207
innovatsion rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha
faoliyatning shakllantirilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi;
iqtisodiyot
tarmoqlarini
va
ijtimoiy
sohani
innovatsion
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;
innovatsion rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga
erishilishini
baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi uchun
zarur shart-sharoitlar yaratadi;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni
ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion
faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir. Vakolatli davlat organi:
innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini
amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
innovatsion rivojlantirish strategiyalarini
ishlab chiqadi va amalga
oshiradi;
innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab
chiqadi;
innovatsion faoliyat xavflarini baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqadi;
mamlakatning innovatsion rivojlanish holati tahlilini amalga oshiradi;
innovatsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashga
doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
innovatsion loyihalarning davlat ekspertizasi
tashkil etilishini
ta’minlaydi;
yagona davlat buyurtmachisi sifatida innovatsion loyihalarni
shakllantiradi, tasdiqlaydi va moliyalashtiradi;
innovatsiyalar yaratish uchun davlat buyurtmasi doirasida innovatsion
loyihalarning bajarilishini monitoring qiladi va bajarilish samaradorligini
baholashni amalga oshiradi;
208
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan
xarid qilinadigan texnologiyalar transferiga oid shartnomalarni ro‘yxatdan
o‘tkazadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati
organlariga va boshqa tashkilotlarga moliyalashtirish uchun yangi
ishlanmalarni
tavsiya qiladi;
yangi
ishlanmalarni
tijoratlashtirishni
moliyalashtiradi
va
texnologiyalar transferiga ko‘maklashadi;
innovatsion faoliyat subyektlarini tashkil etish va rivojlantirishga
ko‘maklashadi, innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishga doir samarali
mexanizmlarni shakllantiradi;
innovatsion faoliyat subyektlari uchun kadrlarni tayyorlash,
qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilishda ishtirok
etadi;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: