Yashash maydoni
’
’
’
Madaniy-maishiy xonalar maydoni
’
’
’
Zinalar katagi soni
’
’
’
1.9.Binoni kapial ta’mirlash va rekonstrukstiyalashda ishlar xajmini aniqlash
.
Binoni kapital ta’mirlash va rekonstrukstiyalashdagi
loyixa echimlarining
tejamkorligi belgilovchi oxirgi ko’rsatkich ta’mirlangan 1m
2
maydon (yuza) narxi
xisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichni baxolashda umumiy xolatdan kelib chiqib
ta’mirlash obodonlashtirishda yuqori darajaga erishilib, yangi turar joy
qurilishining me’yorlariga javob beradi.
Er ishlari
. Poydevor uchun handak yoki transheya
chuqurligi poydevor
tagining o’rnatilish satxidan erning qora satxigacha. Binoning erto’la qismi uchun
kotlovan chuqurligi pol tagidagi to’shama qatlami tagidan erning qora sathigacha .
Poydevorni almashtirish yoki qayta o’rnatishida zaruriyati bo’lganda
kerakli transheya yoki kotlovan eni bir tomonda 0,8 m, boshqa tomondan grunt
turiga qarab tabiy qiyalikga qarab qilinadi.
Poydevorlar
. Binoni kapital ta’mirlashda va rekonstrukstiyalashda
poydevorni yangidan qurish, qayta o’rnatish, kuchaytirish ishlari uchraydi.
Ishlar xajmi lentasimon va aloxida turadigan poydevorlarga ishchi
chizmalar bo’yicha aloxida xisoblanadi.
Ustunlar ostidagi yig’ma temir beton tayanchlar yig’ma
temir beton
ro’yxati bo’yicha xisoblanadi.
Poydevorlar yon tomonlarini gidroizolyastiya ishlari xajmi izolyastiya
qilinadigan yuza maydoni bo’yicha xisoblanadi.
Devorlar
. Terilgan devor xajmi qoldirilgan bo’shliqlar xajmini,
korobkaning tashqi perimetri bo’yicha chiqarib tashlab xisoblanadi. Shu bilan
birga temir beton elementlar (peremechka, kamar, bog’lovchilar) xajmi chiqarib
tashlanadi.
Binoni kapital ta’mirlashda ko’p xollarda devorlarda
xar xil tuynuklar
ochishga, mavjudlarini bekitishga to’g’ri keladi. Ularning o’lchamlari o’rtacha
xisoblanib, qalinligi ochish yoki berkitish qalinligi bo’yicha olinadi.
Yopmalar
. G’ishtli binolarni kapital ta’mirlash rekonstrukstiyalashda ko’p
xollarda yaroqsiz xolga kelgan yopmalarni mustaxkam uzoq muddat xizmat
qiladigan, yopmaydigan temir beton konstrukstiyalarga almashtirishga to’g’ri
keladi.
Bundan tashqari yopmalarni beton bilan to’ldirilgan metall to’sinlarga
almashtirib qaytadan qurish ishlari xam amalga oshiriladi. Juda kam xollarda
yog’och konstrukstiyalar qo’llaniladi.
Eski yopmalarni ajratish,
buzish ishlari xajmi pechlar, ustunlar o’rnini
chiqarmasdan ikki kapital devor oralig’ida yopma yuzasi maydoni bo’yicha
aniqlanadi. Yangi yopmalarni barpo etish xajmi loyixa qat’iyan chizmalarida
ko’rsatilgan qaydnoma asosida aniqlanishi shart. Aloxida metall yoki yog’och
yopmalarni almashtiriladigan xollarda, ish xajmi almashtiriladigan yopmalar
maydon yuzasi yoki to’sinlar uzunligi yig’indisi bo’yicha aniqlanadi.
Qubbali g’ishtli yopmalarni buzishda ish xajmi yuza maydoni bo’yicha
emas, balki terilgan g’isht bo’yicha m
3
da aniqlanadi.
Pardadevorlar
. Eski pardadevorlarni
ajratishda ish xajmi, bo’shliqlarsiz
ajratiladigan pardadevor yuzasi maydoni bo’yicha aniqlanadi. Yangi quriladigan
pardadevorlar xajmi loyixa ishchi chizmalar asosida tuzilgan qaydnoma asosida
aniqlanadi.
G’ishtdan, mayda blokli buyumlardan parda devorlar barpo etilganda,
qoldirilgan bo’shliqlar
yuzasini chiqarib tashlab, yuza maydoni bo’yicha
aniqlanadi. Pardadevor balandligi toza pol satxidan shipgacha bo’lgan masofa
olinadi.
Tanlab ta’mirlashda pardadevorlarning ayrim joylarini almashtirishda ish
xajmi almashtiriladigan joydagi pardadevor qismi yuzasi maydoni bo’yicha
smetachi aniqlaydi.
Pollar
. Polning to’shama qatlamini (toza pol asosini tayyorlashda) barpo
etish
ishlar xajmi pechlar, ustunlar va boshqa elementlar egallab turgan yuzalarni
chiqarib tanlangan xoldagi pol yuzasi maydoni bo’yicha aniqlanadi.
Barpo etiladigan pollar yuzasining maydoni pardadevorlar, ustunlar,
pechlar, plyastrlar, shamollatish bloklari egallab turgan
yuzalarni chiqarib tashlab
o’lchashlar bo’yicha xisoblangan yuza maydoni bo’yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: