G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


 2 Ona va bola munosabatlari, oilaviy muloqot



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
4. 2 Ona va bola munosabatlari, oilaviy muloqot 
 
Oilaviy munosabatlarning eng ta’sirli, jozibali va muhim bо‘lagi 
– bu ona-bola munosabatlaridir. Ularning muhimligi shundaki, ayni 
dastlabki muloqot va mehrli munosabatlar bolaning keyingi psixik va 
aqliy taraqqiyotini hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi.
Bola tug‘ilishining dastlabki onlarida ona va bola о‘zaro hissan 
va psixologik jihatdan bog‘langan bо‘lib, ikkalasi bir tan, bir vujud 
hisoblanadi. Shu bois ularning munosabatlarida simbiotiklik (bir 
xillik, qо‘shilib ketganlik, yaxlitlik) bо‘ladi. Bola ulg‘ayib, katta 
bо‘lgani sari ular о‘rtasidagi masofa, psixologik distansiya ortib 
boraveradi, simbioz munosabatlar aqliy-kognitiv munosabatlar 
shaklidagi psixologik aloqalarga aylanib ketaveradi.
Chaqaloqning jismoniy о‘sishi va rivojlanishi tabiiyki, onaning 
g‘amxо‘rligiga bevosita bog‘liq. Shunisi muhimki, bola uchun har 
qanday g‘amxо‘r va mehribon inson unga ona о‘rnini bosishi mumkin 
(buvisi, otasi, enagasi). Lekin kimningdir doimiy g‘amxо‘rligi, ya’ni, 
mehribon insonning – “obyekt”ning doimiyligi bola rivojlanishi uchun 
о‘ta muhim hisoblanadi. Bola bir yoshga tо‘lguncha bо‘lgan davri 
noverbal muloqot davri hisoblanib, undagi barcha о‘zgarishlar onasi 
yoki yaqinlari bilan bо‘ladigan emotsional, bevosita munosabatlarning 
natijasi bо‘ladi va bora-bora muomalaga til va tovushlar bilan bog‘liq 
belgilar kirib kela boshlaydi. Onaning barcha say’i-harakatlari bu 
davrda bola psixik rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilaydi.
Haqiqiy, g‘amxо‘r ona bolasining ayni paytdagi barcha 
ehtiyojlarini qalban his etib, о‘sha zahoti qondirishga harakat qiladi, 
masalan, chanqasa suv, och qolsa – kо‘krak suti, peshob qistaganda, 
tо‘sish kabi ishlarni о‘z vaqtida bajarib boradi. Onaning bola 
ehtiyojlarini shu kabi aniq bilib, о‘z vaqtida mehr kо‘rsatishi ba’zan 
intuitiv tarzda kechsa, ba’zan ona о‘zini bola bilan identifikatsiya 
qiladi, ya’ni, о‘zini uning о‘rniga qо‘yish orqali, uning talab-
istaklarini sezganday bо‘ladi, “vujudi bilan his etadi”. Bunday his 
qilishlar odatda ona tomonidan aniq anglanmaydi, lekin, tabiiyki, 
onaning kechinmalari va sezishlari tо‘g‘ri chiqadi. Lekin ba’zan 
pediatr yoki boshqa mutaxassis bilan bolaning holati haqida 
fikrlashganda ayrim hollarda о‘zining intuitiv qarorlari tо‘g‘ri yoki 
notо‘g‘ri ekanligini anglab qoladi.
Gapirish, nutq faoliyati bilan bog‘liq psixik funksiyalar 


72 
kо‘pincha 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish