O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/323
Sana08.11.2022
Hajmi4,9 Mb.
#862154
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   323
Bog'liq
ЎУМ Давлат бюджети 2021 2022

Internet resurs manbalaridagi ma‟lumotlarda,
masalan jamoat ensiklopediya-
sida ―ijtimoiy ta‘minot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‗lgan va boquvchisini 
yo‗qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‗rsatish bo‗yicha davlat 
tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‗lib, ijtimoiy himoyaning 
muhim tarmog‗i hisoblanadi‖
117
, deb ta‘riflangan. 
Ijtimoiy ta‘minot tushunchasining talqiniga bo‗lgan qarashlarni inobatga olgan 
holda, uning u yoki bu yordam turini ijtimoiy ta‘minotga tegishli ekanligini belgilab 
beruvchi asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim. 
Fikrimizcha, bunday belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

116
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: ―NOSHIR‖, 2011. 449-bet. 


117
Manba: https://uz.wikipedia.org/ 


264 
1) 
moliyalashtirish manbalari:
barcha olimlar va tadqiqotchilarning fikriga 
qo‗shilgan holda, ijtimoiy ta‘minot davlat tomonidan shakllantiriladigan maxsus 
jamg‗armalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Haqiqatan ham, bugungi kunda 
O‗zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta‘minotni mablag‗ bilan ta‘minlash quyidagi 
manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda: byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi, 
Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi, davlat byudjeti (respublika byudjeti va 
mahalliy byudjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‗lari (Kasaba uyushmalari 
federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‗urta byudjeti). 
2) ijtimoiy ta‟minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari: 
huquqiy jihatdan 
―har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‗qotganda, shuningdek, boquvchisidan 
mahrum bo‗lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta‘minot 
olish huquqiga ega‖
118
. Fuqarolarning bu huquqlari davlatimiz Konstitutsiyasi bilan 
mustahkamlab qo‗yilgan. Konstitutsiyamizning ushbu huquqlarni belgilab bergan 39-
moddasi mazmunidan ham ko‗rinib turibdiki, ijtimoiy ta‘minot fuqarolarning alohida 
toifalari– qariyalar, nogironlar, bolalikdan nogironlar, boquvchisini yo‗qotgan 
fuqarolar, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‗qotgan fuqarolar, homilador ayollar, 
vaqtincha ishsiz maqomi berilgan fuqarolar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‗iz 
fuqarolarga qaratiladi. 
Ijtimoiy ta‘minotning mazmunini shakllantirishda yana shuni ham inobatga olish 
kerakki, ijtimoiy ta‘minot rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi davlatning ijtimoiy 
siyosati yo‗nalishlarini aks ettiradi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvorliklarning o‗zgarishi 
ijtimoiy ta‘minotning ham usul va shakllari o‗zgarishiga olib keladi. Xususan, 
taraqqiyotning ma‘lum davrlarida (70-80-yillarda) ijtimoiy siyosat aholining son 
jihatdan ko‗payishini rag‗batlantirishga qaratilgan edi, shu sababli bu davrda ijtimoiy 
ta‘minot orqali ko‗p bolali onalarga nafaqalar joriy etilgan. Mustaqillik davrida esa 
bu boradagi ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni muhofaza qilish, tug‗ish yoshidagi 
ayollarni 
sog‗lomlashtirish, 
―sog‗lom ona – sog‗lom bola‖ tamoyilini 
mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash va fuqarolarga munosib yashash va 
ishlash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Ijtimoiy ta‘minotning shakl va usullari ham 
shu maqsadga bo‗ysundirilgan. Bu maqsadlar yo‗lida insonlarning mehnati va 
sog‗lig‗i muhofaza qilinadi, oilalar, onalar va bolalar, nogironlar va keksa yoshdagi 
fuqarolar davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlanadi, ijtimoiy xizmatlar tizimi 
rivojlantiriladi, davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoyaning boshqa 
kafolatlari o‗rnatiladi.

118
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 39-modda. 


Ijtimoiy ta‟minot turlarining
ko‗pligini e‘tirof etgan holda, har bir turining 
asosiy maqsadi
– fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning boshqa a‘zolarining 
holatiga yaqinlashtirish, ular orasidagi ijtimoiy farqlarni kamaytirish, yuqori moddiy 
xarajatlarni yohud qo‗shimcha jismoniy, ruhiy va ma‘naviy harakatlarni talab qiluvchi turli 
hayotiy hodisalar tufayli yordamga muhtoj bo‗lib qolgan fuqarolarni qo‗llab-quvvatlashdan 
iborat. 


265 
Shunday qilib, 
ijtimoiy ta‟minot -
davlat ijtimoiy siyosatining namoyon bo‗lish 
shakli bo‗lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta‘minlashga qaratilgan, rivoj-
lanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb topilgan 
holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a‘zolariga nisbatan 
tenglashtirishga yo‗naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus maqsadli 
jamg‗armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimidir. 
Ushbu ta‘rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda ijtimoiy 
ta‘minot tizimiga quyidagilar kiradi (18.1-rasm): 

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish