1-VARIANT
SAVOLLAR
1.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari fanining
predmeti nimadan iborat? U boshqa iqtisodiy fanlar ichida qanday o‘rin tutadi?
2.
Fanning qanday vazifalari mavjud? Bu vazifalarning bugungi kundagi
ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
3.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari fanining
tadqiqot doirasiga qanday muammolar kiradi?
4.
Fanda iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish xususiyatlarini izohlab
bering.
5.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari fanini
o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
6.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari fanini
o‘rganishda qanday usullardan foydalaniladi?
7.
Makroiqtisodiy tahlil bilan mikroiqtisodiy tahlil o‘rtasidagi farq nimadan
iborat?
1-keys
Mazkur masalani o‘rganish uchun keysolog talabalarga O‘zbekiston
mustaqillikka erishishdan oldin iqtisodiyotda davlatning roli qanday bo‘lgan, bozor
iqtisodiyotida davlat qanday rol o‘ynashi kerak? Davlatning iqtisodiyotdagi
ishtirokini kamaytirish uchun mamlakatimizda qanday ishlar amalga oshirildi va
buning natijasida nimalarga erishildi?, degan savollarga javob topishni maslahat
beradi. Keysolog avvalom bor sobiq totalitar tizim va bozor iqtisodiyoti sharoitida
davlatning o‘rni va rolini ifodalovchi tasnifiy jadvalni to‘ldirishni taklif qiladi.
Talabalar ushbu savollarni muhokama qilib, davlatning sobiq sotsialistik
tuzumdagi va bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘rni va rolini ifodalovchi quyidagi
tasnifiy jadval tuzadilar:
Tasnifiy
belgilar
Sobiq totalitar tizim sharoitida
Bozor iqtisodiyoti sharoitida
Mulkning
ustuvor shakli
Ijtimoiy mulk (davlat va kolxoz-
kooperativ mulki)
Xususiy mulk
Milliy boylik va Juda katta, monopol mavqesida
Cheklangan, ustuvor mavqeda emas
mulkdagi davlat
ulushi
Iqtisodiyotga
davlatning
aralashuvi
Iqtisodiyotni bir markazdan bevosita
har tomonlama boshqarish
Iqtisodiyotni
ustuvor
ravishda
iqtisodiy usul va vositalar asosida
tartiblash
Talabalar O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘ydi. Bozor
iqtisodiyotini shakllantirish uchun xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash, buning
uchun esa iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora- tadbirlari amalga oshirila
boshlanganligini ta’kidlab, bu jarayonning qanday kechganligini tahlil va
muhokama qiladilar.Tahlil jarayonida ular O‘zbekiston Respublikasining Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
yo‘lida”, “Iqtisodiyot(5-modul. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish)”
darsligi va H.P.Abulqosimov va O.Ya.Xamraevning “Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish” nomli o‘quv qo‘llanmalaridan foydalangan holda davlat
mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad va
uni amalga oshirish bosqichlari va erishilgan natijalarni tahlil qiladilar.
O‘zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish va uning iqtisodiyotdagi
ishtirokini kamaytiri jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
Xususiylashtirish jarayonida ikkita muhim strategik vazifa hal etilishi ko‘zda
tutilgan:
Birinchi strategik vazifaning asosiy mazmuni – bu davlat tasarrufidan
chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan mulkning haqiqiy mulkdorlar qo‘liga
berilishi iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoit
yaratishga imkon tug‘diradi.
Xususiylashtirishning ikkinchi strategik vazifasi esa iqtisodiyotda ko‘p
ukladlilikni hamda rag‘batlantiruvchi kuchga ega bo‘lgan raqobat muhitini
yaratish, shu orqali davlatni mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy
mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo etishdir.
Ana shu modelga asoslangan holda amalga oshirilgan xususiylashtirish
jarayonlari shartli ravishda o‘zaro bog‘liq uch bosqichga bo‘linadi.
Dastlabki, birinchi boskich “kichik xususiylashtirish” davri deb nomlandi va
1992-1993 yillarda amalga oshirildi. Unda aholi yashaydigan davlatga tegishli uy-
joylar, savdo, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, dorixona va shu kabi 53,9 mingta
mayda davlat korxonalari xususiylashtirildi. Ularning negizida 28,8 mingdan ortiq
nodavlat korxonalari tashkil etildi.
Xususiylashtirishning
keyingi
ikkinchi
bosqichi
“ommaviy
xususiylashtirish” davri deb nom oldi va u 1994-1998 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu
davrda mashinasozlik, engil va oziq-ovqat sanoati, qurilish, avtomobil transporti,
agrosanoat kompleksi va boshqa tarmoqlarning o‘rta va yirik korxonalari ochiq
aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi va xususiylashtirildi.
Xususiylashtirishning uchinchi bosqichi 1999 yildan boshlanib hozirgi
kungacha davom etmoqda. Bu bosqich “yakka tartibda xususiylashtirish” davri
hisoblanadi. Xususiylashtirishning ushbu davri avvalgi bosqichlardan bir qator
jihatlari bilan farq qiladi. Ushbu davrda iqtisodiyotning yonilg‘i-energetika,
metallurgiya, kimyo, temir yo‘l transporti va shu kabi boshqa strategik
tarmoqlarning yirik korxonalarini chet el investitsiyalarini keng jalb etgan holda
yakka loyihalar asosida xususiylashtirishga kirishildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish bir vaqtda institutsional islohotlar amalga
oshirildi. Davlatning bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermaydigan davlat plan
va reja, dav lat ta’minoti kabi qo‘mitalari tugatilib, yangi vazirliklar va Davlat
Soliq va bojxona qo‘mitalari, ikki pogonali bank tizimi hamda iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida esa ularning xususiyatlariga mos
keladigan,
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga iqtisodiy erkinlik berishga
yordamlashadigan,
tashabbuskorlik
va
tadbirkorlikning
rivojlanishini
rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |