Dastgohlar va ularning alohida qismlari (shpindel-babkasi, stollari, staninasi,
ketingi babkasi va boshq.)
isishining asosiy sabablaridan, dastgohning
harakatlanuvchi
mexanizmlarida
(podshipniklarida,
tishli
uzatmalarida)
ishqalanishga kuch sarflash,
suyuqlik uzatmalarida, elektr qurilmalarida, ichiga
o‘rnatilgan elektr motorida hamda sovutgich suyuqlikning kesish zonasidan tashib
chiquvchi issiqlikka va tashqi manbalardan (yaqin joylashtirilgan batareyalardan),
tashqi quyosh nuridan o‘z o‘rnida yotib qizishlar hisoblanadi.
Aniqlikka jiddiy ta’sir qiluvchi sababga shpindel babkasining qizishi kiradi.
Ishlash jarayonida dastgoh shpindel babkasining asta-sekin
isib borishi va uning
vertikal hamda gorizontal (ishchiga qarab) yo‘nalishlarida siljishi kuzatiladi.
Bunda oldingi babka qutisining har xil nuqtalarida 10 dan 50
o
C - gacha
haroratda issiqlik o‘zgarib boradi. Eng yuqori darajadagi issiqlik shpindel
podshipniklari va tezyurar vallar podshipniklari o‘rnashgan joylarda bo‘lib,
korpusli detallar o‘rtacha haroratidan 30-40 foizga ortiqroq bo‘ladi.
7.5-rasmda tokarlik dastgohi oldingi babkasining shpindeli o‘qining
gorizontal yo‘nalishidagi siljishi ko‘rsatilgan. Dastgoh yurgizilgandan so‘ng
boshlang‘ich davridagi isishi, shpindelni ishchiga qarab siljishiga olib keladi.
Bu esa ishlanuvchi tanavor (yirik vallarni ishlashda) o‘lchamlarini, shaklini
uzluksiz ravishda o‘zgartirib borib, sistematik o‘zgaruvchan
xatolik paydo
bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Кo‘rinib turibdiki, sistematik o‘zgaruvchan xatolik oldingi babka shpindeli
o‘qini gorizontal surilishining ikkilangan miqdoriga teng.
7. 5-rasm. Tokarlik stanogi old babkasi o‘qining markazlarda ishlov
berganda haroratdan
qizishida gorizontal siljishi. (A.P. Sokolovskiy)
7.6-rasm. Кeskich tanaffus bilan ishlashini uning issiqlik deformasiyasiga ta’siri: 1-keskichning
sovushi; 2- keskichning uzluksiz ishlashidan qizishi; 3 – tanaffus bilan ishlash sharoitida.
L
mash
- keskichning mashina vaqtidagi uzayishi;
L
tan
- keskichni tanaffusda qisqarishi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tanavorlarni patronda
ishlashdagi gorizontal
surilish, markazlarda ishlashdagiga qaraganda ko‘proq bo‘lib, 17 mkm gacha etadi.
Shpindel aylanish chastotasi n-ni orttirilganda uning siljishi proporsional
ravishda taxminan V
n
ga ortadi.
Shpindel o‘qining siljishi kuzatiluvchi oldingi babkaning harorati 3-5 soatni
tashkil qiladi (bundan keyin esa harorat va shpindel o‘qi holati muvozanatlashadi).
Dastgoh to‘xtatilganida, u asta-sekin soviy boshlaydi va shpindel o‘qi o‘z holatiga
siljib qaytadi.
Bundan
shunday hulosa kelib chiqadi, ya’ni, dastgohning deformasiyasi
bilan bog‘liq bo‘lgan ishlov berish xatoligini yo‘qotish uchun, dastgohni 2-3
soatlar ichida salt yurishida boshlang‘ich qizdirilishi zarur bo‘ladi. Navbatdagi
tanavorga ishlov berishni esa dasttgohga dam bermay bajarishga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: