O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING IJTIMOIY HIMOYA



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

17-MAVZU. DAVLAT BYUDJETINING IJTIMOIY HIMOYA 
XARAJATLARI 
 
REJA: 
 
17.1. 
Ijtimoiy ta‟minot tizimining mohiyati, vazifalari va ahamiyati 
17.2. 
O„zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta‟minot tizimining moliyaviy 
manbalari 
17.3. 
Ijtimoiy ta‟minot xarajatlarini davlat byudjetidan mablag„ bilan 
ta‟minlash 
17.4. 
Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy ta‟minotning iqtisodiy va moliyaviy 
asoslari 
Tayanch so„z va iboralar: 
ijtimoiy yordam; ijtimoiy sug„urta; 
ijtimoiy siyosat; ijtimoiy ta‟minot;keksalar; jamiyatning ko„magiga 
ehtiyojmandlar; imtiyozlar; kompensatsiyalar; pensionerlar; nogironlar; 
voyaga yetmagan bolalar; mehnatga layoqatsiz aholi; maqsadli dasturlar
 
17.1.
 
Ijtimoiy ta‟minot tizimining mohiyati, vazifalari va ahamiyati
Ijtimoiy ta‘minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi 
o‗rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o‗z hayot faoliyatining 
ma‘lum bosqichlarida va alohida holatlarda ijtimoiy ta‘minot tizimi xizmatlariga 
ehtiyojlar yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga, 
mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, shuningdek, mehnatkashlar hamda 
ma‘lum sabablarga ko‗ra ishlamaydigan aholi qatlamlarining ijtimoiy ahvoliga 
bog‗liq.
―Ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchasining mazmuni, uning holatini belgilab beruvchi 
omillar bizning mamlakatimizda ijtimoiy ta‘minot tizimining rivojlanishi bilan 
shakllanib bordi. Iqtisodiy ta‘limotlar va fanda ―ijtimoiy ta‘minot‖ tushunchasining 
turlicha talqin etilganligini ko‗rish mumkin. Masalan, tarixan ancha ilgari yaratilgan 
rus izohli lug‗atida
115
ijtimoiy ta‘minotga ―jamiyat tomonidan u yoki bu shaxsga 
hayot uchun yetarli bo‗lgan moddiy mablag‗larni taqdim etish‖ deb ta‘rif berilgan, 
ushbu ta‘rifda jamiyat a‘zolariga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan yordamnnig 
turli shakllari ijtimoiy ta‘minot hisoblanadi, degan fikr ilgari surilgan. Lekin bunday 
yordamning shakllari va turlari turli-tuman bo‗lishi, turli toifadagi aholi qatlamlarini 
qamrab olishi, turli manbalardan mablag‗ bilan ta‘minlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning har bir bosqichida o‗zgarib turishi mumkin. Shundan kelib chiqqan 
holda, fanda ijtimoiy ta‘minot tushunchasi mazmunini yoritish bo‗yicha ikkita 
konsepsiya shakllanganligini ko‗rish mumkin: iqtisodiy va huquqiy.
Iqtisodiy konsepsiya tarafdorlari ijtimoiy ta‘minotga jamiyat a‘zolari uchun 
ijtimoiy iste‘mol fondlaridan taqdim etiladigan yordamning barcha turlarini (shu 

115
Qaralsin: ОжеговС. И. Словарьрусскогоязыка. –М: Русскийязык, 1984. С. 374, 670. 




263 
jumladan, bepul ta‘lim, uy-joy bilan bepul ta‘minlash, madaniyat muassasalarini 
saqlash, pensiya va nafaqalarning barcha turlari, ayrim fuqarolarga ijtimoiy, tibbiy 
yordam ko‗rsatish va turli imtiyozlar berish) kiritadilar. Bu konsepsiyaning asosini 
moddiy va moliyaviy ne‘matliklarni ijtimoiy iste‘mol fondlari orqali taqsimlash usuli 
tashkil etgan. 
Huquqiy konsepsiya vakillari ijtimoiy ta‘minot jamiyatning barcha a‘zolariga 
emas, faqat alohida qatlamlariga – davlat tomonidan muhofaza qilinishi lozim 
bo‗lgan guruhlariga qaratilishi kerakligini e‘tirof etganlar. Aholining bunday 
guruhlariga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida turli 
toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan, sovet hukumati davrida ijtimoiy ta‘minot 
bilan avval yollanib ishlovchi ishchi-xizmatchilar, keyinroq kolxoz a‘zolari, bolalar, 
ko‗p bolali oilalar, yolg‗iz onalar qamrab olingan.
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasini o‗rgangan olimlarning izlanishlarini o‗rganish 
shundan dalolat beradiki, ayrimlar ijtimoiy ta‘minot faqat ayrim aholi qatlamlariga 
qaratilishi kerak, deb da‘vo qilsalar, boshqalar ijtimoiy ta‘minot barcha aholiga 
qaratilgan bo‗lishi kerak, deb ta‘kidlaydilar va bepul ta‘lim hamda bepul tibbiy 
xizmat va davolash xizmatlarini ham ijtimoiy ta‘minot tizimiga kiritadilar. 
Shuningdek, bir qator olimlar ijtimoiy ta‘minot faqat davlat byudjetidan moliyalash-
tirilishi zarurligini ta‘kidlasalar, boshqalari ijtimoiy ta‘minotning ko‗pkanalli 
moliyalash manbalari shakllanganligi va ijtimoiy ta‘minot masalalari bilan 
shug‗ullanadigan bir nechta mahkama mavjudligini e‘tirof etadilar. 
Bu borada A.Vahobov va T.Malikovlarning ―Moliya‖ nomli darsliklarida 
berilgan ta‘rifga to‗xtaladigan bo‗lsak, ularning fikricha, ―iqtisodiy kategoriya 
sifatida ijtimoiy ta‘minotga quyidagicha ta‘rif berish mumkin: ... fuqarolarni moddiy 
ta‘minlash va ularga xizmat ko‗rsatish uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan 
pul mablag‗larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan 
taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta‘minot deyiladi. Mana shunday keng 
ko‗lamda, ijtimoiy ta‘minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta‘minotni tashkil 
etishga bog‗liq bo‗lmagan holda jamiyatning barcha a‘zolarini tegishli tarzda 
ta‘minlanishini o‗z ichiga qamrab oladi‖
116
. Mualliflar ijtimoiy ta‘minotning 
mazmuni borasida iqtisodchilar o‗rtasida yagona fikr mavjud emasligini haqli 
ravishda e‘tirof etadilar. 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish