7.
ONLAYN MIKROQARZ AJRATISH BUYICHA OMMAVIY OFERTA
SHARTNOMASI
Bir tomondan “Agrobank” Aksiyadorlik Tijorat Banki (bundan buyon matnda Bank
deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2017 yil 21
oktyabrda berilgan 78-sonli litsenziyaga asosan faoliyat yurituvchi va ikkinchi
tomondan O‘zbekiston Respublikasinin
g rezidentlariga (bundan buyon matnda Qarz
oluvchi deb yuritiladi) ushbu ommaviy oferta shartnomani (bundan buyon matnda
shartnoma deb yuritiladi) quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
7.1. SHARTNOMA PREDMETI
7.1.1. Bank Qarz oluvchiga Agrobankning rasmiy veb sahifasi (www.agrobank.uz va
www.my.agrobank.uz) va mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan va
amaldagi qonunchilik bilan cheklanmagan to‘lovlar uchun onlayn mikroqarz (keyingi
o‘rinlarda kredit deb yuritiladi) beradi. Qarz oluvch
i esa, Bankka olingan kredit
summasi va unga hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan muddat va
shartlarda to‘liq qaytaradi.
7.1.2.
Kredit limiti bankning rasmiy veb sahifasi va mobil ilovasidagi o‘rnatilgan
maxsus dastur orqali avtomat tarzda (mijozning bank kartasiga ish haqi va unga
tenglashtirilgan to‘lovlar hisob raqamidan kelgan mablag‘lar tahlilidan kelib chiqib,
qarz yuki doirasida, skoring dasturi orqali) belgilanib, uchinchi shaxslar kafilligi yoki
kredit qaytmasligi xatari sug‘urta qilish asosida ko‘pi bilan 10 000 000 (o‘n million)
so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil qiladi.
7.1.3
. Kredit muddati: Kredit 1 (bir) yil muddatga xar 6 (olti) oyning so‘ngi 4 (to‘rt)
oyida (3,4,5,6, va 9,10,11,12 oylarda) teng ulushlarda to‘liq so‘ndirish va dastl
abki 6
(olti) oyda qayta ajratish sharti bilan (revolver shaklida) ajratiladi.
Bunda, ikkinchi 6 oylikda qaytarilishi lozim bo‘lgan grafik summasiga mutanosib
ravishda mablag‘ ajratiladi va so‘ndirilgan mablag‘lar qayta tiklanmaydi.
7.1.4. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz miqdori: yillik - (-) foiz.
7.1.5. Berilgan onlayn mikroqarzlarga hisoblangan foizlar xar oyda va shartnoma
tuzilgan sanadan boshlab 3,4,5,6 va 9,10,11,12 oylardagi grafik bo‘yicha asosiy qismi
kredit ajratilgan sanadan qatʼiy nazar to‘lanishi lozim bo‘lgan oyning 5 sanasidan
kechikmagan holda to‘lanadi.
7.2. SHARTNOMANI AKSEPTLASH
7.2.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367
-
moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
7.2.2. Mijoz tizimga kirib tizimning yoki uning ayrim xizmatlaridan
(www.agrobank.uz, www.my.agrobank.uz va “AGROBANKMOBILE” mobil ilovasi
orqali) foydalanishni maʼqullaganda Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 370-moddasiga asosan aktseptlangan hisoblanadi hamda mijoz qarz
oluvchi va to‘lovlarni amalga oshiruvchi sifatida qatnashadi.
7.3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.3.1. Qarz oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
-
Bankning “Bank filiallari tomonidan jismoniy shaxslarga masofadan “Onlayn
miqroqarz” berish to‘g‘risida”gi Tartib talablari bilan tanishib chiqish;
-
o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish bilan bog‘liq
barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborot olish;
- kredit shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda
bajarilishini talab qilish;
-
olingan kredit summasini qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan
foizlarni to‘lashni muddatidan ilgari amalga oshirish, bunday holda faqat kredi
tidan
haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlarni to‘lash;
-
kredit shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida kreditidan
foydalanmagan taqdirda, shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.
Bankdan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarm
aganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashni talab qilish.
7.3.2. Qarz oluvchi va kafil quyidagi majburiyatlarga ega:
- krediti olish va foydalanish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi;
- kreditidan amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanishi;
-
olingan kreditni qaytarishni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan foizlarni
to‘lashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi;
-
kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risida
yozma yoki elektron SMS
tarzda xabar olingan kundan boshlab 3 (uch) bank ish kunida qarzdorlikni Bankka
to‘liq to‘lab berishi;
-
kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamagan yoki to‘liq to‘lamagan taqdirda bank
tomonidan ushbu to‘lovlarni to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
qarz oluvchi va unga kafillik bergan
shaxsning oylik ish haqisidan, plastik kartasidan, omonatdagi yoki depozitdagi har
qanday mablag‘lar hisobidan hamda boshqa banklardagi hisob raqamlaridan
akseptsiz undirib olinishiga qarshilik ko‘rsatmaydi.
Qarz oluvc
hi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va
uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
7.3.3. Bank quyidagi huquqlarga ega:
- kredit berishni rad etish;
-
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish va monitoring o‘tk
azish uchun zarur
bo‘lgan hujjatlarni qarz oluvchidan so‘rab olish;
-
kredit bo‘yicha to‘lov 30 (o‘ttiz) ish kunidan ortiq amalga oshirilmaganda kredit va
unga hisoblangan foizlarni sud tartibida, shu jumladan muddatidan oldin undirish.
7.3.4. Bank quyidagi majburiyatlarga ega:
-
qarz oluvchining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida, shu jumladan kredit berish
bilan bog‘liq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda to‘liq axborotni maʼlum
qilishi;
- kreditni mazkur shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi;
-
kredit berish qoidalarini hamma tanishib chiqishi uchun qulay bo‘lgan joyga
joylashtirishi;
-
shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada
bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning o‘rnini qarz olu
vchiga qoplashi
shart.
Bank qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning
zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
7.4. KREDITLASH TARTIBI
7.4.1. Bank kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchiga tegishli hisobvaraqlarni
ochadi.
7.4.2. Shartnoma akseptlangandan keyin Bank kredit summasini qarz oluvchining
buyurtmasida ko‘rsatilgan to‘lov shaklida ajratib beradi.
7.4.3. Ajratilgan kreditni muddati kelgandan so‘ng qarz oluvchining plastik karta va
masofadan boshqariladigan maxsus hisob raqamlariga kelib tushayotgan barcha
mablag‘lar dasturiy tizim orqali avtomat tarzda quyidagi ketma ketlikda: kredit
bo‘yicha hisoblangan foizlar, kreditning asosiy qarzi, hisoblangan penyani undirish
uchun yo‘naltiriladi.
7.4.4. Bank
kreditni qaytarish muddati kelgandan so‘ng, qarzdorlik mavjud bo‘lsa
qarz oluvchining plastik kartasi va masofadan boshqariladigan maxsus hisob
raqamlari xaraqatini qarzdorlik so‘ndirilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatish orqali
kelib tushayotgan barcha mab
lag‘larni qarzdorligini so‘ndirish uchun yo‘naltiradi.
7.4.5. Qarz oluvchining plastik kartasiga yoki masofadan boshqariladigan maxsus
hisob raqamlariga 2 (ikki) oy davomida mablag‘lar kelib tushmagan taqdirda
kreditning ishlatilmagan qismi qaytariladi yok
i kreditlash maxsus dasturiy taʼminot
orqali to‘xtatiladi.
7.4.6. Qarz oluvchi kredit mablag‘laridan amaldagi qonunchilikka zid ravishda
foydalangan taqdirda kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirib
olishga haqli.
7.4.7. Bank yuzaga ke
lgan barcha qarzdorliklarni qarz oluvchining mavjud bo‘lgan
barcha hisob raqamlaridagi mablag‘lar hisobidan memorial order bilan uning
roziligisiz undiruvni amalga oshiradi.
7.5. MAXSUS SHARTLAR
7.5.1. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, undiruvchilar va davlat ijrochilarining
undiruvni qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa mol
-
mulkiga qaratish to‘g‘risidagi
qarorlarini ijro etishda qarzdorliklar kredit mablag‘lari hisobidan undirilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Bank bunday qarorlar (talablar)ni ijrosiz qaytaradi
.
7.5.2. Bank qarz oluvchi haqida va u tomondan kredit bo‘yicha amalga oshirilgan
operatsiyalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni sir saqlanishini kafolatlaydi va hech kimga
oshkor etmaydi. Maʼlumotlar faqat amaldagi qonunchilikka muvofiq oshkor qilinishi
va taqdim etilishi mumkin.
7.5.3. Bank kredit mablag‘i berilishida bank xizmatlarini ko‘rsatganligi hamda kredit
mablag‘i ajratganligi uchun ushbu shartnomaning 1.4. bandiga muvofiq haq oladi,
qarz oluvchi esa ushbu haqni o‘z vaqtida to‘laydi.
7.5.4. Qarz oluvch
i vafot etganda kredit bo‘yicha qarzdorlik amaldagi qonunchilikka
muvofiq sud tartibida uning mol-
mulkiga va/yoki merosxo‘rlariga qaratilishi mumkin.
7.5.5. Qarz oluvchi mazkur qarzga oid maʼlumotlarni kredit tarixini o‘rganish
bo‘yicha mutassaddi tashkilo
tlarga taqdim qilinishiga rozilik beradi.
7.5.6. Mazkur shartnomani ijro etish bo‘yicha, har qanday sud instansiyasida bank
taqdim etgan hujjat, ushbu qarzdorlik summasi Bankka tegishliligi va to‘lanishi
lozimligini tasdiqlovchi prima facie (birlamchi) dalil hisoblanadi.
7.5.7 Ushbu shartnoma asosida berilgan kreditlar uchun joriy qilingan karantin
vaqtidagi “Kredit taʼtillari” qo‘llanilmaydi.
7.6. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI
7.6.1. Shartnoma qarz oluvchi tomonidan akseptlangan kundan boshlab kuchga
kiradi.
7.6.2. Ushbu Shartnoma kredit muddati davrida amal qilib, kredit yuzasidan barcha
qarzdorliklar so‘ndirilganidan keyin bekor qilinadi.
7.7. FORS-MAJOR HOLATLAR
7.7.1. Agar shartnomaning bajarilmaganligi, shartnoma tuzilgandan so‘ng yuzaga
kelgan suv
toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, oqibati hisoblansa,
taraflar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘liq yoki qisman
bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Taraflarni majburiyatini bajarishdan ozod
qilishi uchun bu fors-m
ajor holatlar majburiyatining bajarilmasligiga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
to‘sqinlik qilgan bo‘lishi lozim.
7.8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
7.8.1. Taraflarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi hamda
amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi.
7.8.2. Mijoz topshirig‘iga asosan kredit summasi o‘z muddatida o‘tkazib
berilmaganda, “Bank” “Qarz oluvchi”ga kechiktirgan har bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining 0,2 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq, bund
a penyaning
umumiy summasi o‘tkazib berilmagan summaning 10 foizidan oshib ketmasligi
lozim.
7.
8.3. Kredit va uning foizlari o‘z vaqtida qaytarilmaganda, mijoz kredit
qarzdorligining har bir kechiktirilgan kun uchun 0,2 foiz miqdorida, ammo kredit
qoldig‘i
summasining 10 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
7.8.4. Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan barcha nizolar milliy valyutada plastik
karta hisob raqamini ochilgan bank filiali joylashgan hududdagi sud tomonidan ko‘rib
chiqiladi.
7.8.5. Mazkur sh
artnoma akseptlangach qarz oluvchi tomonidan imzosi o‘z qo‘li
bilan bajarilib imzolangan hamda elektron imzo bilan tasdiqlanib tuziladigan
shartnoma bilan teng yuridik kuchga ega hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |