ishlanuvchi yuzalarda shakl va o‘lcham sistematik xatoliklar paydo bo‘lishiga
sababchi bo‘ladi.
Ammo, maxsus asbobsozlik zavodlarida yoki asbobsozlik sexlarida
tayyorlanuvchi keskich asboblarning aniqligi yuqori bo‘lganligi
sababli
tayyorlanuvchi detallar aniqligiga kam ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu
xatoliklar ko‘pincha hisobga olinmaydi.
Tanavorlarni ishlash aniqliklariga ko‘proq keskich asboblarning eyilishi
ta’sir ko‘rsatadi.
Кeskich asboblarning eyilishi, sozlangan dastgohlarda, o‘lcham "Aaniqligiga
avtomatik erishish" usuli bilan ishlaganda, ishlov berishning o‘zgaruvchan
sistematik xatolik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Tanavorga toza ishlov berishda keskichning orqa tomoni ko‘proq eyiladi, bu
esa keskich uchini aylanish o‘qidan radial eyilish miqdorida uzoqlashtiradi va
tashqi yo‘nish radiusini kattalashtiradi (yoki ichki yo‘nish
radiusini
kichiklashtiradi).
Eyilishning umumiy qonuniyatiga asosan, keskich asbobning boshlang‘ich
ishlash davrida sirpanib eyilishi, boshlang‘ich eyilish deb atalib, jadal eyilishi ro‘y
beradi (1-uchastka 6.1-rasm). Boshlang‘ich eyilish davrida asbobning kesuvchi
tig‘ida ishlovchanlik (prirabotka) sodir bo‘ladi, alohida notekisliklari parchalanib
ko‘chib tushadi va har-xil shtrixlari, kesuvchi tig‘larning
charxlashdan qolgan
izlari tozalanib-dazmollanib silliq holga keltiriladi. Bu davrda ishlangan
yuzalarning g‘adir-budurligi asta-sekin kamayib boradi (6.1-rasm).
Boshlang‘ich eyilish E
b
va uning davom etish masofa uzunligi L
b
(asbob
ishlovchanligining davom etishi) keskich asbob va buyum materialiga,
charxlash
sifatiga, shuningdek, keskich asbobning etqazib o‘tkirlashtirilganligiga va kesish
rejimiga bog‘liqdir. Кo‘pincha boshlang‘ich eyilishning davom etishi kesish yo‘li
L
b
bilan belgilanib, 500-2000 metr oralig‘ida bo‘ladi (birinchi raqam yaxshi
etqazib o‘tkirlashtirilgan asboblarga va ikkinchisi
esa bevosita charxlangan
asboblarga mos keladi).
6.1-rasm. Eyilishning kesish yo‘liga bog‘liqlik grafigi
Eyilishning ikkinchi davri (ІІ-uchastka) asbobning normal eyilishini
tavsiflaydi, bu kesish yo‘li uzunligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Eyilishning bu
davrdagi jadalligi nisbiy eyilish E
n
(mkm/km) bilan belgilanib, quyidagi
formuladan aniqlanadi;
E
n
= E / L ,
bu erda,
E
– kesish L yo‘lidagi o‘lchovli eyilish mikrometrda; L- normal
eyilish zonasidagi kesish yo‘li kilometrda.
Masalan:
T15 К6 markali keskich bilan ishlov berilganda,
normal eyilish
davriga mos keluvchi kesish yo‘li L 50 km gacha etishi mumkin.
Eyilishning uchinchi davri (ІІІ-uchastka) ko‘proq jadal eyilib, katastrofik
emirilishga to‘g‘ri kelib, keskich asbobning ko‘proq parchalanishi va hatto sinib
ketishi kuzatiladi. Asbobni normal ekspluatatsiya qilish davrida esa bunga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Кeskich asbob eyilishining ishlash aniqligiga 2-zonada sodir bo‘luvchi
normal eyilish sharoitida mos keluvchi miqdorini quyidagi formula bilan
hisoblanadi,
E = E
n *
L / 1000 , (6.1)
bu erda:
Do'stlaringiz bilan baham: