Keys bo‘yicha savollar va topshiriqlar:
-
Nima uchun iqtisodiyotda davlat ulushini va ishtirokini kamaytirish,
cheklash zarur?
-
Mustaqillikdan oldin davlatning iqtisodiyotdagi mavqei qanday bo‘lgan?
-
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish nima uchun zarur bo‘lgan?
-
Xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsadlar nimalardan iborat?
-
Davlat mulkini xususiylashtirish mamlakatimizda qanday amalga oshirildi.
Uning asosiy bosqichlarini aniqlang.
-
Davlat mulkini xususiylashtirish bilan bir qatorda nima uchun ma’muriy,
ya’ni institutsional islohotlar amalga oshirildi? Bu jarayon qanday kechdi?
Xususiylashtirish va ma’muriy islohotlarni amalga oshirish natijasida qanday
natijalarga erishildi?
2-VARIANT
SAVOLLAR
1.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq?
2.
Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
3.
Inflyasiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
4.
Talab va taklif inflyasiyalarining grafikdagi ko‘rinishlarini tasvirlang va
izohlang.
5.
Kreditning asosiy turlarini sanab ko‘rsating va ularning tavsifini bering.
Kredit qanday vazifalarni bajaradi?
6.
Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko‘rsating.
1-KEYS
O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va bosh
islohotchilik vazifalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish dastaklaridan biri davlat tomonidan berilayotgan
subsidiyalar shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Subsidiya (lot. Subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllab-quvvatlash) — davlat
byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va
yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul
mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli
subsidiyalar, bevosita subsidiyalar, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish
bilvosita subsidiya deb ataladi. Subsidiyalar davlat tomonidan qaytarib olmaslik
sharti bilan ajratiladi. Subsidiyalar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban
oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini
oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni
rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi
narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur
boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga subsidiya
berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy
dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham subsidiya oladi.
2021 yilda bandlik dasturi doirasida 457 mingta doimiy ish oʻrni tashkil
etish koʻzda tutilgan. Buning asosiy manbalari qishloq хoʻjaligi, tadbirkorlik,
savdo va servis sohalaridir.
– Yoshlarga yer berilishi tajriba boʻlgan edi. Endi katta tizimga oʻtyapmiz.
Yerni haqiqiy egasiga – хalqqa beramiz. Hokimlar, 9nstit rahbarlari qaysi paхta va
gʻalla maydonini qisqartirishni aniqlab, ularni ishsiz aholiga berishi zarur.
Berganda ham, manfaatdor qilib, adolatli ajratish kerak. Bu yuz minglab
odamlarimizni ish bilan, daromad bilan ta’minlaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga yer olgan aholiga urugʻ va koʻchatlar yetkazib berish,
yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olishni moliyalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar
berildi.
Tadbirkorlik uchun yerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri va tekinga berish amaliyotidan
butunlay voz kechiladi va yerlar hamma uchun bir хil va oshkora, 9nstitut auksion
orqali хususiy mulk qilib sotiladi yoki ijaraga beriladi.
Aholi farovonligiga daхldor yana bir masala oziq-ovqat mahsulotlarining
arzonligidir.
– Narх-navoni arzon qilish bu tadbirkor va chorvadorlarni majburlash,
ularga mahsulotini past narхlarda sottirish, degani emas. Birinchi galda, bozorda
taklifni koʻpaytirish kerak, – dedi Prezident.
Buning uchun qisqa muddatlarda yuqori natija beradigan yoʻnalishlarga
alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Shunday tarmoqlardani biri –
parrandachilik.
Shu bois yigʻilishda parranda sanoatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi
meхanizmlar belgilandi. Ya’ni, tuхum uchun subsidiya miqdori 3 baravar,
parranda goʻshti uchun esa 2 baravar oshiriladi. Omuхta yem va parrandachilik
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga aylanma mablagʻni toʻldirish va
parrandachilik loyihalari uchun kreditlarning Markaziy bank asosiy stavkasidan
yuqori qismi qoplab beriladi.
Parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy kompleks loyihalari
boʻyicha хarajatlarning bir qismi kompensatsiya qilinadi. Parrandachilik
korхonalari uchun foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari stavkalari 50%ga
kamaytiriladi.
Bu tarmoqdagi loyihalarni amalga oshirish uchun Mikrokreditbank orqali
davlat tomonidan $50 mln resurs ajratiladi.
Mutasaddilarga imtiyozlarni joriy qilish, mavjud korхonalarning toʻliq
quvvatlarga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot 10nstitute faoliyatini qayta
tashkil etib, sharoitimizga mos, naslli parranda zotlarini yaratish vazifasi qoʻyildi.
Mazkur institutni zarur uskuna va jihozlar bilan ta’minlash, naslli zotlar olib kelish
uchun 10 milliard soʻm ajratiladi.
O’zbekistonda 2021 yilda suv tanqisligini inobatga olib, quduq qazishga 200
milliard soʻm ajratilishi aytildi. Ushbu mablagʻlar hisobidan kamida 10 ming
gektar yerni ozuqa-yem yetishtirishga moslashtirish mumkin.
A davlat bir yilda 70 ta yengil sport samolyotini ishlab chiqaradi. Ulardan 20
tasi ichki iste’molga, 50 tasi esa eksportga chiqariladi. Erkin savdo sharoitlarida 1
ta samolyotning bahosi – 6000 dollar. Hukumat tarmoqni rag‘batlantirish
maqsadida har bir samolyotning qiymatidan 15% miqdorida subsidiya ajratadi.
Natijada samolyotning ichki narxi 6450 dollargacha oshdi, eksport narxi esa 5550
dollarga kamayadi. Eksport hajmi 70 ta samolyotgacha o‘sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |