G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
bilinar, odam mehatda
kabi maqollar ana shular jumlasidandir.
Har 
bir 
davrda 
kasb-hunar 
juda 
ulug‘langan. 
Xalq 
donishmandlaridan biri: "Ey farzand agar oqil va dono bo‘lay desang, 
hunarmand bo‘lishni o‘yla. Hunarmandchilik sababidan izzat va 
hurmatga erishasan, agar hunardan bebaxra bo‘lsang, quruq soyasiz 
daraxtga o‘xshab qolasan. Ey, farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli 
kishilar bilan do‘st bo‘l, hunarsiz kishida xosiyat bo‘lmaydi. 
Mehnatdan, ilm-hunar o‘rganishdan uzoqlashma", - deydi.
Axloqshunos olim Majid Havofiy esa hunarmandchilik 
to‘g‘risida 
to‘xtalib 
"Kasb 
va 
hunarmandlarni 
e’zozla. 
Hunarmandchilikka ruju qo‘ygan xalqning hurmat va e’tibori oshadi" 
- deya o‘z xulosalarini bildirib o‘tadi.
Har kimning zari bo‘lmasada, ammo hunari bo‘lsa, dunyoda 
hech bir qiyinchilikka uchramaydi. Hunarning qiymati haqida 
donolarimiz shunday deb ta’kidlashgan.
Oltin topmagin-u o‘rgangin hunar,
Hunaring oldida xasdir oltin zar. (Jomiy)
Quyoshliq istasang kasbi kamol et,
Kamol gar kasb etarsan bemalol et. (Navoiy)
Xalq maqollarida esa Ilm- u, kasb - hunar shunday ta’riflanadi. 
Bir yigitga qirq hunar ham oz; Yuzga kirsang ham hunar o‘rgan; 
Hunar bo‘lsa qo‘lingda, non topilar yo‘lingda, Hunari yo‘q 
kishining, mazasi yo‘q ishining; hunarli moy oshar, hunarsiz loy 
oshar; Hunarni o‘rganib qo‘ysang, sendan osh-non so‘ramaydi 


47 
kabi maqollar, farzandni kasb -hunar egallashga turtki bo‘lgan. Xalq 
doim o‘z bolasini hunarli bo‘lishi uchun ustozlar oldiga olib 
borganlar. Hunarning qadr qimmatini juda yaxshi tushunganlar.
Bolalarni tarbiyalashda maqollarning ta’sirchan xulosalaridan 
foydalansak, ularni yod oldirsak, ularni o‘z ong-u shuriga singdirsak, 
udagi ibrat namunalariga hayotda amal qilishga chorlasak, hayotda 
qiyinchilik mashaqqatlarni yengishga orzulari va maqsadlariga 
yetishish uchun qadam qo‘yishga o‘rgatgan bo‘lamiz. Chunki 
maqollar butun tarbiya mezonlarini o‘z ichiga qamrab olganligini 
kuzatishimiz mumkin.
Oilada ota-ona o‘z farzandini tarbiya qilar, farzandlarning avvalo 
bir biriga axil inoq bo‘lib munosabatda bo‘lishini xohlashadi. Ular o‘z 
pand-u nasixatlarida, so‘zlarini maqollar vositasida ta’sirchanliklarini 
oshirishlari mumkin. Chunki xalqning boshidan kechirgan xulosalari, 
ibrat so‘zlari o‘z ahamiyatini oqlayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. 
Masalan, kuch birlikda deyish bilan, ahil bo‘lishni, bir biriga 
ko‘maklashishni, qo‘llab -quvvatlashni bildirib, barcha to‘siqlarni 
yengish kuch qudratning birlashuvi natijasida erishilishi ta’kidlanadi.
Maqollarda insonning yaxshi fazilatlarini ulug‘lash bilan birga, 
undagi xasislik, ochko‘zlik, o‘g‘rilik, manmanlik, yalqovlik, bezorilik 
kabi hollar ayovsiz ravishda fosh etiladi. Maqollarda botirlik, saxiylik, 
adolat, insof, otashin sevgi, vafodorlik, do‘stlik donolik kabi insoniy 
xislatlar ulug‘lanadi. Maqollar xushyor bo‘lishga, do‘stni dushmandan 
farq qilishga, insonparvar, xushfe’l, shirin so‘z, sadoqatli bo‘lishga, 
ota-ona, qarindosh urug‘ va do‘stlarni qadrlashga kattalarni hurmat 
qilishga, kichiklarga nisbatan izzatli bo‘lishga o‘rgatadi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish