Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Ichki suvlar, yerusti va yerosti suvlari, doimiy muzloq
yerlar, daryolarning to‘yinish tiðlari, ko‘llarning kelib
chiqishiga ko‘ra turlari, Kaspiy, Baykal, Jeneva, Orol.
Nazorat uchun savollar
1. Qanday suvlar yerusti suvlarini tashkil etadi?
2. Yevrosiyoda kelib chiqishiga ko‘ra qanday ko‘llar bor?
3. Doimiy muzloq yerlar deganda nimani tushunasiz?
Amaliy topshiriqlar
1. Yevrosiyoning daryo va ko‘llarini yozuvsiz xaritaga yo-
zing.
2. Daryolar zichligi bilan iqlim xaritasini taqqoslab, tahlil
qiling.
55- §. Sovuq va mo‘tadil
iqlim mintaqalaridagi
tabiat zonalari
Arktika mintaqasining tabiat zonalari. Arktika mintaqasida
bitta tabiat zonasi — Arktika sahrolari mavjud. Arktika sah-
rolarida havo juda sovuq va past haroratli davr uzoq davom
etadi. Yog‘in qor holatida yog‘adi. Ko‘p yillik muzlar zonaning
deyarli hamma qismini egallagan. Orollarning toshloq joylarida
faqat mox va lishayniklar o‘sadi. Hayvonlardan oq ayiq, morj,
tulen, oq kakliklar ko‘p tarqalgan.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |