G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
 


17 
II. BO‘LIM

FARZAND TARBIYASIDA XALQ
PEDAGOGIKASINI TADBIQ ETISH MUAMMOLARI 
 
2. 1. Oilaviy hayot va oilaviy tarbiyaning milliy xususiyatlari 
 
O‘zbekiston sharoitida oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos tomonlari 
borki, buni e’tirof etmasdan iloj yo‘q. Ko‘p bolalik o‘zbek oilalariga 
xosdir. Xalqimizda «Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor» deb bejiz 
aytishmagan. Xalqimiz o‘zidan keyin zurriyot qoldirmaslikni 
qoralaydi. Erkak nomiga ega bo‘lish uchun 3 qoida amalga oshishi 
kerak. Bu uylanish, farzandli bo‘lish va uy qura olishdir.
Xalq pedagogikasida oila pedagogikasiga alohida e’tibor 
beriladi. Chunki tinch-totuv yashaydiganlarning oilalaridan bolalar 
ham shu oilada mavjud bo‘lgan axloqiy xislatlar: xushmuomalalik, 
odoblilik, kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish, oila 
a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ayniqsa, ayollarga nisbatan 
ko‘rsatiladigan g‘amxo‘rlik kabi fazilatlardan ibrat oladilar. A. 
Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida: “Tarbiyani 
kimlar qilur? Qayerda qilinur?” - degan savol beriladi. Bu savolga 
birinchi - uy tarbiyasi, bu ona vazifasidur, ikkinchi - maktab 
tarbiyasiya bu- ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir - deya 
ta’kidlab o‘tadi.
Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish 
davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Azaldan o‘zbek xalqida oila 
muqaddas hisoblangan. U avvalo, nikoh bilan mustahkamlangan. 
Nikohdan tashqari oila qonuniy hisoblanmagan, balki axloqsizlik 
sanalgan.
Umuman, xalq pedagogikasida oila tarbiyasiga juda yuqori baho 
beradi. Masalan: Qush uyasida ko‘rganini qilar,
Erka tutsa onasi,
Taltayadi bolasi.
To‘g‘ri tutsa onasi,
Yurtga ega bolasi.
«Qazisan, qartasan, asli naslingga tortasan» va hokazo… 
Sharq allomalari ham oila tarbiyasining ahamiyatini alohida 
ta’kidlashadi. Masalan: Ibn Sino: «Bola tug‘ilganda ota –ona avvalo 
unga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi 


18 
kerak» - deb ta’kidlaydi. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan 
to‘g‘ri foydalanilsa oila baxtli bo‘ladi.
Xotin kishi bilimli bo‘lishi, dinga ishonishi, uyatchan, sharm – 
hayoli, tabiatan jasur, o‘z erini qattiq sevishi, kamtar va fazilatli 
bo‘lishi, u hech vaqt o‘z shaniga dog‘ tushurmasligi, eri bilan 
ehtiyotkor bo‘lib, uning hurmatini joyiga qo‘yib muomala qilishi 
shart. O‘z vazifasini va burchini yaxshi bilishi, xotin oila xo‘jaligidagi 
narsalardan to‘g‘ri, tejab foydalana bilishi, u o‘zining harakteri va 
yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo‘qotishi kerak. Alisher 
Navoiyning ta’lim - tarbiya haqida, oila tarbiyasi hakidagi fikri 
ibratlidir:
«Har bir oila farzand qurmog‘i va uni tarbiyalab voyaga 
yetkazmog‘i kerak. Farzand ota-onaning o‘rinbosari. Farzand 
ko‘rmoq, uni tarbiyalab o‘stirmoq har bir ota va har bir onaning 
burchidir. Inson uchun kelajak avlodni yaratishdan, uni tarbiyalab, 
kelajak uchun foydali kishi qilib yetishtirishdan ko‘ra xayrli va 
lazzatli narsa yo‘qdir». Sharqning buyuk allomalaridan biri Sa’diy 
Sheroziy bolani tarbiyalash vazifasini ularning ota-onalariga, ayniqsa 
otaga yuklaydi, ota-onalarga har bir farzandning xulq- atvorini 
xisobga olgan holda bolalarni qobiliyatli qilib o‘stirishni, axloqiy 
tarbiyani yoshligidan boshlashni tavsiya etadi. U mehnat tarbiyasiga 
katta e’tibor beradi va har bir yosh avlod oiladagi axvolidan qat’iy 
nazar, hunar o‘rganishi kerakligini aytadi. Sa’diy oilada ayollarning 
mavqei haqida to‘xtalib, ayollar hayotda erlari uchun do‘stdurlar. 
Ayollar nafaqat tashqi ko‘rinishdan, balki ma’naviy jihatdan ham 
go‘zal, rostgo‘y, itoatkor o‘z eriga sodiq, shirinso‘z, bo‘lishi va 
oilaning baxti, mustahkamligi uchun kurashmog‘i lozim deydi. 
Onalarni insonga hayot baxsh etgan ulug‘ zot sifatida ulug‘laydi. Oila 
bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratishini ta’kidlab o‘tadi.
Qadimiy muqaddas kitobimiz «Avesto»da esa qarindoshlarning 
o‘zaro oila qurishi man qilingan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodni 
benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Ko‘p bolali oilalarga 
davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan. Unda bir 
yo‘la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor deb uqtiriladi.
Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karimda eng avvalo, 
ollohning o‘zigagina ibodat qilishga, so‘ngra bevosita ota-onani rozi 
qilish buyuriladi. Ota-ona bilan muloqotda bo‘ladigan farzand besh 
narsani bilishi kerak.


19 
1.
Ota-onalari qattiq gapirib yuborganda ham ularga malol kelib 
«uff» demaslik.
2.
Ota-onanini xafa qiladigan so‘z so‘zlamaslik.
3.
Ota-onaga doim ehtirom bilan yaxshi so‘zlarni so‘zlash.
4.
Ota-onaga doimo rahm-shavqatli bo‘lishi, o‘zini kamtar 
tutishi.
5.
Ollohdan ota-onalarga rahmat tilab duo qilishlari.
Ota-onalar bolani dunyoga keltirishga sabab bo‘lganlari uchun 
emas, balki uni odobli, hayoli, axloqli qilib voyaga etkazganliklari 
uchun olqishga sazovordirlar.
Payg‘ambarimiz «Kishi o‘z bolasiga odobdan ko‘ra afzalroq 
narsa ato etolmaydi»- deydilar.
Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga 
munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Tug‘ilgan kundan boshlab 
zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Yusuf Xos Hojib o‘gil va qizning 
tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, o‘g‘il-u qizga bilim ham odob 
o‘rgatish zarurligini, ikki olam uniki, manfaati yetarli bo‘lishligi, 
ularning o‘zlariga xos xususiyatlariga e’tibor berish kerak ekanligini 
ta’kidlaydi. 
Bunda, turkiy xalqlarning an’anaviy tarbiyasiga, oila muhitidagi 
tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Uning ta’kidlashicha, bola 
tug‘ilgandan boshlab, oila muhitida yashaydi. Shu oilaga xos bo‘lgan 
an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bolaning ma’naviy dunyosiga 
singadi. Oila jamiyatning bir bo‘lagidir. Demak, bola oilaviy hayot 
maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi. Farzandlar 
tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning 
noo‘rin xatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi. Ota farzandlari 
tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarasa, ularning yurish-turishlari, axloq- 
odobini kuzatib bormasa, oqibati fojiali bo‘lishi mumkin.
Yusuf Xos Hojib ota-onalarni bola tarbiyasiga e’tibor berishga 
da’vat etar ekan, jamiyat farzandlar xulq - atvoriga qarab ota-onalarga 
baho berishini aytadi, ularni ogohlantiradi: Kimning o‘gil qizi erka 
bo‘lsa, unga shu kishining o‘zi munglig‘ bo‘lib yashaydi. Ota bolani 
kichikligidan boshlab bebosh qilib qo‘ysa, bolada gunoh yo‘q, barcha 
jafo otaning o‘zida. O‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu 
yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi, undan boshqa emas.
Umuman, o‘zbek xalqi oiladagi bola tarbiyasiga alohida e’tibor 
berib kelgan. O‘zbek xalqining faqat o‘ziga xos an’analari borki, ana 


20 
shu an’analarning o‘zi oilaviy tarbiyadir. Bu an’analar nimalardan 
iborat? O‘zbek oilasida azaldan ota oila boshlig‘i hisoblangan va 
uning hurmati beqiyos bo‘lgan. Ota - oilani moddiy jihatdan 
ta’minlovchi uning sha’nini himoya qiluvchidir. Uyda otaning o‘z 
o‘rni bo‘lgan ya’ni to‘rda. Dasturxon yozilganda ham birinchi bo‘lib 
ota qo‘l cho‘zgan, keyin qolganlar qo‘l uzatishgan. Shuning uchun 
dono xalqimiz ota rozi xudo rozi degan. O‘g‘il bolalarning tarbiyasi 
bilan asosan ota shug‘ullangan. Qizlar tarbiyasi uchun esa ona mas’ul 
hisoblangan. Qizlarni onasi kelajakka, oilaviy hayotga tayyorlagan. 
O‘g‘il bolalar yoshlikdan hunarga, mehnatga o‘rgatilgan.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish