TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
126
mantiqiy fikrlash usullarini qo‗llashni talab qilish. Demak, matn asosidagi yetakchi
g‗oyani aniqlash quyi sinflardan boshlanadi.
Mavzu yuzasidan matn asosida umumlashtiriladigan ma‘lumotlarni o‗rganish
orqali nazariy xulosalar qilinsa (yakkadan umumga qarab borilsa), induktiv usul, agar
xulosa ancha keng nuqtayi nazarni talab qilsa, deduktiv usul qo‗llaniladi. Nazariy
xulosalar o‗quvchilarning yangi mavzuni to‗la o‗zlashtirishlarida muhim vosita
sifatida xizmat qiladi.
Ko‗rinadiki, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining nutqini rivojlantirishda til va
tafakkur uyg‗unligiga erishish muhim o‗rin tutadi.
―O‗zbek tilining izohli lug‗ati‖da ―nutq‖ ―tilning fikr ifodalash va almashish
jarayonlarida amal qilishi; so‗zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va
shu jarayonning hosilasidir‖[1], - deb ko‗rsatiladi.
Nutq inson faoliyatining bir turi sifatida til vositalaridan foydalangan holda
fikrni ifodalashdir. Til, tafakkur va nutq o‗zaro bir-biri bilan uzviy bog‗liq bo‗lib,
odam o‗ylayotganda fikrini so‗zlar, jumlalar vositasida ichki nutqda ifoda etadi.
Boshlang‗ich sinflarning ona tili ta‘limida o‗quvchilarning nutqini o‗stirish –
ularda eshitish, anglash, gapirish, yozish va o‗qish ko‗nikmalarini shakllantirish,
demakdir. Shu asosda intellektual salohiyat oshiriladi, estetik va axloqiy tarbiya
yo‗lga qo‗yiladi.
―Педагогический энциклопедический словар‖da nutqqa ―insonlarning til
vositasida amalga oshiriladigan muloqot (kommunikatsiya) shakli bo‗lib, u fikrni
ifodalash vositasi bo‗lishi bilan birga fikrlashning asosiy mexanizmi hamdir‖[2] deb
qayd etiladi.
O‗quvchining nutqiy rivojlanishida tilning barcha sathlariga oid bilimlarga
amal qilinadi. Til sathlarini o‗zlashtirishning asosiy sharti tilning kommunikativ
funksiyasidan foydalana olish ko‗nikmasini egallashdir. Nutq o‗stirish gap qurilishi
va uning tarkibini tashkil etgan lug‗at ustida ishlash bilan o‗zaro bog‗liq. Lug‗at
ustida ishlash o‗quvchining lug‗at boyligini oshirishdan iborat emas, o‗quvchining
diqqatini so‗zning mazmuniga qaratish, so‗zning semantikasini, ma‘nosini
aniqlashtirish, so‗zning boshqa so‗z bilan semantik bog‗lanishini, aloqasini ochish,
bog‗lanishli nutqda har bir so‗zning o‗z ma‘nosiga ko‗ra boshqa so‗zlar bilan
bog‗lanishini anglashlariga erishishdir. So‗zlar orasida ma‘noviy moslashish so‗zlar
bog‗lanishining asosiy qoidasi bo‗lib, leksik birliklarning asosiy xususiyati gapda
boshqa so‗zlar bilan sintaktik aloqasida ko‗rinadi. So‗zning nutqda qanday shaklda
qo‗llanishini bilish qay darajada zarur bo‗lsa, uning ma‘nosini bilish ҳam shunchalik
zarurdir. Inson nutqiy munosabatda zarur so‗zlarni semantik ma‘nosiga qarab
tanlaydi va fikrini aniq ifodalashga intiladi.
So‗z yakka holda hech qanday kommunikativ vazifa bajara olmaydi. Nutqni
anglashning eng muhim sharti unda ifodalanayotgan fikr va mazmunni tushunishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |