TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
127
Fikrni ifodalashning turli usullari mavjud bo‗lib, ularda so‗zlar semantik ma‘nosiga
ko‗ra ishtirok etadi.
Ona tili darslari o‗quvchilarning aqliy, xususan, mantiqiy tafakkurining
rivojlanishida boy materialga ega. Til va tafakkur chambarchas bog‗liq bo‗lib, tilsiz
inson fikrlay olmaydi. Tafakkursiz tilning bo‗lishi mumkin emas.
O‗quvchining nutqiy qobiliyatini o‗stirishdan oldin uning fikrlash qobiliyatini
o‗stirish talab qilinadi. Negaki nutqni tafakkurdan ajratib rivojlantirish mumkin emas.
Hayotdagi narsa-predmetlarning nomi va ular haqida fikr bildirish uchun
o‗sha narsa-predmet anglanadi va unga munosabat bildiriladi. O‗qituvchi nutq ustida
ishlash bilan bir vaqtning o‗zida o‗quvchilarning tafakkuri ustida ishlaydi, ularda
tushunarli, aniq, izchil va asoslangan fikrlashni tarbiyalaydi.
Ona tili darslarida grammatik va orfografik tushunchalarni egallash
jarayonida muayyan fikrlash faoliyatining yuz berishi bevosita mantiqiy tafakkur
tarbiyasi bilan chambarchas bog‗liqdir.
Boshlang‗ich sinflarning ona tili ta‘limi jarayonida o‗quvchilarning muayyan
darajada bilim, ko‗nikma va malakalarni o‗zlashtirishlariga, nutq va tafakkurini
rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ishlarni didaktik maqsadi, mazmuni va
murakkablik darajasi hamda ijodiy yondashilishiga ko‗ra quyidagicha tasniflash
mumkin:
1. Namuna asosidagi mustaqil ishlar.
2. Konstruktiv mustaqil ishlar.
3. Variativ mustaqil ishlar.
4. Ijodiy mustaqil ishlar.
Namuna asosidagi mustaqil ishlar o‗quvchilarni ona tili tahlimi bilan bog‗liq
ko‗nikma, malakalarni shakllantirish va mustahkamlash orqali mustaqil faoliyatga
tayyorlaydi.
Konstruktiv mustaqil ishlar til hodisalarini nutq o‗stirish nuqtayi nazaridan
tahlil qilish, bilishga doir metod va usullarni shakllantirish, bilishga bo‗lgan ichki
motivlarni rivojlantirishda qulaylik yaratadi.
Variativ mustaqil ishlar topshiriqlarni to‗g‗ri bajarish orqali o‗quvchilarning
so‗z zahirasini boyitishga doir ko‗nikma va malakalarini shakllantiradi.
Ijodiy mustaqil ishlar nutq va tafakkurni rivojlantirishga doir bilimlarni
mustaqil o‗zlashtirish malakalarini mustahkamlashi jihatidan ijodkorlikni
shakllantiruvchi samarali vosita sanaladi.
Bilimlarni faollashtirishga yo‗naltirilgan mustaqil ishlarda yangi material
ustida ishlash va mustahkamlash oldidan tayanch bilim va ko‗nikmalarni takrorlashga
qaratilgan topshiriqlar namunaviy va konstruktiv-variativ xarakterga ega bo‗lishi
mumkin. Namunaviy xarakterdagi ishlar shartlari to‗liq berilgan ko‗p sonli
mashqlardir. Bu ish turini o‗quvchilar tartib bilan berilgan ko‗rsatmalar asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |