10.
JISMONIY SHAXSLARGA “CHAKANA.UZ” VEB SAHIFASI YOKI MOBIL
ILOVA ORQALI ONLAYN KREDIT AJRATILGANDA KREDIT
MABLAG‘LARINI QAYTMASLIK XATARIDAN SUG‘URTALAS
H
TO‘G‘RISIDA OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish
Agentligi tomonidan _____________________-sonli litsenziya asosida faoliyat
yurituvchi
_______________________________ Sug‘urta kompaniyasi (keyinchalik
Sug‘urtalovchi) nomidan jamiyat nizomiga asosan ish olib boruvchi
___________________________ bir tomondan va quyida «Sug‘urta qildiruvchi/naf
oluvchi» deb ataluvchi “Agrobank” Aksiyadorlik
Tijorat Banki (bundan buyon matnda
Bank deb yuritiladi) Ustavga asosan faoliyat ko‘rsatuvchi ikkinchi tomondan, quyida
“Qarzdor” deb ataluvchi Jismoniy shaxs birgalikda “Tomonlar” va alohida “Tomon”
deb ataluvchilar, ushbu kredit qaytmaslik xataridan sug‘urtalash bo‘yicha ommaviy
oferta shartnomasini (quyida “Shartnoma” deb ataladi) quyidagilar haqida tuzdilar:
10.1 SHARTNOMA PREDMETI
10.1.1. Sug‘urtalovchi, ushbu oferta Shartnomada ko‘rsatilgan miqdor va muddatda
sug‘urta mukofoti to‘lanishi sharti bilan u
shbu Shartnomada nazarda tutilgan
shartlarga muvofiq sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda Sug‘urta qildiruvchi/Naf
oluvchiga ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan tartibda va hajmda zararlarni qoplab
berish majburiyatini oladi.
10.1.2. Sug‘urta obyekti bo‘lib kreditning garov yoki boshqa taʼminot bilan
taʼminlanmagan qismini so‘ndirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi oqibatida
Sug‘urta qildiruvchining kredit shartnomasi bo‘yicha yuzaga kelgan ziyonlar bilan
bog‘liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.
10.1.3. Ushbu
Shartnoma bo‘yicha sug‘urta puli kredit shartnomasiga asosan
ajratilgan mablag‘ miqdorini tashkil etadi. Qarzdor tomonidan ushbu shartnomaning
amal qilish davrida kreditning asosiy qismi qisman so‘ndirilgan taqdirda, sug‘urta
summasi shu miqdorda (asosiy
qarzning to‘langan/so‘ndirilgan miqdorida) kamayib
boradi.
10.1.4. Kredit muddati: Kredit 1 (bir) yil muddatga kreditni qaytarish grafigi asosida
so‘ndirish sharti bilan ajratiladi.
10.2. SUG‘URTA PULI, SUG‘URTA MUKOFOTI MIQDORI VA TO‘LASH TARTIBI
10.2.1.
Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti (QQS) siz kredit shartnomasiga
(oferta) asosan ajratilgan mablag‘ning 1,5% ni tashkil etadi.
10.2.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofoti 5 (besh) bank ish kunida bir
yo‘la to‘lanadi.
10.2.3. Sug‘urta mukofoti qisman to‘langan taqdirda sug‘urta javobgarligi to‘langan
sug‘urta mukofotiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
10.2.4. Ushbu Shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotining to‘langan sanasi bo‘lib
Sug‘urtalovchining bank hisob raqamiga kelib tushgan sana
hisoblanadi.
10.2.5. Sug‘urta mukofoti Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchining roziligi bilan qarzdor
tomonidan ham to‘lanishi mumkin.
10.3. SUG‘URTA POLISINI (BOSH POLIS) TAQDIM QILISH TARTIBI
10.3.1. Sug‘urtalovchining majburiyati, Sug‘urta qildiruvchi tomonidan o‘z vaqtida
sug‘urta mukofoti to‘langan taqdirda, sug‘urta mukofoti to‘langan sanadan
boshlanib, sug‘urta shartnomasi bo‘yicha olingan majburiyat to‘liq bajarilgunga
qadar amal qiladi.
10.3.2. Sug‘urta mukofoti Sug‘urtalovchining bank hisob
raqamiga kelib tushgandan
keyin, har oy yakunida keyingi oyning 5 sanasiga qadar sug‘urta himoyasi taqdim
etilgan mijozlar to‘g‘risidagi ro‘yhat ilova qilingan holda Bosh polis taqdim etiladi.
10.3.3. Bosh polis yo‘qolgan taqdirda Sug‘urta polisining dublikati Sug‘urta
qildiruvchining va/yoki Naf oluvchining yozma arizasi asosida 5 (besh) ish kuni ichida
berilib, undan so‘ng yo‘qolgan Sug‘urta polisi haqiqiy emas hisoblanadi va u bo‘yicha
sug‘urta hodisalari ko‘rib chiqilmaydi.
10.4. SUG‘URTA HODISASI
10.4.1. Kredit ajratish bo‘yicha ommaviy oferta shartnomasida belgilangan muddat
(har oyda so‘ndirish muddati ) yoki shartnoma sud tomonidan muddatidan oldin
bekor qilinganda (kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirish belgilanganda)
qarzdorning (kredi
t oluvchi) kredit qarzdorligini to‘lamasligi (qaytara olmasligi)
oqibatida Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchi/ning zarar ko‘rishi sug‘urta hodisasi
hisoblanadi.
10.4.2. Mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagilar sug‘urta hodisasi
hisoblanadi:
10.4.2.1
Qarzdor tomonidan kreditning asosiy qismini to‘liq yoki qisman qaytarish
bo‘yicha majburiyatlarini quyidagi hodisalar natijasida o‘z vaqtida bajara olmasligi
yoki lozim darajada bajarmasligi:
-
Qarzdorning kredit shartnomasi bo‘yicha zimmasiga olgan majbur
iyatlarning kredit
shartnomasida belgilangan muddati davomida bajarilmaganligi yoki lozim darajada
bajarilmaganligi, yaʼni kredit qarzini qaytarmasligi;
-
Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi bo‘lib, sug‘urta muddati davomida qarzdorning
vafot etishi yok
i doimiy to‘liq mehnatga umumiy layoqatini yo‘qotishi (1,2,3
-guruh
nogironligi belgilanishi) oqibatida kredit qarzdorligini to‘lay olmasligi;
-
Kredit shartnomasi bo‘yicha qarzdorlik muddatidan oldin tegishli sud qaroriga
asosan undirish belgilanishi.
10.5
. SUG‘URTA HODISASIDAN ISTISNOLAR
10.5.1. Quyidagilar sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi va tegishlicha sug‘urta tovoni
tarkibiga kiritilmaydi:
Kredit shartnomasi bo‘yicha penya, foiz, jarima va sud xarajatlari sug‘urta hodisasi
hisoblanmaydi.
10.6. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
10.6.1. Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchining huquqlari:
-
Ushbu Shartnoma bo‘yicha Sug‘urtalovchidan maslahatlar olishi;
-
Garovga qo‘yilgan va kredit hisobiga xarid qilingan mol
-mulkni kredit
shartnomasining amal qilish muddati
davomida sug‘urta qildirish;
-
Kredit to‘liq so‘ndirilganda sug‘urta shartnomasini muddatidan avval bekor qilish
uchun Sug‘urtalovchiga ariza bilan murojaat qilish;
-
Sug‘urta polisi yo‘qolgan taqdirda uning dublikatini olishi;
-
Sug‘urtalovchi va Naf oluv
chi bilan bilan kelishgan holda ushbu Shartnomaga
o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish;
10.6.2. Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchining majburiyatlari:
-
Kredit shartnomasi shartlarining ehtimoliy o‘zgarishlari bo‘yicha, shu jumladan
kredit
majburiyati bo‘yicha shaxslarning o‘zgarishi yuzasidan Sug‘urtalovchiga
maʼlumotlarni taqdim etishi;
-
Sug‘urtalovchi talab qilishi mumkin bo‘lgan hujjatlar, yaʼni zararlar sabablari va
miqdoriga taalluqli, yetarli dalillarni taqdim etishi;
-
Sug‘urtalovchiga subrogatsiya va regress tartibida o‘tgan talab qilish huquqini
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etish
-
Yuridik manzil va bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda bu haqda o‘zgarish sanasidan
boshlab 10 kalendar kunidan kechiktirmay xabar qilishi;
-
Ushbu shartnoma amalda bo‘lgan muddatda Sug‘urtalovchidan olingan axborotni
sir saqlashi, Sug‘urta qildiruvchi va/yoki Qarzdor O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat idoralariga axborot taqdim etishi shart
bo‘
lgan holatlar bundan mustasno.
10.6.3.
Sug‘urtalovchining huquqlari:
-
Sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan muddat mobaynida Sug‘urta qildiruvchi /naf
oluvchi/ bilan birgalikda Qarzdor xo‘jalik faoliyatining haqiqiy holatini o‘rganishi va
Kredit shartnomasida moliyalashtirishi nazarda tutilgan bitimlarga taaluqli
maʼlumotlarni talab qilishi;
10.6.4. Sug‘urtalovchining majburiyatlari:
-
Ushbu Shartnomada belgilangan muddatda Sug‘urta polisini berishi;
-
Sug‘urta qildiruvchiga ushbu Shartnoma bo‘yicha
maslahat va tushuntirishlar
berishi hamda ushbu shartnoma shartlari bilan tanishtirishi;
-
Revolver shaklidagi kredit mablag‘lari bo‘yicha Qarzdor tomonidan oylik kredit
mablag‘i to‘lovlari so‘ndirilmaganda sug‘urta hodisasi tan olingandan keyin, ushbu
Sha
rtnomada kelishilgan miqdor va muddatda sug‘urta tovoni to‘lovini amalga
oshirishi;
-
Ushbu Shartnoma amalda bo‘lgan muddatda Sug‘urta kildiruvchi va/yoki Naf
oluvchidan olingan axborotni sir saqlashi, Sug‘urta qildiruvchi va/yoki Naf oluvchi
O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat idoralariga
axborot taqdim etishi shart bo‘lgan yoki ushbu shartnoma bo‘yicha axborotni oshkor
qilishga Sug‘urta qildiruvchining yozma ruxsati bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
10.6.5. Qarzdorning huquqlari:
-
Sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan muddat mobaynida sug‘urta masalalari
yuzasidan bepul maslahatlar olishi, sug‘urta hodisasi ro‘y berganda Sug‘urtalovchiga
sug‘urta tovoni to‘lovini so‘rab ariza bilan murojaat qilishi;
-
Sug‘urtalovchi hamd
a Naf oluvchi bilan kelishgan holda ushbu Shartnomaga
o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritishi;
-
Kredit to‘liq so‘ndirilganda sug‘urta shartnomasini muddatidan avval bekor qilish
uchun Sug‘urtalovchiga ariza bilan murojaat qilish;
10.6.6. Qarzdorning majburiyatlari:
-
Kredit shartnomasi shartlarining ehtimoliy o‘zgarishlari bo‘yicha, shu jumladan
kredit majburiyati bo‘yicha shaxslarning o‘zgarishi yuzasidan Sug‘urtalovchiga xabar
berishi;
-
Yuridik manzil, bank rekvizitlari hamda yashash joyi o‘zgargan taqd
irda, bu haqda
o‘zgarish sanasidan boshlab 10 kalendar kunidan kechiktirmay xabar qilishi.
10.7. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
10.7.1. Tomonlar o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun
hujjatlariga muvofiq javobgar
bo‘ladilar.
10.7.2. Sug‘urtalovchiga sug‘urta mukofotini to‘lashni kechiktirganligi uchun Sug‘urta
qildiruvchi Sug‘urtalovchiga har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan
mablag‘ning 0,2% miqdorida, lekin ushbu Shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim
bo‘lgan mablag‘ning 10% dan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
10.7.3. Sug‘urta qildiruvchiga tegishli sug‘urta tovonini to‘lab berishni
kechiktirganligi uchun Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga har bir kechiktirilgan kun
uchun
kechiktirilgan mablag‘ning 0,2% miqdorida, lekin ushbu Shartnoma bo‘yicha
to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ning 10% dan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
Penya to‘lanishi Sug‘urtalovchini sug‘urta tovoni to‘lovidan ozod qilmaydi.
10.8. SUG‘URTA TOVONI TO‘LA
SH TARTIBI
10.8.1. Sug‘urta tovoni Sug‘urta qildiruvchiga Qarzdor tomonidan kreditning garov
yoki boshqa turdagi taʼminot bilan taʼminlanmagan qismi miqdorida, lekin har
qanday holatda ham sug‘urta pulidan oshmagan miqdorda to‘lanadi. Sug‘urta tovoni
miqdori haqiqatda olingan kredit miqdori va kreditning garov yoki boshqa turdagi
taʼminot bilan taʼminlangan qismi o‘rtasidagi farqdan kreditning asosiy qismini
so‘ndirish uchun yo‘naltirilgan pul mablag‘larini ayirib (chegirib) qolgan holda
aniqlanadi.
10.8.2.
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda Sug‘urta qildiruvchi/Qarzdor
Sug‘urtalovchiga voqea sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ariza berishi, shuningdek
Sug‘urtalovchiga ziyon sodir bo‘lganligini va miqdorini aniqlash imkonini beruvchi
hujjatlarni:
- joriy sanada Qarz
dorning hisob raqamidagi mablag‘lar saldosi to‘g‘risida bank
maʼlumotnomasi;
- Qarzdorning vafot etganligi yoki 1,2,3-guruh nogironligini tasdiqlovchi hujjat;
-
Kredit qarzini undirish bo‘yicha qabul qilingan sudning hal qiluv qarori.
Qarzdor Sug‘urta qildiruvchiga Sug‘urtalovchi talab qilayotgan hujjatlarni o‘z vaktida
taqdim etishda ko‘maklashishi shart.
10.8.3. Sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash yoki to‘lashni rad etish
to‘g‘risidagi qarori sug‘urta qildiruvchiga u sug‘urta tovonini to‘lashni so‘rab taqdim
etgan ariza va ushbu shartnomaning 10.
9.2.
bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni
taqdim etganidan keyin 15 (o‘n besh) kalendar kundan kechiktirmay xabardor
qilinishi (sug‘urta tovonini to‘lash) yoki rad etish sabablarining asoslantirilgan da
lil-
isbotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
10.8.4. Sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasini tan olgan holatda, Sug‘urta hodisasi
to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnoma Sug‘urta qildiruvchining
ishtirokida rasmiylashtiriladi. Sug‘urta tovoni to‘lovi Sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi
dalolatnoma imzolagandan keyin 5 (besh) ish kuni ichida amalga oshiradi.
10.8.5. Sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash va to‘lashda Sug‘urta qildiruvchi
tomonidan kredit qarzini kredit qaytarilishi bo‘yicha
majburiyatlar bajarilishining
boshqa taʼminot shakllari (jumladan, garovga qo‘yilgan mol
-mulk va transport
vositalari, pul mablag‘lari, kafillik, boshqa sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta
polislari va x.k ) va qarzdorning boshqa mol-mulklaridan kredit qarzini sud tartibida
undirish huquqini amalga oshirishi talab qilinmaydi. Kutish davri o‘tgandan so‘ng
sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.
10.8.6. Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lovi rad
etilgan taqdirda u ushbu Sug‘urta shartnomasi shartlariga muvofiq arizani va barcha
tegishli hujjatlarni taqdim etgan kundan boshlab 15 (o‘n) besh kun ichida rad etish
saba
blari asoslangan yozma bildirishnoma yo‘llaydi.
10.9. SUBROGATSIYA
19.9.1. Agar Sug‘urtalovchi tomonidan Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta tovoni to‘lab
berilsa, to‘langan tovon miqdorida yetkazilgan shikast va zararlar uchun javobgar
shaxsga nisbatan qopla
ngan zarar miqdorida daʼvo qilish huquqi Sug‘urtalovchiga
o‘tadi.
10.9.2. Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchining yozma so‘roviga asosan daʼvo qilish
huquqini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan tegishli hujjat va dalillarni taqdim
etadi.
10.10. SHARTNOMANI AMAL QILISH MUDDATI VA BEKOR QILISH TARTIBI
10.10.1. Ushbu ommaviy oferta Sug‘urta shartnomasi qarzdor tomonidan
akseptlangan paytdan boshlab kuchga kiradi va ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan
majburiyat to‘liq bajarilgunga qadar amalda bo‘ladi.
10.10.2. S
ug‘urta qildiruvchi va Qarzdor Sug‘urta shartnomasidan istalgan paytda
voz kechishi mumkin. Sug‘urta qildiruvchi yoki Qarzdor tomonidan ushbu shartnoma
muddatidan avval bekor qilinganda, to‘langan sug‘urta mukofoti qaytarib beriladi.
10.10.3. Ushbu Shartnoma quyidagi holatlarda tugatiladi:
a) Sug‘urta qildiruvchi/Naf oluvchi tomonidan sug‘urta mukofoti shartnomada
ko‘rsatilgan muddat va miqdorda to‘lanmaganda;
b) amal qilishi muddati tugaganda;
v) tomonlarning kelishuviga muvofiq;
g) sug‘urtalovchi Sug‘urta
qildiruvchi/Naf oluvchi oldidagi majburiyatlarni to‘liq
hajmda bajarganda;
d) sug‘urta qildiruvchi faoliyati tugatilsa, Sug‘urta qildiruvchini qayta tashkil
etilganligi (qo‘shilish, sotib olinishi va sh.k.) munosabati bilan, sug‘urta
shartnomasida almashtirilish holatlari bundan mustasno;
10.10.4. Sug‘urta shartnomasi muddatidan avval tomonlardan birining yozma
arizasiga binoan bu haqda bekor qilish mo‘ljallangan sanaga qadar 10 (o‘n) kundan
kechiktirmasdan xabar qilinishi sharti bilan bekor qilinishi mumkin.
10.11. FORS-MAJOR
10.11.1. Agar Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajara
olmasliklari yengib bo‘lmas kuch (fors
-major) shart-sharoiti oqibatida yuzaga kelsa,
ular javobgarlikdan ozod bo‘ladilar. Yengib bo‘lmas kuch taʼsirida bo‘lgan tomon
boshqa tomonni bunday shart-sharoit yuzaga kelganligi va taxminan qancha davom
etishi mumkinligi to‘g‘risida bir
-birlarini darhol xabardor qilishlari shart. Bunda
Tomonlar ushbu Shartnomaning bajarilgan va bajarilmagan qismlari yuzasidan
o‘rnatilgan tartibda yakuniy hisob
-kitobni amalga oshiradilar.
10.12. QO‘SHALOQ SUG‘URTALASH
10.12.1. Sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan kredit bo‘yicha tuzilgan yoki tuzilishi
ko‘zda tutilayotgan barcha sug‘urta shartnomalari haqida Sug‘urtalovch
ini xabardor
qilishi shart.
10.12.2. Qo‘shaloq sug‘urtalangan kredit bo‘yicha, har bir Sug‘urtalovchi o‘zlari
tuzgan sug‘urta shartnomalari doirasida sug‘urta tovoni to‘lovi majburiyatini oladi,
ammo barcha sug‘urtalovchilar to‘laydigan sug‘urta tovon
ining miqdori zararning
haqiqiy qiymatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
10.12.3. Agar sug‘urta hodisasi ro‘y bergan vaqtda, sug‘urtalangan kredit boshqa
sug‘urta shartnomalari bilan xuddi shu tavakkalchilik bo‘yicha sug‘urta qilingan
bo‘lsa, zararning qoplanishi har bir sug‘urta tashkilotining sug‘urta summalariga
proporsional ravishda taqsimlanadi.
10.13. BOSHQA SHARTLAR
10.13.1. Ushbu Shartnomada keltirilgan masalalar yuzasidan bahslar, talablar yoki
kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda
tomonlar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal
etish choralarini ko‘radilar.
10.13.2. Ushbu Shartnomada tartibga solinmagan o‘zaro munosabatlar O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |