Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

6-
 
MAVZU. MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI 
OSHIRISHNING IJTIMOIY OMILLARI 
Reja:
 
1.
Inson kapitalini takror barpo etishning zamonaviy kontseptsiyalari.Milliy iqgisodiyotda inson kapitali rivojlanishining 
asosiy yo’nalishlari. 
2.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi. 
3.
Inson rivojlanishini integral baholash ko’rsatkichlari. 
4.
Iqtisodiy faol aholi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy demografik, mehnat, ta’lim, tibbiy, ilmiy texnikaviy 
omillar. 
5.
O’zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimining asosi. 
Tayanch so’z va iboralar: 
A. Marshallning tanlash yerkinligi kontseptsiyasi. ishga 
yollovchilar, ishchi kuchiga xarajatlari, davlat byudjet, mahalliy byudjet, ijtimoiy 
maqsad, inson kapitali, takror barpo etish, samaradorlik, inson kapitali, ijtimoiy 
ko’rsatkichlar, inson salohiyati, rivojlanish indeksi (ISRI), tug’ilganda kutilayotgan 
umr davomiyligi, salomatlik, ekologik xavfsizlik, demografik o’sish, aholining ta’lim 
bo’yicha qamrovi, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YalM) umumiqgisodiy 
rivojlanish, daromad va iste’mol, iqtisodiy faol aholi, uzluksiz ta’lim, ta’limning turlari. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara, 
Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2. 
Zamonaviy iqtisodiyotda inson resurslari mehnat resurslari sifatida, ma’lum yosh chegaralari bilan cheklangan 
mehnatga layoqatli aholi sifatida ishtirok etadi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda yosh avlodga qaratilayotgan e’tibor inson kapitalini rivojlanishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
86 


Ma’lumki, kapital o’z-o’zidan ko’payib boruvchi qiymat hisoblanib, uning 
miqdori ishchi kuchining sifat dararjasi o’sishi bilan oshib boradi. Inson kapitali 
faqatgina insonlarga xos bo’lib, uni ikkita guruhga ajratish mumkin: 

jismoniy kapital, ya’ni insonlarning moddiy va moliyaviy aktivlari; 

intellektual kapital, ya’ni bu insonlardagi aqliy aktivlar yig’indisi. 
Inson kapitali - bu kapital qo’yilmaning o’ziga xos shakli bo’lib, takror ishlab 
chiqarish va uning rivojlanishini ta’minlovchi sarf xarajatlar yig’indisidir. Inson kapitali 
ishchi kuchi faoliyatini yaxshilash va sifatini oshirishni anglatadi. Inson kapitali 
obe’ktiga o’rta umumta’lim, maxsus ta’lim, o’kuv va oliy ta’lim hamda yig’ilgan 
tajriba kiradi. 
Insonning moddiy ishlab chiqarishdagi mavqeining o’zgarishi fan-texnika 
inqilobi bilan bog’liq. Inson - asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, chunki u nafaqat yaratadi, 
balki ishlab chiqarish vositalarini ham harakatga keltiradi, yangi ishlab chiqarish 
vositalari, texnika, texnologiyalarning yoyilishi ishchi kuchiga, uning jismoniy va 
intellektual parametrlariga yangi talablarni qo’yadi. 
XX asr oxiri va XXI asr boshida Rossiya iqtisodchilari tomonidan inson 
sarmoyasining o’ziga xos muammolari va o’tish iqtisodiyoti sharoitida uni 
shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan qator ishlar chop etildi. 
R. I.Kapelyushnikovning ta’riflashicha, inson sarmoyasi “insonda mujassam 
etgan qobiliyatlar, bilimlar, ko’nikmalar va motivatsiyalar zahirasi bo’lib, uning 
shakllanishi jismoniy yoki moliyaviy sarmoyani jamg’arish kabi mablag’larning 
kelgusida qo’shimcha daromadlar olish maqsadida joriy iste’moldan chalg’itilishini 
talab qiladi. 
S. A.Dyatlov inson sarmoyasini to’liq va batafsil ta’riflash uchun funktsional 
yondashuvdan foydalanadi. Funktsionallik tamoyili hodisani nafaqat uning ichki 
tuzilishi nuqtai nazaridan, balki uning funktsional maqsadi, pirovard maqsadli 
foydalanish nuqtai nazaridan ham tavsiflaydi. Shuning uchun inson sarmoyasi - bu, 
birinchidan, inson egallagan bilimlar, ko’nikmalar, qobiliyatlar yig’indisi, ikkichidan, 
bu inson tomonidan jamiyat ishlab chiqarishining u yoki bu sohasida maqsadli 
foydalaniladigan va mehnat hamda ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga xizmat 
qiluvchi zahira. Uchinchidan, zahiradan bunday maqsadli foydalanish ish haqining, 
ya’ni, xodim oladigan daromadning oshishiga olib keladi. Va, nihoyat, to’rtinchidan, 
daromadlarning o’sishi insonni qo’yilmalar yo’li bilan kelgusida uni yanada samarali 
qo’llash maqsadida bilimlar, ko’nikmalar va motivatsiyalarning yangi zahirasini 
jamg’arishga undaydi. 
Biz unga ko’ra inson sarmoyasi tushunchasidagi asosiy harakatlanuvchi shaxs 
bo’lib hayot tsikliing butun davri mobaynida o’zining sof (netto-) daromadlarini 
ko’paytirishga intiluvchi 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish