G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


 5. Dostonlarda ilgari surilgan inson



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
 
3. 5. Dostonlarda ilgari surilgan inson
kamoloti xususiyatlari 
 
Doston o‘zbek xalq og‘zaki ijodining keng tarqalgan janrlaridan 
biridir. Uning paydo bo‘lish tarixi xalqimizning boy ma’naviy 
qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy estetik qrashlari, adolat, 
ozodlik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan 
chambarchas bog‘liqdir. “Doston” so‘zi qissa, hikoya, ta’rif va 
maqtov ma’nolarida ishlatiladi. Adabiy termin sifatida bu atama xalq 
og‘zaki ijodi va yozma adabiyotidagi yirik hajmli epik asarlarni 
anglatadi. M. Saidovning ta’kidlashicha doston murakkab san’at asari 
bo‘lib, uning doston bo‘lishi uchun adabiy tekst, musiqa bo‘lishi, 
kuylovchi hofizlik san’atini, puxta egallagan va soz cherta olishi 
zarur.
Dostonlar haqiqiy va ideal tarix birlashib, chatishib ketgan 
olamshumul voqealarni tasvirlagan, xalqimizning axloqiy, falsafiy
diniy qarashlarini, hayoti urf-odatlari va qadriyatlarini munosib tarzda 
ifodalagan o‘tmish yodnomalaridir. O‘zbek xalq dostonlari, juda uzoq 
tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan. Uning eng qadimgi 
namunalari saqlanib qolmagan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining yuksak 
professional san’at turi – doston va dostonchilikning paydo bo‘lishi 
taraqqiyoti baxshilar nomi bilan bog‘liqdir.
X. T. Zarifovning yozishicha, baxshi mo‘g‘ulcha va buryatcha 
“baxsha”, “bag‘sha” so‘zlaridan olingan bo‘lib, ustod, marifatchi 
degan ma’nolarni bildiradi
9
. O‘zbeklarda baxshi –keng ma’noda xalq 
dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan – naslga 
o‘tkazuvchi san’atkor. Xalq dostonchilarini O‘zbekistonning ayrim 
yerlarida baxshi so‘zidan boshqa nomlar bilan ham atashgan. Masalan 
Surxondaryo va Qashqadaryoning ayrim joylarida yuzboshi, Janubiy 
Tojikistonning ayrim joylarida sozanda, Farg‘ona vodiysida sanovchi, 
ayrim tumanlarda jirov, jirchi, oqin, oxun va hokazo. O‘zbek xalqi 
9
O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent O‘qituvchi 1990 yil 


60 
dostonchilaridan Jumanbulbul, Jossoq, Bo‘ron shoir, Jolmon baxshi, 
Sulton kampir, Tilla kampir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav 
baxshi, Amin baxshi, Yo‘ldoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, 
Xidir shoir, Yo‘ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Haybat 
Soqilar xalq orasida shuhrat qozongan. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, 
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Islom Nazar o‘g‘li Umir shoir, 
Abdulla shoir, Xolyor Abdukarim o‘g‘li kabi yetuk shoirlar 
dostonchilik maktabiga asos soldilar. Doston janrini tematik va 
g‘oyaviy mazmuniga ko‘ra, quyidagi xillarga ajratish mumkin:
1. Qahramonlik dostonlari. (“Alpomish”)
2. Ishqiy romantik dostonlar. (“Ravshan va Gorog‘li turkumidagi 
dostonlar”)
3. Tarixiy dostonlar. (“Shayboniyxon”, “To‘lg‘onoy” kabi)
4. Kitobiy dostonlar. (“Bahrom va Gulandom”, “Oshiq G‘arib va 
Shohsanam” va boshqalar.
O‘zbek xalq dostonlari xalqning hayoti, kurashi orzu-umidlari 
ifodasigina bo‘lib qolmay, avlodlarni kamolotga yetaklovchi tarbiya 
vositasi, tarbiya qomusi ham hisoblangan. Dostonlar milliy mafkura, 
milliy g‘oya va milliy qadriyatlarimizni, xalqning baxtli yashash 
to‘g‘risidagi ideal orzu istaklarini ifodalagani sababli har bir avlod 
tomonidan qiziqib, ishtiyoq bilan tinglangan va har avlodning tafakkur 
dunyosi bilan boyitilgan holda keyingilariga asrab avaylab 
o‘tkazilgan.
Dostonlarda 
tarixiy 
voqelik 
xalq 
fantaziyasi 
asosida 
umumlashgan obrazlarda o‘z ifodasini topadi. Binobarin, ularda epik 
umumlashtirish hukmronlik qiladi. Bunday umumlashtirish xalqning 
ijtimoiy-adolat haqidagi ideallari va orzu-umidlari bilan yo‘g‘rilgan. 
Demak, dostonga epiklik, monumentallik xos bo‘lib, kopmozitsion va 
syujet qurilishi jihatidan murakkab voqea-hodisalarni qamrab oladi. 
Bunday voqea va hodisalar mazmunan, qahramonlik harakteriga ega 
bo‘lib, ular xalq idealidagi bahodir atorofiga birlashtiriladi. 
Favqulodda kuch-qudratga ega bo‘lgan bunday yakka shaxslarda 
butun bir xalqning orzu-umidlari, imkoniyat va intilishlari 
mujassamlashgan. Xalq dostonlarining tematik va janr xususiyatlari
uning o‘ziga xos uslubi va shaklini belgilaydi, ya’ni kuy va ijro bilan 
mahkam bog‘liq bo‘lgan yirik hajmli va keng ko‘lamli poetik 
bayonida ko‘tarinkilik, tantanavorlik, an’anaviylik, she’riy va prozaik 
qismlarning davomiy almashinib kelishi xosdir.


61 
O‘zbek xalq dostonlari juda uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini 
bosib o‘tdi. Uning eng qadimgi namunalar saqlanib qolmagan. XX 
asrdagina yozib olingan dostonlargina, bu janrning ko‘p davrlar osha 
xalq baxshilari hofizasida og‘zaki ravishda muayyan o‘zgarishlar 
bilan bizgacha etib kelganligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham 
ularni xalq baxshilari faoliyatidan ajratib o‘rganish mumkin emas.
Dostonlarimizda ilgari surilgan milliy g‘urur, or-nomus, 
qat’iylik, shijoatlilik, ilm-u hunarga ishtiyoq, vafodorlik, qahramonlig-
u, botirlik sifatlari inson komolotining asosiy xususiyatlaridan biri 
sifatida qaraladi. Jumladan, Alpomish dostonida yurtga sodiqlik, vatan 
tuprog‘ining muqaddasligi, aka-uka jigarbandlarning sog‘inchi-yu, 
do‘stlik tuyg‘usining ulug‘vorligi, har qachon va har yerda er yigit 
uchun halollik, poklik, or nomus kurashi hamma narsadan muhimligi 
ta’kidlanadi.
Biz Barchin timsolida o‘zbek qizlariga xos bo‘lgan, taqdir 
zarbalarida yemirilmagan sharm-u hayoni, muhabbat tuyg‘usining oila 
sha’ni va qimmatini asrab turgan hech bir sifat bilan ta’riflab 
bo‘lmaydigan e’tiqod kuchini har bir tasvir obrazida ko‘rishimiz 
mumkin. Alpomish Hakimbek timsolida mard o‘g‘lon avvalo yurt 
egasi, himoyachisi bo‘lishi kerakligini, aytilgan so‘zda turib, va’daga 
vafo qilishlik, vatan yor-u do‘stga sodiqlik tuyg‘usi yuragida jo‘sh 
urib turganligini ko‘rib kitobxon ham uni o‘ziga yuqtirishini ko‘ramiz.
Xalq dostonlarida, jumladan «Zaydinoy» da nasihatlar, nasihat 
duolar, nasihat olqishlar epik o‘rin darajasiga ko‘tarilgan va syujet 
rivojining asosini belgilaydi. Biz yuzlab nasihatlardan birginasini-
ideal qahramon Go‘ro‘g‘liga 40 chilton bergan nasihatnigina nazarda 
tutayapmiz. Chunki, 40 nasihat o‘zbek xalq didaktikasining chinakam 
mag‘zi bo‘lib, insonning inson sifatida buyukligi, uning aqliy, 
jismoniy, ruhiy, axloqiy kamolotga erishuvida nimalarga rioya qilish 
zarurligini asoslab ko‘rsatuvchi yo‘l-yo‘riq va dasturdir. Xalq o‘z 
o‘gitlarini, pandlarini chiltonlar nomidan bayon qiladi. O‘zbek xalq 
dostonlarining boshqa hech qaysisida odob-axloq haqida qarashlar 
bunday yig‘ma, tushunarli, falsafiy teran va badiiy mukammal tarzda 
bir joyda berilmagan.
Ushbu nasihatlarning har birini bir saboq tarzida sharhlashga 
harakat qilish mumkin. Chunki bunday sharhlash kam vaqtni oladi va 
undan istagan dars (adabiyot, folklor, ona tili, tarix, huquqshunoslik, 
odobnoma va hatto aniq fanlarda ham) da foydalanish mumkin. 


62 
Darsning kirish yoki xulosa qismida, zaruriyat tug‘ilganda yangi 
materialni o‘tishda 4-5 minut vaqtni ajratib bir to‘rtlikni yod aytish 
yoki o‘qib izohlash mumkin. To‘rtlikni sharhlashni o‘quvchilardan 
so‘rash esa, ularning faolligini, qiziqishini oshiradi. Har bir 
nasihatning ruboiy shaklda berilib borishi yoxud yozma adabiyot 
vakillari ijodidagi ayrim hikmatlar bilan aloqasini kuzatish ham yangi 
ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradi. Biz uchun ushbu risolada 
yoritilishi 
lozim 
bo‘lgan 
mavzu 
xalq 
qadriyatlari, 
xalq 
pedagogikasining qamrovi nihoyatda kengligi, unga tugal rioya etish 
komil inson bo‘lib etishishining asosi ekanligini ta’kidlashdadir. 
Garchi u birgina yosh qahramonga aytilgan shunchaki maslahatlar, 
pandu-nasihatlar bo‘lib tuyulsa-da, aslida avlodlarimiz tomonidan 
necha ming yillar davomida ishlab chiqilgan, hayotiy tajribalar, ruhiy 
va milliy xususiyatlarni o‘zida jamlagan, ibrat saboqlaridir.
Kuntug‘mish, Ravshan dostonlariga ham e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, hayotga muhabbatning yorqin tomonini, taqdir kurashlardan 
iboratliligini, do‘st tanlashda adashmaslik, odamlarning aldoviga 
yo‘liqmaslik bir tomonda tursa, hasad, ig‘vo, manmanlik xiyonatdan 
qochish, burch va mas’uliyat tuyg‘ulari bilan yashash muhimligi 
o‘ziga xos g‘oyalar bilan ifodalanadi. Umuman dostonlarimizda 
xalqimiz hayotining orzu istaklari yo‘lida intilishi, inson kamolotining 
yuksak fazilatlari shakllanishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi 
shak- shubhasizdir. Negaki, xalqimiz ma’naviyatining boy merosi 
hisoblanmish dostonlar hayot tarbiyasi bilan o‘zbek xalqining turmush 
tajribasiga asosolanganligi bilan, alohida ajralib turadi. Ular qon-
qonimizga singib ketgan tuyg‘ular, o‘lmas meroslarimizdir. Biz 
kelajak taqdirimizni ularsiz tasavvur qila olmaymiz.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish