TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
133
―fonogramma‖ orqali qo‗shiq kuylash, qanday avj olganligi ayni shu qissada mahorat
bilan tasvirlab beradi.
Yillar shamoliga bardosh bera olamgan insonning qismati, taqdiri fojialar
girdobida qolishi, tabiiydir. Yozuvchi bosh qahramon, ya‘ni hofizning xarakter va
ruhiyatini ochish orqali bu jarayonni badiiylashtiradi. ―Sadriddinning yakka o‗zi bitta
tor bilan qo‗shiq aytayotgani holda musiqada g‗ijjag-u, doiradan tortib dutor-u nayga
qadar bo‗lgan asboblarning chalinayotgani eshitilardi. Buning ustiga,
fonogrammadan foydalanayotgan bo‗lsa-da, bechora Sadriddinning bo‗yin tomirlari
o‗qlog‗day bo‗rtib kuchanayotgani g‗alati ko‗rinardi‖[2; 7-b.]. Bu porterit tasvirlari
asosida, asar qahramoning ruhiyati, uning noinsoniy fazilatlari tranroq yoritilish
uchun asos bo‗ladi. Deyarli hech kim eshitmagan qarsaklar ham yangramagan bu
―konsert‖da, qiz hofizga hurmatu e‘zoz bilan gul taqdim etadi. Ayni shu paytda,
mashhur yevropa qo‗shiqchilariga o‗xshab Sаdriddin Mehridinov qizning yuzlaridan
bo‗sa oladi. Zalda qiy chuv, qarsaklar eshitiladi. Nechta aytilgan qo‗shiqqa e‘tiborsiz
muxlislar, uning xatti-harakatlaridan zovqlanib ketadi. Ayni shu jarayonda yozuvchi
ba‘zi yoshlarning ehtiros va xayollarga beriluvchanligini, hayotni yengil-yelpi deb
tasavvur qilishlarini, hissiy ehtiyojning o–zlari anglamagan holda, uning qurboniga
aylanish holatlarini talqin etgan. Ammo ma‘naviy ehtiyoj, dunyoqarash, tafakkur
qilish, inson va olamga teranroq nazar solish zarurligini uqtiradi.
Hozir yonimizdagi yoshlarning hissiyotga moyil ekanligi, jamiyatimizdagi
illat-u nuqsonlar, fikr va tuyg‗uning uyg‗un emasligi, aql va qalb qarama-qarshiligi,
davrning og‗riqli muammolari Sadriddin va Nafisa obrazlarida mujassamlashgan.
Yozuvchi ―Har bir qahramonini voqealarning tabiiy oqimi bag‗rida shaxsiyatining
o‗ziga xosligiga zug‗um qilmagan tarzda tasvirlay bilgan. Abduqayum Yo‗ldosh har
bir qahramon qiyofasini chizishda uning ruhiyatiga mos voqeadan foydalangan. Bu
o‗quvchiga obraz bilan yuzma-yuz bo‗lish imkonini beradi‖[3; 387-b.].
Xususan, konsertdagi gul berish voqeasidan so‗ng hofiz Nafisani bugungi
muvaffaqiyatning ―besh‖ bo‗lganligini yuvamiz, o‗zim yotoqxonayizga tashlab
qo‗yaman, Samad ham keladi deb aldab, o‗zi ijarada turgan uyga olib keladi. Uyda
esa ikkovidan boshqa hech kim yo‗qligini bilgan Nafisa istirobga tusha boshlaydi.
O‗zida yo‗q xursand Sadriddin goh ―men juda mashhur bo‗lib ketaman‖, goh ―sizni
katta-katta restoranlarga taklif etaman‖, ―hali hamma meni qo‗shiqlarimga zor
bo‗ladi‖, ―birrovga odamlar meni to‗yga aytishga navbatda turadi‖ kabi uzuq-yuluq
gaplar bilan o‗zini-o‗zi aldardi. Ammo buning sabablarini hali oddiygina Nafisa
anglab etmaydi. Muhabbat atalmish qalb gavhari eng pokiza, eng go‗zal tuyg‗u bo‗lib
kelganligini unitadi.
Sadriddin timsolida o‗z maqsadlarini amalga oshirishda hech narsani
ayamaydigan, yaqin kishilarini qurbon qilishga jur‘at etadigan ma‘nan qashshoq
insonlar qiyofasini turfa xil voqealar silsilasi asosida ko‗z o‗ngimizda jonlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |