1.7 OQSILLAR
Tayanch bilimlarni sinang.
Odam organizmida oqsillar qanday ahamiyatga ega?
Qanday oziq-ovqat mahsulotlari oqsillarga boy bo‘ladi?
Oqsillar (protein) hujayraning asosiy qurilish materialidir. Har bir tirik organizmda
oqsillar mavjud. Oqsillarning har biri o’ziga xos tuzilish va funksiyalarga ega. Oqsillar
asosan uglerod (C), vodorod (H), va kislorod (O), azot (N), oltingugurt (S)dan iborat.
Aminokislotalar
. Aminokislotalar oqsil molekulalarining monomerlari
hisoblanadi. Aminokislotalar aminoguruh (NH
2
) va karboksil guruhi (COOH) ga
ega organik birikmalardir. Aminokislotalar bir-biridan radikallari bilan farqlanadi.
Radikallarining o‘ziga xos xususiyatlari, aminokislotaning xossalarini belgilaydi va oqsil
molekulalari funksiyalarining asosi hisoblanadi.
Aminokislotalarning turlari 150 dan ortiq, ammo tabiiy oqsillarni hosil qilishda
faqat 20 ta aminokislota ishtirok etadi. -jadvalda ushbu aminokislotalarning to’liq va
qisqartirilgan nomlari ko’rsatilgan.
Hujayraning organik moddalari orasida
oqsillar
ulushi quruq moddaning yarmidan
ko‘pini tashkil qiladi. Oqsillar – aminokislotalardan tashkil topgan polimerlardir.
Oqsillar ovqat hazm qilish jarayonida parchalanib erkin aminokislotalarni hosil qiladi.
Bu aminokislotalardan organizm hujayralari uchun zarur oqsillarni hosil qilishda
foydalaniladi.
24
Biologiya 10
Oqsillarning tuzilishi.
Bir aminokislotaning aminoguruhi (NH
2
) boshqa aminokislotaning karboksil
guruhi (COOH) bilan o’zaro ta’sirlashib, bir molekula suv ajralishi hisobiga
aminokislotalar bir-biri bilan birikadi. Bunda aminoguruh qoldig’ining azot atomi
va karboksil guruh qoldig’iining uglerod atomi o’rtasida hosil bo’lgan kovalent
bog’ peptid bog’i deyiladi. Ikkita aminokislotadan iborat birikma dipeptid, 10
tadan ortiq aminokislota qoldig’idan iborat birikma polipeptid deyiladi. Odatda,
oqsil molekulalari yuzlab va minglab aminokislota qoldiqlarini o‘z ichiga olgan
polipeptidlardir
.
Raqamlar takrorlanmasligi sharti
bilan 1, 2, 3, 4, 5 raqamlaridan 120 ta
besh xonali son yasash mumkin. Bir-
inchi raqamni tanlashning beshta usu-
li, ikkinchisini tanlashning to’rtta usuli,
uchinchisini tanlashning uchta usuli,
ikkinchisini tanlashning ikkita usuli va
oxirgi raqamni tanlashning bir usuli
mavjud. Umumiy soni 5 x 4 x 3 x 2 x
1 = 5! = 120. Yuqoridagi shart asosida
20 xil aminokislotadan necha xil oqsil
tuzish mumkin?
Oqsillar aminokislotalarning aniq tartib-
da joylashgan ketma-ketligidan iborat bo‘lib,
ushbu tartib oqsilni kodlovchi DNKdagi irsiy
axborot – gen strukturasi bilan belgilanadi.
Oqsil molekulasida aminokislotalarning joy-
lashish tartibi, turning o‘zgarmas xossasidir.
Bir turga mansub organizmlarda uchray-
digan oqsillar juda ko’p va xilma xil bo’lib,
har bir oqsil o’ziga xos aminokislotalar kel-
ma-ketligidan iborat va turli funksiyalarni
bajaradi. Shu bilan birga, har xil turga man-
sub organizmlarda bir xil vazifani bajaruvchi
oqsillar mavjud. Ammo bu oqsillar aminokis-
lotalar ketma-ketligi bilan farqlanadi.
Biz ali�bodagi har�lar yordamida ko‘plab
so’zlar tuzamiz. Xuddi shu kabi 20 xil amino-
kislota yordamida tarkibidagi aminokislotalar
soni va ularning tartibi bilan bir-biridan farq
qiluvchi ko‘plab oqsillarni hosil qilish mumkin.
2-rasm. Aminokislotalarning o‘zaro birikishi.
25
Biologiya 10
Do'stlaringiz bilan baham: |