TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
132
insoniyligini vaqt o‗tishi bilan anglab etishi zarurligiga ham urg‗u beradi. Bir
qarashda sodda, xalq tiliga yaqin bu so‗zlar bosh qahramoni tilidan ba‘zi leksik
o‗zgarishlarga uchragan holda yetti marotaba takrorlanadi. Bu qaytarishlar qissa
qahramonining hayotni, odamlarni anglash, o‗z maqsadiga yetish manzilini tadrijiy
rivojlanishini ifoda etadi. Sinfdosh do‗sti Samadning tug‗ilgan kuniga doirachi
o‗rtog‗i bilan borgan Sadriddin jonli ijroda qo‗shiq kuylaydi. Ovoz u darajada yaxshi
emas, ammo u kuylashdan sira to‗xtamaydi. Qo‗liga tor ushlagan hofiz, yonida doira
chalayotgan sherigi talabalarning pichinglariga (Komilaning ―qo‗shiq aytishni
yaqinda o‗rgandingizmi uka?‖, ―nohorgi oshga keldim deb o‗ylayapti chog‗i‖ kabi)
e‘tibor bermasdan qo‗shiq ijro etishadiki, ammo tinglovchini qalbini, borlig‗ini o‗ziga
rom eta olmaydi. Sho‗x davraga teskari bo‗lgan hazin qo‗shiqlarni ijro etadi. Insonni
anglashga ema, o‗zini ko‗z-ko‗z qilishga, intilish holati yetakchilik qiladi.
Muallif o‗z qahramonini qanday bo‗lsa, shunday aks ettiradi, undagi talant,
nuqsonlarni harakatlari, so‗zlari orqali talqin etishga harakat qiladi. O‗z orzulariga
yengil qaraydigan, kelajak uchun kurashda bardoshsiz, hayotda osonlikcha yutuqqa
erishishni ko‗zlaydigan yoshlar qismati, ularning tinimsiz mehnat emas, oson yo‗l
orqali shon-shuhratga erishish yo‗lidan borishi, aksincha, fojialar sari eltishini unitib
qo‗ygan hayotiy insonlar qismati bilan uzviylikda namoyon bo‗ladi. Sadriddinning
uch marotaba televizorda chiqsam bo‗ldi, hammaga mashhur bo‗lib ketaman deyishi,
uni yonidagi musiqa chaladigan yigitlar, Lobarxonning (raqqosa) ko‗p pul
to‗laydigan davralarga intilishi, oddiy ―birrov‖lik qo‗shiqchilarni nazarga ilmasligi
qayd qilingan mulohazalarni yuzaga chiqishiga imkon yaratdi. Sadriddin
Mehriddinov obrazida maqsadi yo‗lida hech narsadan ta‘b tortmasliklikni gap-
so‗zlari, harakatlaridan, ruhiyatidagi o‗zgarishlaridan sezilib turadi. Davrada uni hech
kim tinglamasa ham, u qo‗shiq aytishdan to‗xtamaydi. Shu onda Nafisa ismli bir qiz
uning yaxshi qo‗shiq aytganini aytib, yosh bolalarcha qarsak chalib yuboradi. Nafisa
bir tomondan soddaligi yigitlarga rahmi kelgandan shunday qilgan bo‗lsa, ikkinchi
tomondan hofiz bilan bir joydan ekanligi uchun shunday mulohaza yuritishga majbur
bo‗ladi.
Ammo yillar o‗tib, unga qilingan e‘zozning qanchalik darajada qimmatga
tushishini anglab etmagan edi. Ketishga shaylangan ikki qo‗shiqchini Nafisa hech
bo‗lmasa, ovqatlanib keyin ketingizlarlar deyishi ularga xush yoqadi, biroq Sadriddin
xuddi shuni kutganday qo‗llarini ko‗ksiga qo‗yib javob so‗raydi:
―– Endi bizga ruxsat singlim. – Voy o‗tiribsizlar-da… – Rahmat, singlim.
Hali boradigan joylarimiz ko‗p‖[2; 7-b.]. Aslida boradigan tayinli joyi yo‗q,
―artist‖ning ushbu gaplari ham Nafisani shoshirib qo‗yadi. Keyinchalik Sadriddin uni
o‗zining yakkaxon konsert dasturiga taklif qiladi. Beixtiyor qiziqish va
ko‗ngilchanlik bilan otlangan Nafisa hofizga gul taqdim etadi. Bugungi kundagi
Do'stlaringiz bilan baham: |