TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON 128
bajaradilar.
Konstruktiv-variativ
xarakterdagi ishlar o‗quvchilardan oldin
o‗zlashtirilgan bilim va ko‗nikmalar yordamida har xil umumlashtiruvchi xulosalar
chiqarishni talab etadi. Bular, o‗z navbatida, o‗quvchilarning nutqini boyitadi,
bilimlarini chuqurlashtiradi, fikrlash doirasini samarali faoliyat darajasiga ko‗taradi.
Yangi bilimlarni o‗zlashtirishga doir mustaqil ishlar mavzuning murakkabligi
va o‗quvchilarning tayyorgarligiga bog‗liq bilish faolligi va nutqiy faolligining har
xil darajasida namuna yoki batafsil ko‗rsatma asosida bajariladi. Rekonstruktiv-
variativlik xarakteridagi ishlarda o‗quvchilarning nutq o‗stirishga doir tayanch bilim
va ko‗nikmalarini tatbiq eta bilishi talab etiladi. Buning uchun tayyorlangan savol-
topshiriqlar oldingi mustaqil ishlardan izlanish xarakterida bo‗lishi bilan farqlanadi.
Tayyorlov mashqlari muhim rolg‘ o‗ynaydigan bu xildagi ishlar muammoni hal
qilish, topshiriqni bajarish tartibini belgilash va umumlashtirishni taqozo etadi.
O‗rganilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash hamda ko‗nikmalarni
rivojlantirish maqsadiga yo‗naltirilgan mustaqil ishlarda nazariy tushunchalarni
tizimlashtirish, umumlashtirish, bilim va ko‗nikmalarni amalda qo‗llash, nutq
o‗stirishga doir tushuncha va bilimlarni mustahkamlash - uzoq muddat davom
etadigan jarayon bo‗lib, muayyan izchillikda bajariladigan topshiriqlar asosida
o‗zlashtirilgan bilimlar yangi sharoitda tatbiq etiladi va oldin o‗rganilgan bilimlar
doirasiga kiritiladi.
Bilim va ko‗nikmalarini nazorat qilishga doir mustaqil ishlar orqali
o‗quvchilarning bilim va ko‗nikmalarni o‗zlashtirish darajasi aniqlanadi. Nazoratning
natijasi baholash bilan yakunlanadi. Bilim va ko‗nikmalarni mustahkamlash
bosqichida mustaqil ishlar namuna va konstruktiv-variativ xarakterda bo‗ladi. Tahlim
jarayonida, mustaqil ishlarning har xil turlarini amalda qo‗llash o‗quvchilarning
mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantiradi.
Boshlang‗ich sinflarning ona tili tahlimida mustaqil ishlarning samaradorligi
mustaqil ish tizimini rejalashtirish va tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish
shartlariga bog‗liq. U o‗quv-tarbiyaviy jarayonda o‗quvchilarning o‗quv faoliyatini
boshqarish metodlari hamda ular egallagan bilim va ko‗nikmalarni boshqarish
metodlarini parallel ishlatishga imkon beradi. Tabiiyki, bunday sharoitlarni yaratish
o‗qituvchidan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‗quvchilarning bilish faoliyatini
to‗g‗ri boshqarish metodlarining psixologik-pedagogik xususiyatlariga doir bilimlarni
talab etadi.
Ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish bo‗yicha quyidagicha
metodik tavsiyalarni berish mumkin:
1. O‗quvchilarga beriladigan bilim, ko‗nikma va malakalarning mustahkam
bo‗lishiga yo‗naltirilgan mustaqil ishlarni tizimli tarzda tashkil qilish.
2. Mustaqil ishlarning aniq maqsadga yo‗naltirilgan bo‗lishi. Bu talabni
bajarmaslik o‗quvchilarni topshiriqning maqsadini tushunmaslikka olib keladi.