Atama, tayanch tushuncha va nomlar
O‘rta Yevropa, Alp-Karpat tog‘lari, o‘rmonli Karpat, plani-
nalar, pushta, Reyn, Dunay, Tisa.
Nazorat uchun savollar
1. Alp tog‘larining tabiati qanday omillar ta’sirida tarkib
topgan?
2. O‘rmonli Karpat, planina, pushta qanday ma’nolarni
anglatadi?
Amaliy topshiriqlar
1. O‘rta Yevropa o‘lkasini yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Alp va Karpat tog‘lariga qiyosiy tavsif bering va dafta-
ringizga yozing.
62- §. Sharqiy Yevropa
Geografik o‘rni. Sharqiy Yevropa tekisligi Yevrosiyoda eng
yirik tabiiy geografik o‘lkalardan biri bo‘lib, uning maydoni qa-
riyb 4 mln kv km ga teng. Bu tekislik Yevropaning sharqiy qis-
mida joylashgan. Sharqiy Yevropa tekisligi turli kengliklarda joy-
lashgan bo‘lib, shimolda tabiat komplekslari tundradan boshla-
nib, janubi sharqda mo‘tadil mintaqaning cho‘l tabiatigacha
davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |