolerantlik, bag‗rikenglik niqobi ostida namoyon bo‗lib, milliy
Do'stlaringiz bilan baham: |