124
hamda berk havzadir. Yanszi, Xuanxe, Ob, Yenisey, Volga,
Dnepr, Hind, Gang yirik daryolardir. O‘lkamizdagi Amudaryo
va Sirdaryo, Yevropadagi Volga berk
havzaning eng yirik dar-
yolari hisoblanadi.
Daryolarning to‘yinish tiðlari. Yevrosiyo daryolari to‘yini-
shiga ko‘ra to‘rt tiðga bo‘linadi: yomg‘ir, qor, muz va yerosti
suvidan to‘yinuvchi daryolar. Lekin daryolar ko‘pincha aralash
holda to‘yinadi. Masalan, yomg‘ir va qor
suvlaridan, qor va
muz suvlaridan, muz va yerosti suvlaridan to‘yinadi.
Daryolarning suv rejimi va to‘yinishi yil fasllariga bog‘liq.
Yevrosiyoning eng yirik daryolaridan Volga, Ob (Irtish ir-
mog‘i bilan), Yenisey, Lena, Pechora, odatda, qor va yom-
g‘ir suvlaridan to‘yinib, bahorda to‘lib oqadi va qirg‘oqlaridan
toshib ketadi. Shimolga oqadigan daryolar qishda uzoq vaqt
muz bilan qoplanadi. Musson iqlimli o‘lkalardagi daryolar —
Amur, Xuanxe, Mekong, Gang, Hind va boshqalar musson
yog‘inlaridan to‘yinib, ularning suv sathi yozda keskin ko‘-
tariladi.
Ekvatorial iqlimli Katta Zond orollaridagi daryolar yomg‘ir
suvlaridan to‘yinadi va ularning rejimi yil davomida o‘zgar-
maydi. O‘rta Osiyo daryolari —
Amudaryo, Sirdaryo (O‘zbe-
kiston hududidan oqib o‘tadi), Ili, Tarim baland tog‘larning
muz va qor suvlaridan to‘yinib, yozning boshida to‘lib oqadi,
kuzda va qishda keskin kamayadi.
Yevrosiyoda
ko‘llar juda ko‘p. Ularning asosiy qismi ma-
terikning shimoliy va sharqiy o‘lkalarida joylashgan. Dunyodagi
eng katta (Kaspiy, 376 ming kv km) va eng chuqur (Baykal
1 620 m) ko‘l ham shu materikdadir. Hosil bo‘lishiga ko‘ra,
tektonik (Baykal, Jeneva, Issiqko‘l), to‘g‘onli (Sarez), vulqon-
li, morena ko‘llari mavjud. Hozirgi zamon muzliklari chuchuk
suvlarning asosiy manbayidir. Shulardan biri Pomir tog‘idagi
Fedchenko muzligi. Uning uzunligi 72 km, qalinligi o‘rta
qismida
1 000 m, eni 1 700 — 3 100 m.
Suv oqimiga ko‘ra ko‘llar oqar (Baykal, Onega), oqmas
(Issiqko‘l, Balxash, Kaspiy, Orol) ko‘llarga bo‘linadi. Sun’iy
ko‘llar ham mavjud.
125
Materik
yerosti suvlariga ham boy. Yirik tekisliklarning tagida
yerosti suvlarining juda katta zaxirasi bor. Geyzerlar, buloq
suvlari ham yerosti suvlarini tashkil etadi.
Ko‘p yillik muzloq yerlar Yevrosiyoning shimoliy qismida
katta maydonlarni egallaydi. Ular yerosti suvi bilan cho‘kindi
tog‘ jinslarining muzlashidan hosil bo‘ladi.
Ularning harorati
doimo 0 °C dan past. Doimiy muzloq yerlarning qalinligi
janubdan shimol tomonga ortib boradi (0 — 1 500 m).
Do'stlaringiz bilan baham: