209
vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda innovatsion faoliyat
sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini
ta’minlaydi;
tegishli hududda innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratadi;
vakolatli davlat organining tavsiyasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan
innovatsion faoliyatni, shuningdek yangi ishlanmalarni
tijoratlashtirishni va
texnologiyalar transferini moliyalashtiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va
ragʻbatlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun
zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion
loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga
oshiriladi.
Davlat innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni quyidagi yo‘llar
bilan amalga oshiradi:
innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga
oshirish;
innovatsion
faoliyat
sohasidagi
normativ-huquqiy
bazani
takomillashtirish;
innovatsion
faoliyat subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va
preferensiyalar berish;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni
yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;
innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo‘jalik yurituvchi subyektlar
mablagʻlarini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;
ilm-fan
yutuqlariga
asoslangan
mahsulotning
va
ilgʻor
texnologiyalarning kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini ta’minlash
maqsadida ularning davlat xaridlarini tashkil etish;
innovatsion
faoliyat
sohasida
kadrlarni
tayyorlashga,
qayta
tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari dunyo ilm-fanining zamonaviy
yutuqlari, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar asosida inson kapitalini,
210
mamlakatni jadal rivojlantirish, innovatsion faoliyat
sohasida yagona davlat
siyosatini olib borish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari o‘rta muddatli va uzoq
muddatli davrlar uchun qabul qilinishi mumkin.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari davlat va jamiyat oldida turgan
kompleks maqsad va vazifalarni, tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli
ko‘rsatkichlarni, shuningdek ularni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar
rejalarini belgilaydi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalarining loyihalari vakolatli davlat
organi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining,
mahalliy
davlat hokimiyati organlarining, ilmiy tashkilotlarning, tadbirkorlik
subyektlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va ekspertlarning takliflari
asosida ishlab chiqiladi.
Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va
tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar
va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflari asosida vakolatli davlat organi
tomonidan amalga oshiriladi.
Innovatsiyalarni
yaratishga
doir
davlat
buyurtmasi
doirasida
bajariladigan innovatsion loyihalarni tanlab
olishning asosiy mezonlari
quyidagilardan iborat:
import o‘rnini bosishga va eksportga yo‘naltirilgan yoki sifatni
takomillashtirishga, joriy etishga tayyor bo‘lgan mavjud mahsulotlar va
texnologiyalar tannarxini pasaytirishga qaratilgan yangi milliy mahsulotlar
va texnologiyalar ishlab chiqilishini, shu jumladan yangi ish o‘rinlari tashkil
etish va mahalliy xomashyodan foydalangan holda ta’minlash;
tajriba, eksperimental namunalardan, texnologiyalardan, asbob-
uskunalardan,
materiallardan, buyumlardan va boshqa ilmiy ishlanmalardan
kelgusida amalda foydalanish maqsadida ularni konstruksiya qilish,
tayyorlash hamda sinovdan o‘tkazish bilan bogʻliq tajriba-konstruktorlik
ishlarini amalga oshirish;
ilm-fan yutuqlariga, yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulot
namunalarini yoki prototiplarini tayyorlashni tugallash va (yoki) ilm-fan
yutuqlariga asoslangan mahsulotni ishlab chiqarishni tayyorlash va (yoki)
xizmatlarni (tibbiy, moliyaviy, axborotga oid va boshqa xizmatlar)
211
iqtisodiyotning tegishli tarmogʻiga, ijtimoiy sohaga, bank-moliya sektoriga
joriy etish uchun ularning tajriba-sinovini o‘tkazish va boshqalar.
Innovatsion loyihalarni innovatsiyalarni yaratishga doir davlat
buyurtmasi doirasida amalga oshirishning eng ko‘p muddati ikki yildan
oshishi mumkin emas.
Innovatsion faoliyat innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi
doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan
moliyalashtirilgan taqdirda, ularning natijalari davlatga tegishli bo‘ladi.
Innovatsiya
faoliyatini
davlat
tomonidan
tartibga
solish
mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga
innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish
maqsadida:
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ishlar boʻyicha
prorektor lavozimi
oʻrniga ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor lavozimini joriy
etildi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot
muassasalarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini bir vaqtda
tegishli yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va
innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimlariga tayinlandi;
oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida innovatsion jamgʻarmalar va
ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha boʻlinmalar tashkil
etildi;
Oʻzbekiston
Respublikasi
Davlat
byudjeti
mablagʻlaridan
moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 10 ta shtat birligini ajratgan holda,
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tuzilmasida Fan
va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasini tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: