TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
129
Natijada ishni bajarish jarayonida o‗qituvchiga bir necha marta murojaat qilinadi. Bu
esa vaqtning ko‗p sarflanishi va mustaqillik darajasining pasayishiga olib keladi.
3. Mustaqil ishlarning hajmi va mazmuni qat‘iy belgilangan bo‗lishi,
topshiriqni mas‘uliyat bilan bajarishga qaratilishi.
4. Mustaqil ishlarning ko‗rgazmalilik xarakterida bo‗lishi.
5. Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqning bir qolipga tushgan va retsept
asosida bajariladigan bo‗lmasligi, o‗quvchilarning bilimlarini yangi vaziyatda tatbiq
eta oladigan bo‗lishi, bilish qobiliyati va tashabbusini shakllantirishi.
6. Mustaqil ish topshirig‗i o‗quvchilarda qiziqish uyg‗otishi, turli vaqt
oralig‗ida bajarilishining hisobga olinishi.
7. Mustaqil ishlarni tashkil etishda o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va
malakalarining turli darajada bo‗lishini hisobga olgan holda ularga differensial
yondashilishi. (Ancha murakkab topshiriqlarni bajarayotgan o‗quvchilarga shu
xildagi yangi topshiriqlarni tavsiya etish ularda tashabbuskorlikni oshiradi.)
Mustaqil ishlarni bajarishda xatoga yo‗l qo‗yilishi sabablari tushuntirib
borilsa, o‗zlashtirilgan bilim, ko‗nikma va malakalarni mustahkamlashga zamin
yaratiladi.
Ko‗rinadiki, boshlang‗ich sinflarning ona tili tahlimi jarayonida tashkil
qilinadigan mustaqil ishlarda maqsad va topshiriqni bajarish tartibining aniqligi,
o‗quvchilarning o‗quv imkoniyatlariga mos bo‗lishi, turli faoliyat uyg‗unlashishi,
o‗quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirishi muhim o‗rin tutadi. Boshqacha
aytganda, shu jarayondagi ta‘lim samaradorligi darsda o‗quvchilarning mustaqil
ishlarni bajarishdagi individual imkoniyatlarining hisobga olinishiga bog‗liq.
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining nutqini o‗stirish bo‗yicha keyingi yillarda
chop etilgan Sh. Sariyevning ―Boshlang‗ich sinf o‗qish darslarida matn ustida ishlash
orqali nutq o‗stirish‖ metodik qo‗llanmasida o‗qish darslarida badiiy matnni tahlil
qilish bilan bog‗liq savollarga javob qaytarish, matn mazmuni yuzasidan reja tuzish,
yod olish, bayon, insho, tavsifnoma kabi turli mustaqil ish turlari nutq orqali amalga
oshirilishi asoslangan va o‗qish darslarida matn ustida ishlash bilan bog‗liq nutq
o‗stirish mazmuni va metodlari ishlab chiqilgan. G. Mamatova ―Boshlang‗ich sinf
o‗quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi‖ nomli metodik
qo‗llanmasida adabiy tushunchalar haqida kichik yoshdagi o‗quvchilarga ma‘lumot
berish bilan birga, badiiy asar tilini o‗rganishga alohida to‗xtalgan. Uning fikricha,
badiiy asar tilini o‗rganish o‗quvchilar nutqini adabiy atamalar, tasviriy vositalar,
badiiy til elementlari bilan boyitish demakdir.
Adabiyotlar
1.
O‗zbek tilining izohli lug‗ati, –Т.: O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi.
Davlat ilmiy nashriyoti, 2007. –3-jild.687 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |