G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
 
*** 
Ulg‘ay bolam gul vatanda, alla,
Botir bo‘lib o‘sgin qo‘zim alla.
Seni ko‘rib bu chamanda alla,
Yayray quvonay, yulduzim, alla.
Ko‘z tutar xalq butun o‘lka alla,
Kelajagim orzuim deb alla.
O‘sib burka uni gulga alla,
Katta bo‘lgach shu qarzim deb, alla.
Alla o‘zbek xalqining qadimiy muhim tarbiyaviy harakterga ega 
qo‘shiq turlaridan hisoblanadi. Ona allasidan baxra olmagan bola 
qalbida ota-onaga, vatanga nisbatan mehr muhabbat hissi bo‘lishi 
qiyin. Alla aytish onalarga xos xususiyat bo‘lib, u farzandiga nisbatan, 
butun mehr-muhabbatini, qalb haroratini, orzu -o‘ylarini shu qo‘shiq 
orqali bola qalbiga yetkazadi va shu ruhda uni tarbiyalab boradi. Alla 
tinglab katta bo‘lgan bolada ota-onaga nisbatan o‘zgacha muhabbat, 
hurmat hissi shakllanadi. Beshikda yotgan chaqaloq alla so‘zlarini 
tushunmasa-da, uning qalb va ruhini uyg‘otadi.
Alla xalq tarbiyasining eng buyuk yutug‘idir. Onalar 
kuylayotgan allani nafaqat bola, balki uni eshitib qolgan katta 
yoshdagi kishilar holatida ham, bir zumga bor shuurini ta’momila bir 
kuch egallab, jon qulog‘i bilan tinglashga tushganini ko‘rishimiz 
mumkin. U balki bolaligini eslatar, balki uning qalb va ruhiyatini yana 
bir bor uyg‘otar, balki ilohiy kuchi bordir, alla insonni o‘ziga 
ohanrabodek tortaveradi.


43 
Alla shundayki, u qaysi tilda kuylanmasin u bola uchun 
tushunarli, ta’sir kuchi yo‘qolmas va ijobiydir. Uni buvi va 
momolarimiz ta’riflaridan ham bilsak bo‘ladi. Ular allani tinglagan 
bola tinch uxlaydi, onasiga mehri ortadi. Onaning pahlovonim, 
toychog‘im, yurtim tayanchi deya alqab erkalashlari asnosida bolaga 
o‘g‘il bolaga xos xususiyatlar shakllana boradi. Qiz bolani allalash 
chog‘ida gul-u lolaga o‘xshatilib erkalashlarida ham noziklik bo‘lishi, 
qiz bolaga xos tuyg‘u va hislarni uyg‘otadi - deya ta’kidlaydilar. Alla 
eshitgan bolaning qalbida mehr hissi paydo bo‘ladi.
Keng dala-yu bog‘larning ta’rifini keltirib, yurtning jamolini 
allalarda aks ettirilishi tabiat bilan, ona vatan bilan ilk tanishtiruv 
jarayonidir. Baxt va shodlikkni kuylagan ona o‘z bolasida ham shu 
kayfiyatni ko‘radi. Horg‘inlik hayot tashvishlaridan norozilik 
kayfiyati chaqaloq qarashlarida o‘zini tutishlarida sezilganday bo‘ladi. 
Ushbu jarayonlar bolaning chaqaloq paytlaridagi holatlar bo‘lsada 
uning ertangi yetuklikka erishish ostonalarida ham o‘z ta’sirini 
o‘tkazmasdan qolmaydi.
Bolasini ertangi kunda qanday bo‘lishini, kim bo‘lishini istagan 
orzu qilgan ona o‘z qalbida shunga ishonch hissini tuyadi. Uni o‘z 
allalarida aytib o‘tadi. Avvalo tarbiya ona suti ona allasi bilan 
qalbimizga singgar ekan, ona allasining nechog‘lik muhim ekanligi 
ko‘zga tashlanmasdan qolmaydi.
Aziz onalar bolangizga alla aytib berishdan charchamang. 
Ularning quloqlarini ochib qalb va ruhiyatini uyg‘oting. Allangizda 
ezgu niyat istaklaringizni bildirib orzu qilishdan charchamang. 
Bolangizga yaxshi tarbiyalar yetkazish alladan boshlansin.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish