Oilada bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida
tarbiyalash va shu asosida kitobxonlikni targ‘ib etishda quyidagi
masalalarga e’tibor qaratish zarur:
64
Maktabgacha ta’lim muassasalarida xalq og‘zaki ijodi
namunalari yoritilgan qo‘llanmalarni tavsiya etish.
Yosh avlod ongida milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat
hissini shakllantirishda, maktabgacha ta’lim muassalarida ota-onalarga
bog‘cha tarbiyachisi tomonidan targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilib
uning samarali natijalari tushuntirilib, (xotira, diqqat, xayol, idrok,
tafakkur, nutq jarayoni o‘sishida asosiy ko‘makchi ekanligini,
hissiyotlar shakllanishida muhimligi, masalan: vatan, ota-onaga mehr
kabi...) qiziqish uyg‘otish kerak.
Ayniqsa bolalarning ertaklarni jon qulog‘i bilan tinglashidan
unumli foydalanib, uning ong-u, shuuriga ta’lim tarbiya ta’sirini tez va
oson singdirib borish, dastlabki kitob mutolaasi va mushohadasiga
chorlash va shu asosida kitobga nisbatan muhabbatini oshirib borish.
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarida, ota-ona
yig‘ilishida kitobxonlik madaniyati mehrini shakllantirishda, ertak,
hikoya, rivoyat, dostonlarni oilaviy muhokama qilishga undash kerak.
Ota-ona mutolaasi ibrat namuna bo‘lishi muhimligini
psixolog, pedagoglar bilan ta’kidlab borish zarur. O‘qituvchilar
tomonidan bolalarga uydagi yoshi kattalardan ertak, maqol matal,
doston, rivoyat bilib kelishi haqida topshiriqlar berish kerak.
O‘qituvchilar tomonidan ochiq dars mashg‘ulotlari sahna
ko‘rinishlari xalq og‘zaki ijodi bilan tashkil qilinib, rollarni bolaga
berish orqali jonliroq muloqotda bo‘lish kerak.
Dastlabki hayot ko‘nikmalarining 70 foiz axborot 5 yoshgacha
egallanadi. Xalq pedagogikasi esa ota ona uchun tayyor hayot
darsligidir. Bu bilan ota-ona bola bilan ruhiy yaqinlashish tarbiya
ta’sir kuchini oshirishga erishishiladi.
Bu borada qilinadigan harakatlarning yana biri ommaviy
axborot vositalari orqali turli chiqishlar, uchrashuvlar tashkil qilinib,
davra suhbatlari olib borilishi kerak.
Psixolog, tarbiyachi, pedagoglar bilan olib boriladigan
suhbatlar orqali xalqimiz ongida milliy qadriyatlarimizga nisbatan
hurmatini oshirib, xalq ijodining mavqeini, o‘rnini belgilab olamiz va
ijobiy natijalarga erishamiz.
Xalq og‘zaki ijodi bolaning yoshiga mos (sodda, tushunarli va
ravonligi) barcha namunalari jumladan ertak, maqol, topishmoq,
rivoyat, dostonlarning mavjudligi, tarbiyaviy ta’sirning uzviyligini
oshirib boradi.
65
Kitobxonlik
madaniyati
birdaniga
shakllanmaydi
uni
bolalikdan boshlash kerak. Zero Navoiyni o‘qish, dilga nedir yuqishi
uchun Navoiyni anglash darajasiga yetib olish kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ko‘rgazmali plakatlardan
unumli foydalanib, ertak lavhalari tasvirlanib, dostonlardagi obrazlar
ifodalanishiga e’tibor qaratamiz. O‘yinlarni xalq og‘zaki ijodi
namunalari asosida tashkil etsak, maqsadga erishishga qadam
tashlagan bo‘lamiz.
Har qanday harakat bolaning ruhiyati ongiga ta’sir ko‘satishi
kerak.
Shunda
samarali
natijaga
erishamiz.
Psixalogiyada
anglanilganlik degan tushuncha bor. Biz mana shu narsa orqali
bolaning hayotga va o‘ziga ijobiy munosabatini tarkib toptirgan
bo‘lamiz.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarimizda bola ruhiyati va ongiga
bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi xarakterga ega ekanligi bilan ajralib
turadi. Bola ta’lim tarbiya jarayonida uning hayoti uchun, ertangi
kamoloti uchun muhim ko‘rsatkichlar shakllanadi.
Boladagi dastlabki tafakkur kurtaklari mantiqiy bog‘lanishli
emas, balki ko‘rgazmali obrazli tafakkur ekanligini inobatga olishimiz
darkor.
Har bir oilada kitobxonlik kechalari muntazam ravishda tashkil
qilinib borilsa, bolaning ulg‘ayishida, barkamol farzandning kamol
topib ulg‘ayishida o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lardi. Oiladagi farzand
bilan ota-ona o‘rtasidagi ijobiy va ijodiy muhit, bola ma’naviy
tarbiyasining shakllanishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni beqiyosdir.
Bola kitobni eng yaqin do‘sti bilib, javob qidirayotgan savollariga shu
kitobdan javob topsa, ota-onalar uni muntazam ravishda kuzatib borib,
ularga avvalo o‘rnak, ibrat bo‘lib kitob mutoalasiga e’tiborini
kuchaytirsa, bugungi kun masalasiga be’etibor qaramagan bo‘ladi.
Kitobsiz dunyoqarash, fikrlash va tafakkur also shakllanmaydi.
Shuning uchun ham kitobga qiziqtirish bolalik onlaridan
boshlanib, ota- onalar farzandlariga ertak, hikoya, bola yoshiga mos
bo‘lgan topishmoq, maqol, tez aytishlar ifodalangan xalqimiz yaratgan
ijodiy me’rosimizdan foydalanishimiz zarur. Keyinchalik bola o‘zi
mustaqil badiiy jahon adabiyotlarini mutolaa qilish uchun kitobxonlik
madaniyatini shakllantirishimiz kerak.
Kerak bo‘lsa ota- ona farzandi bilan ertaklar dunyosida kezish
kerak. Birga uning mag‘zini chaqib xulosa chiqarishga ko‘maklashish
66
kerak. To, mustaqil fikr dunyoqarash shakllanguniga qadar bola
tarbiyasi, ta’limiga e’tiborsiz qaramasligi zarur. Kitob sovg‘a qilish,
farzand kamoloti uchun zarur shart sharoitlarni ta’minlab borish zarur.
Qaysiki oilada kitob, ilm ardoqlangan bo‘lsa, jamiyat taraqqiyoti
uchun munosib avlodlar yetishib chiqishi shak- shubxasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |