36
Area-ichki okean zonasi, ichki okean zonasi, oʼq mintaqasi va shu kabi koʼpgina
geosiyosiy tushunchalar va kategoriyalar muallifidir.
Makinder jahon siyosiy tarixiga oid juda koʼp original va inqilobiy gʼoyalar
muallifi hamdir. Makinder 1904 yilda eʼlon qilgan ―Tarixning geografik oʼqi‖
maqolasida ―siyosiy geografiya‖ va geosiyosatga koʼpgina
yangi tushunchalarni olib
kirdi, geosiyosatning asosiy qonunlaridan hisoblangan ―tarixning geografik oʼqi‖
gʼoyasini taʼriflab berdi. U geosiyosatning asosiy qonunini ishlab chiqib uchta yarim
konsentrik doiralar ko‗rinishidagi dunyo modelini taqdim qildi.
1. Heartland (heartland) – ―tarixning geografik o‗qi‖, ―o‗q maydon", ―yerning
yuragi‖. Yevroosiyoning kontinental massasi,
dunyoning yuragi, yadro mamlakati, o‗q
maydoni - geografik jihatdan Rossiya imperiyasi va Markaziy Osiyoni bir qismini
qamrab oladi.
2. Rimland (rimland) – ―ichki yarim oy‖, ―yarim oy chekkasi‖.
Yevroosiyo
materigining qirg‗oq bo‗shliqlariga to‗g‗ri keladigan kamar.
3. World island – jahon orolining materik qismidan tashqaridagi ―tashqi yarim oy‖
- geografik jihatdan Amerika, Afrikaning janubiy qismi, Avstraliya va Okeaniyani o‗z
ichiga oladi.
―Asosiy o‗lka" geografik jihatdan juda katta kenglik bo‗lib,
Shimoliy Muz
okeanidan to Osiyoga yo‗nalgan hududlarni, Germaniya va butun G‗arbiy va Shimoliy
Yevropadan sharqqa Tinch okeanigacha bo‗lgan makonni qamrab oladi. Bundan
tashqari, olim yana bir yangi yondashuv - Adriatikadan (Venetsiyadan sharqda) to
Shimoliy dengiz (sharqiy Niderlandiya)ga vertikal chizma tortib Yevropani ikkiga -
37
Xartlend va Kauslend (qirg‗oq bo‗yi yerlari)ga bo‗ladi.
Sharqiy Yevropa esa bu ikki
kenglik o‗rtasida nobarqaror hudud sifatida namoyon bo‗ladi.
X.Makkinder shular asosida Sharqiy Yevropaning jahon siyosatini nazorat qilish
uchun kurashlardagi o‗rniga e‗tibor berib quyidagi asosiy xulosaga keladi, ya‗ni: "Kim
Sharqiy Yevropani nazorat qilsa, butun "Heartland"ga hokimlik qiladi.
Agar kim
"Heartland"ni boshqarsa, butun Jahon oroliga hokimlik qiladi. Bundan kelib chiqadiki,
kim jahon orolini boshqarsa, butun dunyoga hokimlik qiladi".
X.Makkinder ilgari surgan g‗oyalar o‗tgan yuz yil
maboynida vaziyatdan kelib
chiqib, ba‗zi bir davlatlar tashqi siyosatining olib borilishida ma‗lum darajada qo‗l kelgan
bo‗lsa, ba‗zilar tomonidan faqat nazariy fikrlar sifatida qaraldi. Shunday qilib Makinder
o‗z asarlaridagi tadqiqotlar natijasida quyidagi konseptual g‗oyalarni ilgari suradi:
1. Geografik omillar bevosita tarixiy jarayonlarning rivojiga, yo‗nalishiga o‗z ta‗siri
doimo o‗tkazib boradi;
2. Har bir davlatning zaif yoki kuchli bo‗lishi u joylashgan geografik makonning
xususiyatlaridan kelib chiqadi;
3. Texnik progress davlatning geografik joylashviga o‗z ta‗sirini o‗tkazib
uning
qudratiga ijobiy yoki salbiy ta‗sir etishi mumkin;
4. Yevrosiyo – global siyosiy jarayonlar markizidir.
Yuqoridagi dunyoning geosiyosiy xaritasiga etibor berisa Makinder o‗zini uchta
qismdan iborat siyosiy tartibotini kiritgan:
Do'stlaringiz bilan baham: