Shaxs kamolotida ma‟naviyat, ma‟rifat va madaniyatning o„rni.
Mamlakatimiz o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritgandan so‗ng erkin fikrlaydigan, o‗z-
o‗zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har
tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustivor
yo‗nalishi
qilib
belgilandi.
Uni
amalga
oshirish
esa
eng
avvalo,
tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma‘naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini
shakllantirishni taqoza etadi. Ma‘naviyatning vazifasi shaxsda o‗z o‗zini anglab,
bilimdonlik va qalbi tozalik kabi insoniy tuyg‗ularni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu haqida Sh.M.Mirziyoyev ―Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati,
yuksak ma‘naviyati bilan qudratlidir‖-degan edi[2.].
Mohiyatdan ma‘naviyat ko‗p qirrali tushuncha bo‗lib, u inson faoliyatining
barcha qirralarini, uning yaqqol ko‗zga tashlanuvchi zoxiriy va yashirin, ichki ruhiy-
botiniy tomonlarini ham qamrab oladi. Bunga sabab ―Ma‘naviyat‖ tushunchasi keng
ma‘noda jamiyat hayotidagi g‗oyaviy, mafkuraviy, ma‘rifiy, madaniy, diniy va
axloqiy qarashlarni o‗zida to‗la mujassam etgan ijtimoiy-ma‘naviy hodisa ekanligidir.
Demak, ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyat tushunchalari o‗zaro bir-biri bilan uzviy
tarzda insonga xos eng ezgu xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
143
Madaniyat-jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining
muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‗rinishlarida, shuningdek,
ular yaratadigan moddiy va ma‘naviy boylik-larda ifodalanadi. ―Madaniyat‖- atamasi
tor ma‘noda kishilarning faqat ma‘naviy hayoti sohasiga nisbatan ham ishlatiladi.
Yevropada ―Madaniyat‖ deyilganda dastlab insonning tabiatga ko‗rsatadigan
maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-tarbiya berish tushunilgan (lot.
cultura - yerni ishlash, parvarishlash; ruschadagi ―kultura‖ so‗zi ham shundan
olingan)[3.].
Ma‘naviyat har doim ma‘rifat bilan ya‘ni bilim bilan uyg‗un holda rivojlanib
boradi. Har ikkalasining uyg‗unligiga erisha olsakkina yoshlarimizning ma‘naviy
barkamol, iymon-e‘tiqodli, vatanparvar, insonparvar, vijdonli, diyonatli, or-nomusli,
halol va pok insonlar bo‗lib tarbiya topishlariga erisha olamiz. Bu haqda Abu Hamid
Muhammad G‗azzoliy quyidagi fikrlarni bildirgan edi: Gumroh kishilar ―Ilm
bo‗lgach, amalga hojat yo‗q qablida fikr qiladilar. Bunday fikrlar ilmning o‗zi bilan
kifoyalanib, shariatni inkor etuvchilar e‘tiqodi bo‗lib, ular uchun ilm hosil bo‗lsa-yu,
amal bo‗lmasa. Bu kabi ilmdan foyda yo‗qligini bilishmaydi. Holbuki o‗qib
o‗rgangan ilmga amal qilmagan kishining qiyomat kunidagi azobi ikki hissadir‖[4.].
Ma‘naviy, ma‘rifiy va madaniy qashshoqlik bilan hech bir millat, u
yashayotgan mamlakat hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning
yuksak cho‗qqilariga erisha olmaydi. Ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatni egallash
masalasiga yondashuvga hadislarda aytilgan ―Bu dunyoni deb u dunyoni, oxiratni deb
bu dunyoni unitmang‖ degan mazmundagi naqlini hech qachon esdan
chiqarmasligimiz zarur. Chunki tarix va hayot tajribasi dunyoviy va diniy qadriyatlar,
ilmma‘rifat doimo bir-birini to‗ldirib, boyitib kelganligi shu asosda kishilar ma‘naviy
kamolot cho‗qqilariga erishganligidan dalolat beradi.
Ma‘naviyat, ma‘rifat va madaniyatni har doim ma‘rifat bilan ya‘ni bilim bilan
uyg‗un holda rivojlanib boradi. Har uchalasining uyg‗unligiga erisha olsakkina
yoshlarimizning ma‘naviy barkamol, iymon-e‘tiqodli, vatanparvar, insonparvar,
vijdonli, diyonatli, or-nomusli, halol va pok insonlar bo‗lib tarbiya topishlariga erisha
olamiz.
Shuningdek, milliy madaniyat, urf-odat, an‘analarni saqlash va ularning
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‗unlashtirish sari jadal odimlash, iqtisodiy-ijtimoy
jihatdan taraqqiy etish, yer yuzida istiqomat qilayotgan yetti milliarddan ziyod
kishilarning umumiy istagidir.
Insoniyat o‗tmishida ko‗plab bo‗hton, urushlar va haq-nohaq qon to‗kishlarga
guvoh bo‗ldi. Aql-zakovat sohibi bo‗lgan inson oldida bugungi globallashuv davrida
o‗tmish ajdodlardan meros bo‗lgan madaniy-ma‘naviy boyliklarni kelajak avlod
uchun bus-butun saqlab qolish vazifasi ko‗ndalang turibdi.
Biroq jahon, globallashuv davrida ro‗y berayotgan turli voqea, hodisa va
jarayonlar tufayli o‗z tarixiy vatani, isteqomat qilayotgan yurtini tashlab chiqishga
majbur bo‗lmoqda. Tinch va osoyishtalik ilinjida o‗zga yurt, hududlarni makon
Do'stlaringiz bilan baham: |