3-VARIANT
SAVOLLAR
1.
Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.
2.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi
qanday nazariyalarni
bilasiz?
3.
Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha
tavsifini bering.
4.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
5.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va
vazifalarni qo‘yadi?
6.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita
usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma’muriy
va iqtisodiy vositalarini
sanab ko‘rsating.
7.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol
o‘ynaydi?
8.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi?
9.
O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi dinamikasini tahlil
qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo‘yicha
davlat sektori ulushining
o‘zgarishini izohlang.
10. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqtisodiy usullari
mazmunini tushuntiring
1-KEYS
Iqtisodiyotni davlat tomonidn tartibga solishning oliy shakli davlat iqtisodiy
dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va
vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli,
favqulodli va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar
odatda besh yilga tuziladi. Favqulodli dasturlar tig‘iz
vaziyatlarda, masalan,
inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyasiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa
muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti
tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil
yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning
beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat
va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga
yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul
qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi
va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot
vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish
bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo,
soliq va moliya
siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk
daxlsizligini
kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni
tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan
choralar ko‘rildi.
2022-yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”ga oid Davlat dasturi
tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlar 55 trillion so‘m va 11,7 milliard
AQSh dollaridan iborat.
Shuningdek 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning
Taraqqiyot Strategiyasi tasdiqlandi va unga asosan 100 vazifa belgilab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: