II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
51
O‘kuvchilar orasida o‘qitishning interaktiv metodlaridan ko‘proq interaktiv ma’ruzalar,
disputlar, munozaralar, aqliy xujum, rolli o‘yinlar mashhurdir. Rolli o‘yinlarda shunday
vaziyatlar tanlanadiki, bunday vaziyatlar bilan o‘quvchilar xali to‘qnash kelmagan bo‘lishlari
mumkin. Rolli o‘yin jarayonida aniq bir vaziyatni, harakatni to‘xtatib, ishtirokchi va
kuzatuvchilardan nima yuz berayotganini so‘rash foydadan xoli emas. O‘yin davomida biz
nimalarga erishdik, o‘zimizda qanday xislatlarni ochish, ularga o‘zimizning munosabatimiz,
atrofdagilarning bunga munosabalari va hokozolar haqida fikr almashish imkoniyati yaratiladi.
Aqliy hujumda ko‘pincha guruh bo‘lib qandaydir reja tuzishda va fikrlarni jamlashda
foydalaniladi. Undan aniq ijtimoiy muammoni yechish yo‘lini topishda, ishtirokchilarning aniq
fanlarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini, u yoki bu predmetga munosabatini aniqlashda
foydalanish mumkin.
Munozara metodida munozarani boshlashdan oldin kerak bo‘ladigan bir necha savollar
ba’zasi taklif etiladi. Guruh qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ayrim ishtirokchilarning
dominantaligi ko‘zga tashlanadi, qolganlari esa umuman o‘z fikrlarini bildirmaydilar. Bu
holatdan qochish uchun ishtirokchilarni kichik guruhlarga bo‘lish kerak. Har bir munozaradan
keyin asosiy holatni yozma ravshda umumlashtirib o‘tiladi.
Ishonch va o‘zaro hurmatlash muhitini yaratishning birgina muhim va sodda usullaridan
biri munozara vaqtida muhokama qoidasini hamkorlikda ishlab chiqish talab etiladi. Bu
jarayonni taxminan quyidagi tartiblarni joriy etish mumkin: gapirayotgan kishini diqqat bilan
tinglang; bir kishi gapirayotganda qolganlar uni tinglaydilar; fikringizni bildirmoqchi
bo‘lsangiz ko‘lingizni ko‘taring; gapni bo‘lmang; kimdir o‘z fikrini bildirayotganda kulmang
(agar u xazil qilmayotgan bo‘lsa); munozarada faol ishtirok eting. Ishlab chiqilgan qoidalarni
qat’iy amal qiling.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, interaktiv metodlar qo‘llanilanilishi jarayonida
o‘quvchilar ruhan erkinlashtirish, faollashtirish, o‘z fikrlarini erkin bayon etish uchun
imkoniyatlar yaratiladi. Ayniqsa introvert ya’ni o‘z fikrini boshqalar oldida bildirishga
qiynaladigan bolalar uchun juda foydalidir.
Hozirda pedagoglarimiz oldiga qo‘plab talablar qo‘yilmoqda, jumladan darslarda
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etish bugungi kunning
zaruriy talabidir. Chunki, texnika taraqqiyotiningg shiddat bilan rivojlanishi xususaan yoshlarni
bu borada kattalardan ko‘ra oldinlab ketayotganligi sir emas. Shuning uchun bugungi kun
pedagogi bolalarga har tomonlama o‘rnak bo‘lishi uchun o‘z ustida tinimsiz ishlashi, o‘quv
jarayonida zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishi lozimligi haqida ko‘plab fikrlar
bildirilsada, xali hanuz darslarda an’anaviy usuldan chiqa olmayotgan pedagoglar talaygina.
Darslarda o‘quvchining faolligi ta’minlanmas ekan o‘quvchi o‘z imkoniyatlarini to‘la ishga
sola olmaydi, fikrini erkin bayon qilish qobiliyati rivojlanishi uchun sharoit bo‘lmaydi.
Ta’lim jaryonidagi ana shunday muammolarni mana shunday ilmiy amaliy anjumanlarda
muxokama etilib, amaliy choralar ko‘rilishi ta’lim jarayoni boshqaruvchilarining ham
mas’uliyatli vazifasidir.