39-rasm. Tadbirkorlik ekotizimi koʻrinishi
Bir tomondan ekotizimlar barqaror va bardoshlidir, boshqa tomondan
ular doimiy ichki dinamik jarayonlar va transformatsiyalar bilan ajralib
turadi. Ba'zi tizimlar (masalan, dasturiy ta'minot (DT)) har doim nozik
individualizatsiya yo'nalishi bo'yicha rivojlanayotgan bo'lsa, boshqa tizimlar,
masalan, texnologik infratuzilma, aksincha, kichik o'yinchilarni birlashtiradi,
singdiradi va boshqalarga resurslar, ma'lumot va platformalarni taklif etadi.
Olimlar oʻzida ichki raqobat va kooperasiyani tashkil qiluvchi o'zaro
hamkor tashkilotlarning (kichik korxonalar, korporatsiyalar, universitetlar,
ilmiy muassasalar, notijorat sektori tashkilotlari va b.) dinamik tarkibini
ECOTIZIM deb atay boshlashdi.
54
Обзор новых бизнес-тенденций, или Экосистемы рынка труда. [Электронный ресурс]. -Режим доступа:
https://habrahabr.ru/company/mbaconsult/blog/295502/
234
R.W.Ayres ekotizimning maqsadi kompaniyalarining o'z sheriklari
bilan o'zaro aloqalarini takomillashtirish, o'zaro etakchi bo'ladigan
innovatsion
mahsulotlarni
yaratishda
ifodalangan
raqobatbardosh
ustunliklarni rivojlantirish ekanligini ta’kidlaydi
55
. Uning fikricha,
kompaniyalar uchun “sogʻlom” ekotizimni qaror toptirish uchun
innovasiyalar joriy etish va yangi aloqalarni o'rnatishi kerak.
"Ekotizim" atamasi biznes aylanmaga nisbatan yaqinda kirib keldi.
Ilmiy adabiyotlarda biznes ekotizimiga quyidagi ta'rif berilgan. Bu
tabiat xilma-xilligi bo'lgan atrof-muhit elementlarining barqaror ochiq
tizimidir, ular o'rtasida doimiy ravishda resurslar almashinuvi jarayonlari
bo'lib turadi, bu ham korporativ, ham mintaqaviy, milliy va integratsion
darajalarda ishlashning barqarorligini ta'minlaydi.
56
Umuman
olganda,
"ekotizim"
atamasini
ilmiy
adabiyotlarda
qo'llashning ma'nosi innovasiyalarni faol yaratish va amalga oshirish
maqsadida tashkilotlar o'rtasida yaqin hamkorlik aloqalari va o'zaro
aloqalarni o'rnatishga qaratilgan. Zamonaviy sharoitda chet ellik
mutaxassislar o'zaro hamkorlik va sheriklikni afzal ko'rishadi. Darhaqiqat,
raqamli iqtisodiyotning ekotizimi – intellektual, ishlab chiqarish, axborot va
boshqa resurslarni birgalikda ishlatadigan va ularga kirish imkoniyatini
beruvchi kompaniyalar to'plamidir. Resursni baham ko'rish barcha
manfaatdor tomonlarga ekotizim miqyosidagi imtiyozlardan foydalanish
imkoniyatini beradi. Hamkorlik va o'zaro aloqalardan tashqari, ekotizimdagi
tashkilotlar o'rtasida raqobat mavjud, bu raqamli iqtisodiyotning o'ziga xos
xususiyatlari tufayli ob'ektiv hodisadir.
Elektronika va dastur ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (ARPE –
Assotsiatsiasiya
razrabotchikov
i
proizvoditeley
elektroniki)
mutaxassislarining fikriga ko'ra, raqamli iqtisodiyot narxlar raqobatini
kuchayishiga va faoliyat ko'lamiga talablarning oshishiga olib keladigan
texnologiyalarni, dizaynlarni, jarayonlarni keng standartlashtirish bilan
55
Yakovleva A. Yu. Faktorы i modeli formirovaniya i razvitiya innovatsionnix ekosistem. Dissertatsiya na
soiskaniye uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk Natsionalniy issledovatelskiy universitet «Visshaya
Shkola Ekonomiki». M., 2012. [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa: https://search.rsl.ru/ru/record/01005472744.
http://dlib.rsl.ru,http://libed.ru/knigi-nauka/98679-l-faktori-modeli-formirovaniya-razvitiya-innovacionnih-
ekosistem.php
56
Goloxvastov D.V. Ekosistema kak instrument sbalansirovannoy integratsii interesov ekonomicheskix agentov v
usloviyax tsifrovoy ekonomiki. [Elektronnыy resurs]. - Rejimdostupa: http://izron.ru/articles/sovremennyy-
vzglyad-na-problemy-ekonomiki-i-menedzhmenta-
sbornik-nauchnykh-trudov-po-itogam-mezhduna/sektsiya-2-
ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom-spetsialnost-08-00-05/ekosistema-kak-instrument-
sbalansirovannoy-integratsii-interesov-ekonomicheskikh-agentov-v-usloviyakh/
235
tavsiflanadi. Keng miqyosli va takrorlanadigan muvaffaqiyatli echimlarni
yaratadigan kompaniyalar bozorni o'rta va eng yomon ishlab chiqaruvchilar
bilan bo'lishmaydilar, uni butunlay egallab olishadi. Har bir segmentda
bozorning 40 foizini boshqaruvchi etakchi daromadning 80 foizidan
ko'progʻini oladi. Yetakchi kompaniya va qolgan ishtirokchilarning
investitsiya imkoniyatlarida ulkan, tobora kengayib borayotgan bo'shliq
paydo boʻlmoqda. Bozorlarni monopollashtirish jarayoni, oligopolistik
tuzilmalarning
paydo
bo'lishi,
mamlakatlarning
jahon
bozoridagi
ixtisoslashuvini mustahkamlaydi
57
.
Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan
biri sifatida Alibaba elektron savdo tizimiga ega boʻlgan Xitoy
kompaniyasini keltirib oʻtish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni
koʻrsatadiki, ma’lumotlar toʻplash jarayoni iqtisodiyotning turli sektorlariga
ekspansiya uchun oʻta raqobatli ustunliklar yaratadi. Alibaba bu – oddiygina
raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Tushunarliki,
bunday ekotizim qudrati alohida platformalar kuchidan katta boʻladi.
Raqamli transformatsiya manfaatdor tomonlar tomonidan qo'llab-
quvvatlanadi:
•
davlat tomonidan – sohani tartibga solish, normalar va tartib-qoidalarni
belgilash, qo'llab-quvvatlash choralarini ta'minlash nuqtai nazaridan,
shuningdek, raqamli paradigmaga o'tish uchun ishlab chiqarish liderlarini
ragʻbatlantirish;
•
iqtisodiyot tarmoqlarining etakchi korxonalari tomonidan – ekspertlar
hamjamiyatini birlashtirish, ma'lumot almashish doirasida rivojlanish uchun
resurslar va ularga kirishda raqamli xizmatlar, standartlashtirish, ishonch va
xavfsizlik darajasini ta’minlash;
•
innovatsion kompaniyalar tomonidan – yangi raqamli xizmatlar va
iste'molchilarga mo'ljallangan mahsulotlar paydo bo'lishining asosiy drayveri
sifatida koʻrish.
Shunday
qilib,
raqamli
rejimga
o'tish
uchun
ochiqlik
va
jamoatchilikning ishtiroki printsipial jihatdan muhimdir va raqamli
sanoatning ekotizimlarini shakllantirish raqamli iqtisodiyotning asosiy
yechimiga aylanmoqda.
57
ARPE rasskazala o tsennosti ekosistem dlya razvitiya tsifrovoy ekonomiki v Rossii. [Elektronniy resurs]. —
Rejim dostupa:
http://arpe.ru/news/ARPE_rasskazala_o_tsennosti_ekosistem_dlya_razvitiya_tsifrovoy_ekonomiki_v_Rossii/
236
Raqamli sanoatning ekotizimi – bu raqamli xizmatlarning innovatsion
rivojlanishi va tarqalishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydigan muhit,
raqamli mahsulotlar, dasturlar va qurilmalardan iborat.
Ekotizimni yaratish nafaqat tashkiliy, balki texnologik jarayondir.
Chunki aynan raqamli texnologiyalar ekotizim ishtirokchilari o'rtasidagi
oʻzaro munosabatlarni avtomatlashtirishga, biznesni global miqyosda
kengaytirishga imkon beradi
58
.
Gartner, Inc. (NYSE: IT) – etakchi global tadqiqot va konsalting
kompaniyasi – har qanday biznesni aktivlari, jarayonlari va funktsional
bo'linmalari yopiq tizim sifatida emas, balki tashkilotdan tashqarida ham
ochiq chegaralari bo'lgan platformalar to'plami sifatida ko'rib chiqishga
chaqiradi. Hozirgi rivojlanayotgan texnologik yo'nalishlar beshligida
"ekotizim kuchi" ikkinchi oʻrinni egallaydi.
Ekotizimdagi munosabatlar va aloqalar kompleksi nafaqat biznesning
muvaffaqiyatiga, balki inson atrof-muhiti holatiga, insonning ushbu muhitni
kelajak avlodlar uchun saqlab qolish qobiliyatiga ham ta'sir qiladi. Ushbu
ta'sir kompleksi biznes ekotizimining institutsional xususiyatini o'z ichiga
oladi.
Shu sababli, tashkiliy hodisa – biznes ekotizimi – ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiqligi, texnologik xavfsizligi va kasbiy layoqat
nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi.
Jamiyatda faol takrorlanadigan "Biznes raqamli tizimga o'tadi" shiori
bir tomonlama, tor darajada fikr yurituvchilar tomonidan barcha
ma'lumotlarning raqamli shaklga o'tkazilishi sifatida qabul qilinadi. Ammo
biznes aloqalari sohasida ushbu shior raqamli ma'lumotlar bilan to'gʻri
ishlash va undan analitik qimmatliklarni – yangi gʻoyalar va bilimlarni
chiqarib olish qobiliyatiga aylanmoqda. Raqamlashtirish ishbilarmonlik
muvaffaqiyatining drayveriga, biznesdagi raqobatbardosh ustunlikka
aylanmoqda. Bugungi kunda ushbu qimmatliklarga kerakli vaqt oraligʻida
osongina "erishish" mumkin emas. Innovatsion jarayonlarni jadallashtirish
uchun tashqi kuchlarni birlashtirish – oʻzlarining ekotizimini shakllantirish –
tashkilotlarga raqobat kurashida kuchli mavqega ega bo'lishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |