"Bug‘doy noning bo‘lmasin, bug‘doy so‘zing bo‘lsin";
"Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang
qolarsan uyatga"; "Hurmat qilsang hurmat ko‘rasan";
Maqollarda shunchalik haqiqat rostlik ildizlari keng tomir otib
borganki, uni hech bir kuch joyidan siljita olmaydi.
Maqol shunday so‘zki, so‘zga husn beradi, fikrni tushunib
olishni osonlashtiradi, uni yorqin ta’sirchan qiladi. Shuning uchun
ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo‘ladi. Kimki, uni
ko‘p ishlatsa o‘shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan
eshitadilar.
Yozuvchi va shoirlarimiz o‘z asarlarida yaratgan ijod
namunalarida maqollarning ta’sirchan kuchidan foydalanishadi. Yusuf
48
Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy,
Bobur, Munis, Ogahiy, Nodira, Furqat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,
Oybek G‘afur G‘ulom va boshqa ko‘plab ijodkorlarning asarlari
sinchiklab o‘rganilsa, maqollarning jozibasini his etishimiz mumkin.
Hatto yaratilgan asarning asosiy ma’no g‘oyasi, birgini maqolning
qarida jamlanganligini ham kuzatishimiz mumkin. Masalan Abdulla
Qaxxorning "O‘g‘ri"hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik
manbayiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga
"otning
o‘limi - itning bayrami"
maqoli epigraf qilib olingan.
Maqollar badiiy adabiyotda, she’r, doston, hikoya va
romonlarimizda ham ko‘p ishlatiladi. Hatto boshidan oxirigacha
maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bor. Masalan Gulhaniy butun
bir asarini "Zarbulmasal" deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va
Bo‘yog‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‘lib, ular
tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z
asarlarining badiiy yuksak va ta’sirchan bo‘lishi uchun xalq
maqollaridan barakali foydalandi. "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning
ishi" va boshqa asarlarida maqollardan unumli foydalangan.
O‘zbek xalq yozuvchisi, Oybek, "Oltin vodiydan shabadalar"
romanida maqollar ishtirokida, voqealarning borishi, qahramonlarning
xatti-harakatlari, obrazlari, ichki va tashqi qiyofalarini ochishda juda
qo‘l kelganligini ko‘rishimiz mumkin.
Bugungi kunda maqollarning o‘rni va ahamiyati haqida
gapiradigan bo‘lsak, oiladagi tarbiyada avvalo muhim kasb etishini
aytib o‘tmoqchiman. Negaki, asosiy tarbiya oilada berilib,
shakllantirilib boriladi. Oiladagi muhit, oiladagi tarbiyaviy sharoit
bolaning xulq atvorida nomoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham dono
xalqimiz "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" deb ta’kidlaydi. Maqollar
hayot maktabining asosiy darslik va qoidalaridir. Ularni zinxor
unutmasligimiz, amalda joriy etishimiz talab qilinadi.
Oiladagi muhitda ota-onaning xalq donoligiga murojaat etishi
tarbiya qilinayotgan bola ongiga ta’sir qilib, tarbiyaning mukammal
olib borilishiga zamin yaratadi. Ota-onalar mehnat jarayonlarida,
suhbat chog‘larida, o‘z pand-u nasihatlarini berayotgan paytlarda,
maqollardan unumli, ustalik bilan foydalanishsa, o‘z tarbiyasining
ta’sir etish kuchini oshirishgan bo‘lardi. Har bir xonadonda o‘zbek
xalq maqollari, oilaviy kutubxona kitob javonidan joy olsa, nur ustiga
a’lo nur bo‘lardi. Bolalarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirish,
49
yod olishga o‘rgatish kerak. Ota-ona bolaning yod olgan maqollarini
so‘rab, uning mag‘zini chaqib, ma’no mazmuni nimadan iborat
ekanligini, farzandning o‘z tushungan tushunchalarini so‘rashi,
xulosaviy fikrlarni chiqarib, tarbiyaviy usul sifatida tushunchalar berib
o‘tishi lozim.
Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shakl va tuzilishga ega.
Xotirada mustahkam o‘rnashadi. Maqollarning asl vositasi tarbiyaga
qaratilgandir. Xalq donishmandligining ibratli namunalari sifatida
tarbiyaviy jarayonlarda xizmat qilib kelmoqda. Maqollarda, bolaning
aziz ne’mat bo‘lib dunyoga kelishi-yu, uning barkamol farzand bo‘lib
voyaga yetishidagi harakatlar nimadan iborat ekanligiga doir,
tarbiyaning
barcha
ko‘rinishlarini
ifoda
etgan
g‘oyalar
mujassamlashgan.
Maqollar xalqning uzoq davrlar mobaynida, o‘z tajribasidan
o‘tgan, ming karra sinalgan donolik qomusi bo‘lib, u kishilarni
ezgulikka, olijanoblikka undashi; insonparvarlik, mehnatsevarlik,
vatanparvarlik, sershijoat, serg‘ayrat intilish bilan, tinch-totuv
yashashga chorlashi bilan, hamma vaqt hayot darsligi bo‘lib xizmat
qilaveradi.
Ota-onalar donishmand xalqimiz yaratib bergan to‘g‘ri yo‘lni
o‘z farzandlariga ham ko‘rsata olsalar, ko‘zlangan maqsadga erishgan
bo‘lardi. Ota - onalar farzandining tarbiyasidagi kamchilik va
yutuqlarni sezib, kamchiliklarni yo‘q qilishda, farzandidagi noo‘rin
harakatlarni bartaraf etishda, yaxshi xislat va fazilatlarni o‘stirishda
maqollarimizning
beminnat
xizmatidan
foydalanishi
darkor.
Maqollarimiz har bir kishiga ibrat namunalari haqida so‘zlar ekan,
demakki, bolaning ham ertangi kelajak yo‘lida yaxshi ibrat ko‘rsatib
yashashga chorlashi haqiqatdir.
Ular shunchaki to‘qima, o‘ylab chiqilgan so‘zlar emas, xalqning
boshidan o‘tkazgan, o‘zi ko‘rib xulosa chiqargan, tajribalar sinovida
toblangan xalq donishmandligining bizga qoldirgan buyuk me’rosidir.
Uni asrab avaylash, qalbimiz to‘riga joylash, xalqimiz pand-u
nasixatlariga quloq solib yashash, bizning hayot maktabida olayotgan
ta’lim va tarbiyani mukammal egallashimizga zamindir. Maqollarni
har bir farzand mutolaa qilar ekan u nafaqat yodida, balki qalbida
o‘rnashib qoladi. Shuning uchun oilada bolalarga maqollarni yod
oldirish, uning asosiy mazmun va mohiyatlarini tushuntiish kerak.
50
Maqollarning tarbiyaviy kuchi asnosida ulg‘aygan bola o‘zining yo‘li
va so‘zini to‘g‘ri belgilay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |