243
•
iste’molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion
eshittirish, kabel televideniyesi,
IP-televideniye, ma’lumotlar uzatish
tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan foydalangan holda
teleradioeshittirish, televizion va radio xizmatlarining barcha turlarini to‘liq
qamrab olgan holda raqamli eshittirishni takomillashtirish;
•
“bulutli” hisoblashlar asosida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash
markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchi
talablariga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasining axborot resurslariga doimiy ulanishni ta’minlash;
•
bozorning erkin rivojlanishi imkoniyatini saqlab, telekommunikatsiya
sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash, biznes yuritish va
telekommunikatsiya
infratuzilmasini
rivojlantirish uchun ma’muriy
to‘siqlarni kamaytirish;
•
elektron hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish
uchun
barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarini
idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmogʻiga ulagan holda ushbu tarmoqni
rivojlantirish;
•
mamlakatimiz hududida davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar
uchun axborotni saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron davlat
xizmatlarining
foydalanuvchanligini
ta’minlash
mexanizmlarini
takomillashtirish;
•
davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat
xizmatlarini ko‘rsatish doirasida “xizmat sifatida dasturiy ta’minot”, “xizmat
sifatida platforma”, “xizmat sifatida infratuzilma” texnologiyalarini keng
joriy etish;
•
shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli
texnologiyalarni joriy
etish orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining
sifati, shahar rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat, biznes va
yashash joylari bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun “aqlli” va
“xavfsiz” shahar loyihalarini izchil amalga oshirish;
•
keng
polosali
ulanishni
rivojlantirishning
texnologik
asosi
iste’molchilarga asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirish xizmatlarini, aholining hayotini qo‘llab-
quvvatlashda aqlli tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida individual
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bosqichma-bosqich kirishni
244
ta’minlash uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis tarmoqlarini
rivojlantirish;
•
mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va simsiz aloqa texnologiyalari
va tizimlari, shuningdek, yangi geografik
axborot va navigatsiya
tizimlarining samaradorligini oshirish yo‘llarini o‘z ichiga olgan aloqa va
navigatsiya texnologiyalarini rivojlantirish;
•
aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish.
Shunday qilib, "Raqamli O'zbekiston – 2030" Strategiyasi O'zbekiston
Respublikasining innovatsion faoliyatining muhim yo'nalishi bo'lib, uning
asosiy maqsadi nafaqat yuqori rivojlanishga erishish, balki dunyoning
rivojlangan davlatlari bilan integratsiya va o'zaro aloqada bo'lishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: