TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
134
Asardagi voqealar rivojiga nazar solar ekanmiz, insonning insoniyligi, uning pok qalb
egasi bo‗lishi, hatto san‘atga oshna qalbdan bu kabi vahshiyliklar yuzaga chiqishini
kitobxon anglab ulgurmaydi. Faqatgina ‖oson‖ hayot yo‗lini tanlashga intilayotgan
yoshlarning qismati fojia bilan tugashini his etadi.
Qissa davomida yozuvchi tabiat manzaralari, insonning yashash joyi va
kundalik hayotini uyg‗un holda tasvirlaydi. Badiiy asardagi qahramon ruhiyatini, asl
dunyoqarashini ochib berishda ochqich vazifasini o‗taydi. Sadriddin yashayotgan
makon holati, talabalar yotoqxonasi tasviri, to‗ydagi davra ta‘riflari aks etgan
o‗rinlarda shu hodisotlarning tasdig‗ini ko‗rish mumkin. Talqin etilganidek, ―To‗qqiz
qavatli uyning yettinchi qavatidagi bir xonalik kvartira. Ham yotoqxona, ham
ijodxona, ham mehmonxona vazifasini o‗taydigan yagona xona kambag‗allik va
g‗ariblikning timsoliday edi. Polda arzon palos, devorlarda ranggi o‗chgan, ba‘zi
joylari ko‗chib ham qolgan gulqog‗ozlar… O‗rtada xontaxta. Chekkada shalog‗i
chiqib ketgan televizor. Chap devorga taqab qo‗ygan shifoner. Katalakdekkina
oshxona. Dog‗ bosgan gaz plitasi. Krandan sovuq suv oqib turibdi‖[2 9-b.]. Makoniy
tasvir asosida badiiy qahramonning ruhiy-ma‘naviy qiyofasi o‗quvchi ko‗z o‗ngida
jonlanadi. Hayotda kimgadir ishonishni bilmagan inson qiyofasiga tushib qolgan asar
qahramoning keyingi taqdiri esa yana ham og‗riqli, faqat fojialar girdobini anglab
yetmagan inson qiyafasi tanazzul sari qadam tashlashidan dalolat beradi.
Shuningdek, qissa davomida bir nechta o‗z hayot tutimiga ega ayollar obrazi
uchraydi. Uzoq yillardan beri raqs tushib kelayotgan Lobarxon ismli raqqosaning
mardligi, haqiqatni ayta olishi, afsuslari juda ishonarli tarzda aks etgan. Yozuvchi
ushbu obrazlar (Nafisa va Lobarxon) orqali ―Millat axloqida yuz bergan fojialarning
bir ko‗rinishini ayol obrazi orqali ochib beradi. Sharqona axloqdan, hayodan voz
kechib, tamom bir begona hayot ostonasiga qadam qo‗yish va bu g‗ayriilmiy
odatlarga ―ko‗nikib ketish‖ eng katta fojia sifatida talqin etiladi‖[4; 48-b.]. Qayd
qilinganidek, ba‘zi yoshlarning ―havoyi‖ hayot yo‗lini tanlashi, yillar o‗tib esa
hayotning mohiyatini anglaganda juda kech bo‗lishiga urg‗u berilmoqda.
Nafisadagi oq ko‗ngillik, ishonuvchanlik, odamlarni ajrata olmaslik, o‗ta
soddalik kabi fazilatlar kutilmagan tashvishlarni, fojialarni yuzaga chiqargan bo‗lsa,
Lobarxonda esa yaxshi oilada tarbiya topmaslik, qaysidir yovuzlik tufayli emas, balki
shunchaki e‘tiborsizlik, hafsalasizlik yotganligini voqealar rivojidan anglash mumkin.
Asardagi Komila obrazi orqali esa, insonning kim ekanligini, uning xatti-harakatlarini
ochiq aytishi, haqiqatni qayd eta olishi, uning jasurligini, mardligini va insoniy
fazilatlar egasi ekanligidan dalolat beradi. ―Besh qo‗l barobar bo‗lmagani‖ kabi turfa
xarakterlar mavjudligini ham anglab olish mumkin.
Mazkur qissadagi har bir obraz o‗z qismati, taqdiri, tutumlari, hayot
tashvishlaridagi xatti-harakatlariga ko‗ra alohida o‗rin tutadi. Asar qahramonlari
orqali, bugungi yoshlarni hayotga olam va borliqa teranroq nazar solishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |