G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

13.2.
 
Oʻzbekistonda Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solish
Oʻzbekistonda Innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

innovatsion rivojlantirishning huquqiy jihatdan tartibga solinishini 
ta’minlash; 

innovatsion faoliyat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, shu 
jumladan texnologik taraqqiyotni prognozlashtirish asosida belgilash;

innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar va 
infratuzilmani yaratish; 

innovatsion faoliyat subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
va ragʻbatlantirish; 

innovatsion faoliyat sohasidagi respublika, tarmoq va hududiy davlat 
dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 

innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish; 

innovatsion faoliyat sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni 
va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining innovatsion 
faoliyat sohasidagi vakolatlari:

innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga 
oshirilishini ta’minlaydi;


207 

innovatsion rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 
faoliyatning shakllantirilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; 

iqtisodiyot 
tarmoqlarini 
va 
ijtimoiy 
sohani 
innovatsion 
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini tasdiqlaydi; 

innovatsion rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;

innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilishini 
baholash mezonlarini tasdiqlaydi; 

yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratadi; 

innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni 
ta’minlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga 
muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion 
faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir. Vakolatli davlat organi: 

innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining innovatsion faoliyat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi; 

innovatsion rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqadi va amalga 
oshiradi;

innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab 
chiqadi;

innovatsion faoliyat xavflarini baholash bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
chiqadi; 

mamlakatning innovatsion rivojlanish holati tahlilini amalga oshiradi;

innovatsion faoliyat subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashga 
doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 

innovatsion loyihalarning davlat ekspertizasi tashkil etilishini 
ta’minlaydi; 

yagona davlat buyurtmachisi sifatida innovatsion loyihalarni 
shakllantiradi, tasdiqlaydi va moliyalashtiradi; 

innovatsiyalar yaratish uchun davlat buyurtmasi doirasida innovatsion 
loyihalarning bajarilishini monitoring qiladi va bajarilish samaradorligini 
baholashni amalga oshiradi;


208 

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 
xarid qilinadigan texnologiyalar transferiga oid shartnomalarni ro‘yxatdan 
o‘tkazadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati 
organlariga va boshqa tashkilotlarga moliyalashtirish uchun yangi 
ishlanmalarni tavsiya qiladi; 

yangi 
ishlanmalarni 
tijoratlashtirishni 
moliyalashtiradi 
va 
texnologiyalar transferiga ko‘maklashadi;

innovatsion faoliyat subyektlarini tashkil etish va rivojlantirishga 
ko‘maklashadi, innovatsion faoliyat natijalarini joriy etishga doir samarali 
mexanizmlarni shakllantiradi;

innovatsion faoliyat subyektlari uchun kadrlarni tayyorlash, qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil qilishda ishtirok 
etadi;

innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. 

Vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni 
ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish