Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


Faol raqobat ichki talabni oshiradi



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

Faol raqobat ichki talabni oshiradi 
Firmalar 
strategiyasi, 
tuzilishi va raqobatchilik 
3.2-
 
rasm. Tasir mexanizmi va ichki talab o'lchamlari 
Eng muhim kuch sifatida yana ichki raqobat maydonga chiqishi, ehtimol. Mahalliy raqobatchilar guruhi ichki bozorni 
rivojlantirishga moyilliklari bilan marketingga kapital qo'yadilar. Narxlar mexanizmi mahalliy bozordagi ulushni egallash va 
ushlab turishga ko'maklashadi. Ichki bozorda mahsulot ilgariroq taklif 
80 


qilinadi va kengrnq assortimentga ega bo'ladi. Raqobatbardosh mahalliy raqiblar mavjudligining o'ziyoq bu tarmoqni sezilarli 
qilib qo'yadi. Dastlabki talab rag'batlantiriladi. Lekin faqat ichki bozorning kengayishi ro'y beribgina qolmay, tezda u tovarlar 
bilan to'ladi va faol harakatlar xalqaro bozorlarni egallash sari yo'naladi. Bunga yaxshi bir misol - vinochilikdir. Frantsiya va Italiya 
kabi mamlakatlarda aholi jon boshiga vino iste'mol qilishning yuqori darajasi ko'p jihatdlan shu bilan belgilanadiki, bu 
mamlakatlarda keng assortimentili ommaviy ko'lamli vino ishlab chiqarish rivojlangan. 
Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bir qancha qo'shimchalarga ega. AQSh aholi jon boshiga bu mahsulotlarni 
iste'mol qilish bo'yicha dunyodagi oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Bu «Koka-kola», «Pepsi-kola», «Seven-ap» va boshqa 
firmalar o'rtasidagi qattiq raqobatdan kelibchiqadi. Garchi bu firmalar jahon bozorida ham raqobatlashsa-da, ularning 
raqobatlashish jadalligi AQShda boshqa joydagiga qaraganda yuqoriroq. Firma faxroi va raqobatchilarningbir-biriga yaqinligi 
oldin batafsil muhokama qilganimiz sabablardan ikkitasidir. Natijada reklamaga haddan ortiq rol ajratilgan va tovarlarning 
yangimarkalari avval ichki bozorda paydo bo'ladi. Bu yerda va boshqa tarmoqlarda jadal ichki raqobat faqat ichki talabni 
rag'batlantiribgina qolmay, balki ishlabchiqarish va marketing yangiliklari orqali amalda uni yaratadi ham. 
Faol ichki raqobat, bundan tashqari, mahalliy bozorda talabningtakomilllashiishiga ham ko'maklashadi. Raqobatchilar 
guruhlari mahalliy xaridorlar darajasini oshirish, ularning ta'bini noziklashtirish, o'zlarini esa yanada talabchanroq qilish ustida 
ishlaydi. Masalan, Italyada poyafzal va mebellarga bo'lgan talab, yuzlab ital yan kompaniyalari ichki bzorga bir qator yangi 
tovarlar chiqarganligi bois, qisqa muddatichida takomillashtirildi. Ital yan firmalarining hammasi ham o'z mahsulotini eksport 
qilavermaydi. Shu bilan shuFullanadiganlari esa kamdan kam hollarda o'z assortimentini taklif qiladi. Natijada ital yan 
iste'molchisi katta tanlashimkoniyatiga egaligi bois tobora sinkov bo'lib bormoqda. Boshqa mamlakatlarda kamroq darajadagi 
raqobatbardosh mahalliy ishlab chiqaruvchilar pastroq sifatdagi va torroq assortimentdagi tovarlarni taklif qiladilar. Italiyadagi 
mebel va poyafzal bilan savdo qiladigan chakana savdochilarning noziklashgan didi, aytib o'tilganidek, mahsulot o'tkazish 
kanallarini zo'r berib qidirayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi ichki raqobatning kuchli aks etishidir. Chakana 
sotuvchilar, shuningdek, bir-birlari bilan ham raqobatlashadilar va ital yan iste'molchilariga tovarlarning keng assortimentini 
taklif qiladilar hamda bu bilan istemolchilarning didinitarbiyalaydilar. Xalqaro faoliyatda raqobatbardosh tarmoq ichki bolzorda 
shunday sharoit yaratadiki, bu holat ushbu raqobatbardoshlikni mutahkamlaydi. Ichki bozordagi kuchli raqobat ham xorijiy 
talabni kuchaytirish mumkin. Mahalliy raqobatchilar guruhi tarmoqning milliy nufuzini yaratadi. Xorijiy xaridorlar buni sezadilar 
va bu mamlakatga salohiyatga ega xaridorlarni kiritadilar. Bunga yaqqol misol qilib kosmetik (pardoz) qalamlarini ko'rsatish 
mumkin. Xorijiy kosmetik firmalar yangi turdagi mahsulotlar chiqarish uchun nemis yetkazib beruvchilarini tanladilar. Bunda 
ular Nyurnbergdagi nemis ishlab chiqaruvchilarining dunyoga mashhurligiga tayandilar. Muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatayotgan 
turdosh va qo'llab- quvvatlovchi tarmoqlarning borligi ham bu tarmoqda chiqarilayotgan tovarga bo'lgan 
81 


xalqarn talabni orttirishi mumkin. Buning bir yo'li - nufuzni boshqa tarmoqqa ko'chirishdir. Masalan, 50-60-yillarda shveytsar 
soatlari o'z nufuzini boshqa Shveytsariya aniq mexanik mahsulotlariga ko'chirdilar. 90 yillarda hammaishiy elektronika bilan 
shunday holat ro'y berdi. Bunda "Yaponiyada ishlab chiqarilgan" degan so'zlar turli yapon firmalari tomonidanishlab 
chiqarilayotgan, kengayib borayotgan tovarlar assortimentida sifat va yuqori darajadagi rasmiylashtirishni angalatardi. Boshqa 
bir yo'l esa yaqin tarmoqlarning raqobatbardoshligi orqali talab o'lchamlarining yaxshi tomonga o'zgarishidir. Bu haqda oldin 
ham gapirib o'tildi. Ichki talabning baynalmilallashuviga omil olchamlari ham ta'sir qiladi, ayniqsa, bu omillarni yaratadigan 
mexanizmlar. Biror tarmoqqa tegishli bo'lgan yuqori darajada rivojlangan mexanizmlarga ega bo lgan mamlakat 
o'rganayotgan va kuzatayotgan talabalar va firmalarni jalb qiladi. Bu talabalar va firmalar ko'pincha mahalliy tovarlar va 
xizmatlarga bo lgan xorijiytalabni ta'minlaydi. Bunga misol: AQShda ta'lim oladigan vrachlarning rolidir. 
Biror mamlakatda turdosh va qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlarning borligi, hajmi va xalqaro muvaffaqiyati boshqa 
determinantlarga boFliq. O'zaro aloqalarning ba'zi eng muhimlari 3.3-rasmda tasvirlangan. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish