uchun katta miqdordagi investitsiyalar zarur. Sarmoya oqimlarini inson sarmoyasi resurslari bilan uyg’unlikda amalga oshirish
imkoniyatlarining mavjudligi investitsiyalarning iqtisodiy nuqtai nazardan yanada istiqbolli yo’nalishlarga safarbar etilishiga va
umuman iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari, har qanday yangilikning paydo bo’lishi oliy
ma’lumotli ishchi kuchini, tadqiqotlar o’tkazish uchun tegishli malaka, bilimlar va ko’nikmalarga ega,
Shuningdek, ushbu
tadqiqotlarni amaliyotda qo’llash uchun zarur bo’lgan barcha xususiyatlarni o’zida mujassam etgan xodimlarga ehtiyojni
taqozo etadi. Shuning uchun inson sarmoyasiga investitsiyalar kiritish muhim, strategik miqyosdagi jarayondir.
Sarmoyani ta’riflashning asosida uning o’z-o’zidan ortib boruvchi qiymat sifatidagi tushunchasi yotadi. U holda
inson
sarmoyasini ta’riflash nuqtai nazaridan, inson unga kiritilgan investitsiyalar natijasida ma’lum qiymatga ega bo’lgan iqtisodiy
ob’ekt sifatida ko’rib chiqiladi. Ya’ni investitsiyalar
kiritilmas ekan, inson sarmoya hisoblanmaydi, balki faqat muayyan
salohiyatni o’zida namoyon etadi xolos. Shu munosabat bilan inson salohiyatini insonga kiritilgan (ta’lim, sog’liqni saqlash va
tarbiyaviy) investitsiyalar to’plami sifatida talqin etish mumkin. Inson faqat iqtisodiy faoliyat sub’ektiga aylanganda, ya’ni, unga
kiritilgan investitsiyalar ishlay boshlab, foyda keltirgan taqdirda sarmoyaga aylanadi.
Inson sarmoyasiga investitsiyalar (intellektual investitsiyalarning bir qismi yoki intellektual sarmoyaga investitsiyalar
sifatida) - bu kelgusida xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan, alohida
sarmoya
egasining ham, umuman jamiyatning ham kelgusi daromadlari oshishiga xizmat qiluvchi xarajatlardir. Umuman
olganda, inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiyalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: salomatlikni saqlab turish,
umumiy va
maxsus ta’lim olish xarajatlari; ish qidirish; ishlab chiqarishda kasbiy tayyorgarlik; bolalarning tug’ilishi va ularni tarbiyalash,
narxlar va ish haqi to’g’risida iqtisodiy ahamiyatli axborotni qidirish bilan bog’liq xarjatlar va h.k. Joriy xarajatlar Shu maqsadda
amalga oshiriladiki, ushbu xarajatlar kelgusida daromadlarning yuqori oqimi bilan bir necha marta qoplanadi.
Ta’kidlash joizki, inson sarmoyasi bilan moddiy sarmoya o’rtasida to’g’ridan- to’g’ri o’xshashlik mavjudligiga qaramay,
ular bir-biridan ancha farq qiladi. Xususan, inson sarmoyasi qarz olishda ta’minot vazifasini o’tay olmaydi, chunki u sotilishi
mumkin emas. Inson o’z xatarini taqsimlay olmaydi yoki diversifikatsiya qilolmaydi, moddiy sarmoya egasi esa buni amalga
oshirishi mumkin.
Inson sarmoyasiga kiritilgan investitsiya ijtimoiy soha tarmoqlari bo’yicha bo’lish mumkin, buning oqibatida ta’lim
sarmoyasi, salomatlik sarmoyasi va madaniyat sarmoyasi aniqlanadi. Bugungi kunda inson sarmoyasiga kiritiladigan
investitsiyalarning ushbu turlariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, chunki ular ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan hayotiy zarurdir.
Ta’lim xizmatlari ichki va tashqi samaralar xususiyatiga ega. Ta’lim xizmatlarini iste’mol qilishda ichki samara Shunga
olib keladiki, yuqori ma’lumot kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan har bir inson boshqalarga qaraganda katta daromad ol ish va
ta’limdan xususiy samarani oshirish imkoniyatiga ega. Bunday holatda tashqi (ijobiy)
88
samara mehnat unumdorligi, YaIM hajmining o’sish sur’atlarida, to’g’ri siyosiy qarorlarning qabul qilinishida o’z
ifodasini
topadi.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, aynan inson kapitaliga yo’naltirilgan investitsiyalar
iqtisodiyot o’sishining asosiy vositasiga aylanadi. Ma’lumki, YaLMning iste’mol uchun yo’naltiriladigan ulushi, aslida, inson
sarmoyasining rivojlanishini ta’minlovchi investitsion resurs hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: