142
63- §.
G‘arbiy va Sharqiy Sibir
G‘arbiy Sibir. G‘arbiy Sibirga shu nomdagi pasttekislik va
Kara dengizidagi bir qancha kichikroq orollar kiradi. U shi-
moldan janubga 2 500 km ga, g‘arbdan sharqqa 1 900 km ga
cho‘zilgan.
G‘arbiy Sibirning zamini paleozoy erasida vujudga kelgan
plitadan iborat. Uning usti mezozoy
va kaynozoy eralarining
turli xil qalinlikdagi yotqiziqlari bilan qoplangan. Paleozoy dav-
ri yotqiziqlari G‘arbiy Sibir pasttekisligining chekka qismlarida
ko‘zga yaqqol tashlanadi. Neft va ko‘mir hududning asosiy foy-
dali qazilmalarini tashkil qiladi.
G‘arbiy Sibir hududi janubdan
shimolga tomon salgina
nishab. G‘arbiy Sibir hududida uzunchoq, cho‘ziq do‘ngliklar
ko‘p. Umuman, o‘lka hududining mutlaq balandligi 300 m dan
oshmaydi.
G‘arbiy Sibir hududida qishda arktika, yozda esa mo‘tadil
mintaqaning havo massalari hukmronlik qiladi. Shu sababdan
o‘rtacha yillik havo harorati qishda –25 –30 °C ni, yozda +22 °C
ni tashkil etadi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 480 — 550 mm ga
yetadi.
Ob, Irtish, Taz va Pur kabi daryolar G‘arbiy
Sibirning eng
yirik daryolaridir. Umuman, hududdagi deyarli barcha daryolar
Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi.
G‘arbiy Sibirning shimolida
tundra-gleyli,
podzol va
botqoq
tuproqlar, janubiy qismida esa
unumdor qora tuproqlar tar-
qalgan. Pasttekislik hududida
pakana qayin,
qutb tollari,
kedr,
pixta,
tilog‘och,
kaklik o‘ti kabi o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlar-
dan
oq ayiq,
oq kaklik,
shimol bug‘usi,
lemming,
qutb tulkisi,
rosomaxa kabilar yashaydi.
Sharqiy Sibir. U Sibirning markaziy qismini egallab, g‘arb-
da G‘arbiy Sibir pasttekisligidan
sharqda Kolima daryosining
vodiysigacha davom etadi.
143
Sharqiy Sibirning markaziy qismini egallagan qattiq va mus-
tahkam Sibir platformasi arxey erasida vujudga kelgan. Uning
g‘arbiy qismi paleozoy, sharqiy qismi esa mezozoy eralarida
ko‘tarilgan.
O‘lkaning relyefi, asosan, yassi tog‘liklardan iborat.
Sharqiy
Sibirning markaziy qismida O‘rta Sibir yassi tog‘ligi joylashgan.
Uning yuzasi dengiz sathidan o‘rtacha 400 — 600 m baland.
Putorana tog‘larida balandlik 1 701 m ga yetadi.
Sharqiy Sibir uchta — arktika, subarktika va mo‘tadil iqlim
mintaqalarida joylashgan. O‘lka iqlimining G‘arbiy Sibir iqli-
midan farqli jihati uning keskin kontinentalligidir. Bu yerda
yillik havo harorati tafovuti juda katta (qishda –20 –40 °C, yozda
+16 +18 °C). Oymyakonda qishda harorat –71 °C ga, yozda esa
+36 °C ga yetganligi qayd etilgan.
Sharqiy Sibir daryolarga boy.
Yevrosiyoning yirik daryola-
ridan Yenisey, Lena, Aldan, Kolima, Taymir, Xatanga, Vilyuy,
Anabar shular jumlasidandir.
O‘lka hududida
arktika sahrolari,
tundra va
o‘rmon-tundra
zonalarining landshaftlari tarkib topgan. Asosiy tuproqlari
tund-
ra-gleyli va
torfli gleyli,
botqoq va
podzol tuproqlardir. O‘lkaning
shimoliy qismida ko‘p yillik
muzloq yerlar katta maydonni
egallaydi.
Sharqiy Sibirda o‘simliklardan
mox va
lishayniklar,
oq va
qora qarag‘ay,
tilog‘och,
Sibir yeli,
kedr,
zirk kabilar o‘sadi.
Hayvonlardan
oq ayiq,
qutb tulkisi,
bo‘ri,
o‘rmon suvsari,
oq
kaklik,
shimol itsichqoni,
yerqazir va boshqalar yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: