Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
85 
http://ziyonet.uz/ 
Ne solibon doʻzax aro fe’li zisht.
Ulki qilib Tengriga ming yil sujud,
Boʻlsa shaqiyi azaliy qayda sud?
Mugʻbachalar dayrda qilgʻon xalok
Boʻlsa saidi abadiy qayda bok.
Kimgaki bu oltigʻa bor e’tiqod,
Ham bu sifat birlaki qildim savod,
Har nechakim nomasiyax boʻlsa ul,
Gʻarqai daryoyi gunax boʻlsa ul,
Tong yoʻq agar afV oʻlub ummid anga,
Tutsa ilik rahmati jovid anga.
Lek bu dard oʻti erur jongudoz,
Ushbu gudoz ichra kuyub ahli roz.
Bu biri oʻz holigʻa motam tutub,
Ul biri tarki bori olam tutub.
Kim bu biyik poyaki qildim bayon,
Kimga yetar-etmasi ermas ayon.
Etmagi ham kimsaga mutlaq emas,
Etmasi ham jazmu muxaqqaq emas.
Kofiru moʻmin sori qilsang sogʻinch,
Ne anga ya’su ne muning koʻngli tinch.
Kuydurubon xalqni biymu umid,
To xud erur kim shaqi-yu kim said.
Mahlas ishi barchagʻa niyatdadur.
Topmoq ani lek mashiyatdadur.
XXIII 
Sulton ul-orifinni gʻamgin koʻrub, muridigʻa savol tili ochilgʻoni va ul shofiy javoblar 
bila anduxluq koʻnglin xoli qilgʻoni 


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
86 
http://ziyonet.uz/ 
Qaygʻuluq oʻlturmish edi Boyazid,
Soʻrdi gʻami kayfiyatin bir murid:
«K-ey falak avjida xiroming sening,
Arsh fazosi uza goming sening.
Koʻnglunga ne ishdin ekin bu taab,
Bu taabinggʻa ne ish erkin sabab?»
Pir toʻkub ashku chekib oʻtluq oh,
Dediki: «Bu gʻam ishim etmish taboh,
Kim bu jahon ichraki, eldur gʻulu,
El toʻla,- ammo kishidindur xulu.
Har kishiga xush koʻrunur oʻz ishi,
Bir kishi yoʻqkim, desa boʻlgʻay kishi,
Munda kishi borini bilmon yaqin,
Bor esa, oʻtganlar aro bor ekin».
Soʻrgʻuchigʻa zohir oʻlub iztirob,
Dediki: «Ey xurshedi oliyjanob,
Elda kishi yoʻq demak oʻldi soʻzung,
Doxil emassenmu bu elga oʻzung?»
Shayx dedi: «Ey ishi gumrohliq;
Topmogʻon ish sirridin ogohliq.
Men dogʻi yuz ming meni sargashtadek,
Ashki bogʻir qonigʻa ogʻushtadek,
Boʻlmasa imon bila ketmak ishi,
Anglaki, oni desa boʻlmas kishi.
Olam aro muncha sigʻoru kibor,
Men boʻla-yu, sen boʻlu harkimki bor,
Borcha bu gʻam tigʻidin afgorbiz,
Borcha bu motamgʻa giriftorbiz.
Kim ichi bu gʻussada qon boʻlmadi,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish