Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
81 
http://ziyonet.uz/ 
Borchagʻa tasdiqi vujudaylagil.
Bilkim erur zoyiri aflok alar,
Nafsning oloyishidin pok alar,
Har bir uli-ajnixa tovus oʻlub,
Donai tasbih anga ma’nus oʻlub,
Tobi muhabbat chogʻi ul ajnixa,
Oʻtlari tugʻyoni uchun mirvaha.
Bir bila topmay bu janoh inqitoʻ,
Bir neki, masno va sulosa ruboʻ.
Ne qadame amrsiz olib, ne dam
Borcha vujud avvalidin to adam.
Poku mujarrad borining javhari,
Tufroqu suvu yelu oʻtdin bari.
Xuldi barin qushlaridek shavqnok,
Arm adosidin oʻlub zavqnok.
Bir qush alar ichraki topmay bu zavq,
Foxta yangligʻ topibon boʻyni tavq.
La’nda uch harfki bor oshkor,
Har birining domanasi xalqavor.
Har birining xalqasi topib vusul,
Tavqda mal’un boʻlub ul bulfuzul.
Angla uchunchi kutubi osmon,
Tengri soʻzi bil borisi begumon.
Qaysi kutub, har biri daryoyi jarf,
Har soʻzi bu bahrda durri shigarf.
Bahr dema, har biri bir turfa kon,
La’l ila gavhargʻa sarosar makon.
Gar uchi uch sham’i munavvar boʻlub,
Lek biri mash’ali xovar boʻlub.


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
82 
http://ziyonet.uz/ 
Boʻlsa mavolidi salos ul uchi,
Bu yeti oboning ishin qilgʻuchi.
Bal yeti obo munga ummul-kitob,
Sab’i masoniy topib andin xitob.
"Sab’i masoniy" neki, har surasi,
Davlatu din xittai ma’murasi.
Boshida har surasi tazxib ila,
Dargahi koshiy anga tartib ila.
Bogʻ anga har safhai gulshan misol,
Jadvali atrofida ravshan zulol.
Bogʻ dema, balki falak, ne falak,
Satrlari har sori saf-saf malak,
Bal anga har doirai ashrgard,
Rutba aro bir falaki lojuvard.
Haq soʻzi har juzvi varaq to varaq,
Borcha xaqoyiq, balkim borcha xaq.
Misl anga ma’dumu mushobix adim,
Qoyili andoqki qadim ul qadim.
Bil yana toʻrtunchi rusul ma’shari,
Har biri bir bahri safo gavhari.
Borchasi xaq amrila naxyin tuzub,
Elga bori xaq yoʻlini koʻrguzub.
Hujjat agar istasa har tiyra zot,
Har birisi koʻrguzubon mu’jizot.
Zohir oʻlub borchagʻa sidqi maqol,
Shoyibai kizbgʻa yoʻq extimol.
Garchi payambar borigʻa ism oʻlub,
Lek alar jismi ham uch qism oʻlub.
Zumrai avval kelibon anbiyo,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish