Afg„onistondagi mojaroni rivojlanishi davrida tashqi kuchlarning
ustuvor yo„nalishlari evolyutsiyasi (1990-2020)
. XX asrning ikkinchi yarmida
dunyoning ikki tizimi qarama-qarshiligi sharoitida Afg‗oniston geopolitik kurash
obyekti bo‗lishda davom etdi. ―Katta o‗yin‖ asosiy o‗yinchining almashishi bilan
boshlandi, bu yerda va boshqa ko‗plab geopolitik teatrlardagi kabi Buyuk
Britaniyaning o‗rnini AQSH egalladi
4
.
1
Ovinnikov.R. Maxfiy xavfli siyosat. –T.: O‘zbekiston, 1983. – B.41.
2
Kenneth Katzman Afghanistan: Post-Taliban Governance, Security, and U.S. Policy. – New York: Congressional
Research Service, 2013. – P.3.
3
Спольников В. Н. Афганистан: исламская контрреволюция. – М.: Наука, 1987. – С.28.
4
Афганистан и безопасность Центральной Азии. Вып. 1/ Под ред. А.А. Князева. – Бишкек: Илим, 2004. –
С.3.
270
Najibullo hukumatining qulashidan keyin hukumat mujohidlar partiyalari
o‗rtasida tashlab qo‗yildi. Kichik partiya (Afg‗on Milliy Liberal Front)ning
rahbari, islomiy olim Sibhatullo Mujadeddi 1992-yil aprel may oyigacha mamlakat
prezidenti bo‗ldi. 1992-yil boshida Qobul partizanlar tomonidan egallandi va 50 ta
boshqaruv kengashidan tashkil topgan yangi hukumat tuzildi. Asosiy partiyalar
o‗rtasidagi kelishuvlar natijasida 1992-yil iyun oyida Rabboni presidentlik
lavozimini egalladi. U mamlakatni 1994-yil dekabr oyiga qadar boshqardi. Siyosiy
hokimiyat yaxshi vakilsiz qulashini aytib, u o‗sha vaqtda iste‘foga chiqishni rad
etdi. Bu qaror mujohid liderlariga, shu jumladan, pashtun va konservativ islomiy
partiya hisoblangan Hezb Islom partiyasining rahbari Gulbuddin Hekmatyorga
ham qarshi qaratilgan edi. G‗olib partizanlar birlasha olmasligi ayon bo‗ldi va
partizan kuchlari rahbari Gulbuddin Hekmatyor yangi hukumatga qarshi kurashni
boshladi. Turli fraksiyalar o‗rtasida kurash davom etayotgan vaqtda Afg‗oniston
har qaysi o‗zining boshqaruvchisiga ega bo‗lgan bir necha mustaqil mintaqalarga
bo‗linib ketdi. Hekmatyor va turli ittifoq fraksiyalari Rabboniyni qulatish uchun
kurash boshladilar. Agar Hekmatyor Qobulning g‗arbiy qismini vayron qilgan
o‗qqa tutish ishlarini to‗xtatsa, Rabboni uni primer ministr bo‗lishiga rozilik
bildirdi. Biroq, Hekmatyorning Rabboniyga nisbatan ishonchsizligi sababli u
Qobulda bu lavozimni egallashini hechqachon taxmin qilmagan edi.
1994-yil boshlarida islom fundamentalist talabalarning Pashtun harbiylari,
ya‘ni Tolibonlar katta kuch sifatida vujudga keldi. 1996-yil 23-iyunda
Florensiyada Yevropa Ittifoqiga (YI) a‘zo mamlakatlarning davlat va hukumat
boshliqlari bilan bo‗lib o‗tgan uchrashuvda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov
afg‗on muammosini tartibga solishda YIni faol ishtirok etishga chaqirgan
1
edi.
1996-yil boshlarida Tolibonlar Afg‗oniston boshqaruviga ega bo‗lish uchun
harakatni davom ettirayotgan bir vaqtda Rabboniy Hekmatiyorni bosh vazir etib
tayinlash bo‗yicha hujjatni imzoladi. Sentabrda Tolibonlar Qobulni egalladilar va
o‗zlarini Afg‗oniston Islom Amirligining qonuniy hukumati deb e‘lon qildilar.
Ular o‗zlari egallab turgan mamlakatning uchdan ikki qismida islom qonun-
qoidalarining
qisman
puritan
(puritanlar
ingliz
XVI-XVII
asrlardagi
Protestantlarining mashhur guruhlari. Puritanlar bu ma‘noda 1558-yildagi
Elizaveta I ning ruxsatidan keyin ruhoniylarning Angliya cherkovini o‗z ichiga
olgan harakat sifatida Marian surgunlarlaridan tashkil topgan)
2
shaklini joriy
qilishdi.
1998-yil avgustda Tolibonlar butun mamlakatni boshqaruvini qo‗lga olish
arafasida turib qolgan bir vaqtda 1998-yilda AQSHning Kenya va Tanzayadagi
1
Акмалов Ш. Национальная стратегия Республики Узбекистан в вопросах мирного урегулирования
афганского конфликта. –Т.:2009. –С.14.
2
http://en.wikipedia.org/wiki/Puritan
271
elchixonalarini portlatgan, Saudiya Arabistonida tug‗ilgan Tolibonlarning harbiy
yetakchisi Usama bin Lodenning terroristik harakati AQShni diqqatini poytaxt
Qobulga qaratdi. 1999-yil mart oyida BMTning tinchlik kelishuvi xati Tolibonlar
va ularning asosiy dushmani bo‗lib qolgan etnik tojik va sobiq mujohidlar rahbari
va Shimoliy Ittifoq kuchlari rahbari Ahmad Shoh Mas‘udga yetkazildi. Noyabr
oyida BMT Afg‗onistonga iqtisodiy sanksiyalar qo‗lladi; 2000-yil dekabrda BMT
sanksiyalarga qo‗shimcha ravishda Tolibonlarga qurol-yaroq sotishni ta‘qiqlovchi
sanksiya ham joriy qildi.
2001 yilga kelganda Tolibonlar davlatning deyarli 90 % ini o‗z nazoratlari
ostiga olishdi. Sentabr oyida Shimoliy Ittifoq rahbari Mas‘ud arab junalisti sifatida
niqoblangan yollanma qotil tomonidan o‗zini portlatishi natijasida halok bo‗ldi.
Mazkur hujumdan ikki kun o‗tib, AQSH prezidenti tomonidan bin Lodenning
hibsga olinishi talabi javobi sifatida Tolibonlar tomonidan egizak Dunyo Savdo
Markazi binosi va Pentagon binosi portlatildi.
2001-yil 11-sentabrdan keying haftalarda AQSH hukumati terroristik
harakatga Usama bin Lodenning Al Qoida guruhi javobgar ekanligini ta‘kidladi.
Al Qoida Afg‗onistoning Tolibonlar nomi bilan mashhur eng ashaddiy islomiy
hukumati tomonidan qo‗llab-quvvatlangan, ma‘qullangan va mamlakatdan
bohpana bergan. Prezident Bush Tolibonlardan bin Lodenni topshirishni va Al
Qoida guruhini bo‗lib tashlashni talab qildi
1
.
Qachonki Tolibonlar bin Lodenni topshirishdan bosh tortishgandan so‗ng
AQSH 2001-yil oktabrida Tolibon va Al Qoida kuchlariga (bin Lodenning
tashkiloti) qarshi harakatlarni boshladi. AQSH shunigdek, Shimoliy Ittifoq va
boshqa oppozitsion guruhlarga moliyaviy ko‗mak berishni ham boshladi. Barcha
jihatlar bo‗yicha vaziyat ancha yomon edi. Mamlakatga joylashtirilgan 20 ming
amerikalik harbiylarning shaxsiy tarkibi tinch aholi xavfsizligini ta‘minlash uchun
emas, balki bin Lodenni va toliblarni qidirishga tashlandi. Amerikalik harbiy
qismlardan tashqari mamlkatda Xalqaro ISAF
2
ning Qobul atrofida joylashtirilgan
6500 kishilik tarkibi va Qunduzda joylashtirlgan 250 kishilik Germaniyaning
harbiy xizmatchilari mavjud edi
3
.
1
www.choices.edu -U.S. Policy in Afghanistan
2
Izoh –―International Security Assistance Force‖ (ISAF) NATO rahbarligida 2001-yil dekabr oyidagi Birlashgan
Millatlar Xavfsizlik Kengashining 1386-rezolyutsiyasi tomonidan asos solingan Afg‘onistondagi xavfsizlik
missiyasi.
3
Izoh –Harbiy xizmatchilar, ijtimoiy sohadagi ishchilar, injenerlar, shifokorlar va mintaqalarga yuborilgan davlat
departamenti vakillaridan iborat bo‘lgan Birlashgan mintaqaviy qo‘mindonligini (JRT) tuzish, AQSH
qo‘mondonligi fikri bo‘yicha, Hamid Karzayga uning hokimiyatini Kobul chegaralariga yoyish uchun yordam edi.
JRTni butun mamlakat bo‘ylab joylashtirish ko‘zda tutildi – jumladan, Bomiyon, Mazori-Sharif, Hirot, Gardez,
Jalolobod va Qandahorda. Ularning tuzilishi 2003-yil bahorida boshlandi. AQSHning Iroqqa hujumi arafasidagi
Afg‘onistonning turli mintaqalariga JRT ning joylshtirilish qarori amerikaliklarning Afg‘onistonni tashlab chiqib
ketmoqchi emasligini ham namoyon qilardi.
272
Soʼnggi yillarda roʼy bergan voqealar Аfgʼoniston Markaziy Osiyoning uzviy
qismi ekanligini yana bir karra tasdiqladi. Geosiyosiy nuqtai nazardan bu yerda
Аfgʼoniston uchun ham, mintaqaning boshqa mamlakatlari uchun ham muhim
ahamiyatga ega boʼlgan mushtarak jarayonlar va tendentsiyalar roʼy bermoqda.
Buning isboti tariqasida Аfgʼonistondagi mojaroni tartibga solishga xalqaro
hamjamiyatni jalb qilishda muhim rol oʼynagan tuzilma - 6+2, 6+3, 5+1
guruhlarining eng faol aʼzolari Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh, Rossiya
davlatlari boʼlganini eslashning oʼzi kifoya deb oʼylaymiz.
Ushbu guruhning mohiyat eʼtiborli anjumani 1997 yil Toshkentda boʼlib
oʼtdi. 90-yillar oxirida quvgʼinda boʼlgan afgʼon arboblari - qirol Zokirshoh tuzgan
«Rim guruhi» aʼzolari Hamid Karzay, eng obroʼli harbiy komandirlardan biri
Аbdulhaq Toshkentda maʼnaviy va siyosiy jihatdan qoʼllab-quvvatlanishi
Аfgʼonistondagi «Tolibon» harakatiga qarshi kuchlarni birlashtirishda muhim omil
boʼldi. 2001 yil 11 sentyabr voqeasidan soʼng xalqaro terrorizmga qarshi
ittifoqning shakllanishida Аfgʼoniston bilan chegaradosh boʼlgan Markaziy Osiyo
mamlakatlari, avvalo Oʼzbekiston muhim rol oʼynadi. Bu mamlakatlar toliblar
tuzumini va «Аl Qoida» terroristik tashkilotining Аfgʼonistondagi tarmogʼini tor-
mor keltirgan harbiy kuchlar harakatining yagona zonasiga aylandi. Аfgʼoniston
qiroli Zokirshoh 2002 yil boshida 30 yillik quvgʼindan soʼng oʼz vataniga aynan
Toshkent orqali qaytib keldi. Bu ikkala mamlakat ham bir geosiyosiy makonga
mansubligining oʼziga xos ramzi boʼldi.
Oʼzbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining taklifiga koʼra 2002 yil
dekabrda Porto shahri (Portugaliya)da Аfgʼonistonga Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkilotining hamkori maqomi berildi. Oʼzbekiston rahbariyatining taklifiga
koʼra Hamid Karzay 2004 yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining
Toshkentda boʼlib oʼtgan sammitida ishtirok etdi. Bularning barchasi Аfgʼoniston
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida roʼy berayotgan jarayonlar doirasiga jalb
qilinganligidan dalolat beradi
1
.
Xalqaro ahamiyatga molik tahdidlar va xavfsizlik muammolari ham shubhasiz
umumiy xususiyatga ega. Markaziy Osiyoning narkobiznes bilan shugʼullanadigan
barcha korchalonlarini birlashtiruvchi va Аfgʼonistonda giyohvandlik moddalarini
keng miqyosda yetishtirishga asoslangan narkobiznesning yagona tarmogʼi buning
yorqin dalilidir. Bu ofatni biron-bir mamlakat yolgʼiz yenga olmaydi.
Muammoning yechimi butun mintaqa mamlakatlari bahamjihat harakat qilishini
taqozo etadi. Mintaqada ekstremistlar va terrorchilar tashkilotlari oʼrtasida aloqa va
oʼzaro yordam yoʼlga qoʼyilganligi ham shubhasizdir. Oʼzbekiston islom
1
Сафоев С.С Марказий Осиѐдаги Геосиѐсат. Жаҳон иқтисодиѐти ва дипломатия университети,Тошкент –
2005. 42-43бетлар.
273
harakatining asosiy kuchlari aynan Аfgʼoniston hududida jangari guruhlarga
birlashgani va oʼqitib-oʼrgatilgani tasodifiy hol emas.
Geografik, etno-lingvistik va madaniy jihatlar Аfgʼonistonga Markaziy
Osiyoning uzviy qismi sifatida qarash imkonini beruvchi muhim omillar
hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlarini umumiy foydalanishdagi daryolar, yagona
tizma togʼlar birlashtiradi. Аfgʼoniston aholisining katta qismini Markaziy Osiyo
davlatlarining titul millatlari hisoblangan etnik guruhlar – tojiklar (Аfgʼoniston
aholisining 27%), oʼzbeklar (10%) va turkmanlar (3%) tashkil etadi.
AQSHning Afg‗nistonni tark etishiga bir qancha faktorlar ta‘siz ko‗rsatdi.
Birinchidan, AQSHning bu mamlakatdagi harbiy harakatlari unga qarshi
munosababni kuchaytirdi. AQSHning mazkur mamlakatdagi harbiy harakatlarning
9-yili butun mamlakat bo‗ylab unga qarshi munosabatlar kuchayib ketdi.
Ikkinchidan, Afg‗onistondagi muammo noharbiy yechimlarni talab etmoqda.
Afg‗oniston dunyoning to‗rtinchi qashshoq davlati hisoblanadi, bunga 30 yillab
davom etgan urush va uning oqibatlari sabab bo‗ldi.
Uchinchidan, AQSH harbiylarining mamlakatdagi mavjudligi Tolibonlar
harakatini yanada kuchayishiga sabab bo‗ldi.
To‗rtinchidan, Afg‗onistonning mudofaa va xavfsizlik kuchlarining
shakllantirilishi qolmaslik sababidir. AQSH harbiylari va NATO rejalari eng
kamida 2-3 yil davomida Afg‗on harbiylarini va xavfsizlik kuchlari
mashg‗ulotlarini davomiyligini ta‘minlash. Ular mahalliy mudofaa kuchlarini 300-
400,000 ga yetkazish tavsiya qildilar. Biroq Afg‗onistonning yillik davlat budjeti
750 million dollarni tashkil qilgan holda, hukumat buncha harbiy xizmatchining
oylik maoshini bera olmaydi.
AQSH mudofaa vaziri Leon Panetta va NATOdagi hamkasbi 2014-yildan
keyin Afg‗onistonda qoladigan harbiylar sonini 8,000 dan 12,000ga oshirishni
ko‗rib chiqdilar. ―Biz Lissabon sammitida kelib olganimizdek, 2014-yil oxirlariga
qadar barcha majburiyatlarimizni to‗laligicha Afg‗on xavfsizlik kuchlariga
topshiramiz. Bizning maqsadimiz o‗zgarmaydi‖
1
.
«Tolibon» harakati 2021 yil iyul-avgust oylarida АQSh oʼz armiyasini
Аfgʼoniston hududidan olib chiqish fonida qisqa muddatda, bir necha hafta ichida
deyarli butun Аfgʼonistonda oʼz hokimiyatini oʼrnatdi. Qiziq jihatlaridan biri
shuki, АQSh va Gʼarb davlatlari bu jarayonga deyarli aralashmadi. Toʼgʼri, ushbu
masala boʼyicha BMT Xavfsizlik kengashi yigʼilishi oʼtkazildi, Gʼarb
mamlakatlarining baʼzilari oʼz tashqi ishlar mahkamalari orqali muammo tinch
yoʼl bilan hal qilinishi boʼyicha chaqiriqlarini eʼlon qilishdi. Lekin real ishlaydigan
mexanizmlardan foydalanilmadi. Masalan, АQSh bu jarayonni toʼxtatish niyatida
1
NATO Secretary General Anders Fogh Rasmussen, 2 April 2012
274
boʼlganida «Tolibon»ga nisbatan keskin pozitsiyasini eʼlon qilishi va turli
sanktsiyalar
yoki
«Tolibon»ni
qoʼllab-quvvatlashi
gumon
qilinadigan
mamlakatlarga qarshi iqtisodiy va siyosiy choralar belgilashi ham mumkin edi. Bu
esa jarayonni toʼliq toʼxtata olmasa ham, sekinlashtirgan boʼlardi.
Boshqa tomondan, АQSh oʼz harbiylari chiqib ketishini oldindan eʼlon
qilgandi va bu aynan Jo Bayden administratsiyasining keskin qarori emas, balki
federal darajada kelishilgan masala edi.
Pokiston 90-yillarda «Tolibon» shakllanishida katta rol oʼynagan, uning
rahbariyatini tayinlash, mafkurasini ishlab chiqishda bevosita taʼsir koʼrsatgan.
«Tolibon» paydo boʼlgan davrdan beri 27 yil oʼtib ketdi. Hozirgi «Tolibon» oʼsha
90-yillardagi kuch emas, maʼlum transformatsiya jarayonlari roʼy berdi. Ular
oxirgi paytlarda koʼplab davlatlar bilan rasmiy uchrashuvlar ham oʼtkazdi. Shu
sabab «Tolibon»ni Pokistonga toʼliq bogʼlanib qolgan kuch sifatida eʼtirof
etishmoqda
Ikkinchidan, «Tolibon»ning ichida ham boʼlinishlar mavjud. Harakat
tarkibida taʼsirga ega boʼlgan rahbariyatdagilar maʼlum hududlarda oʼz taʼsiri va
ofislariga ega. Hozirda ularning tasdiqlanganlari 3ta: Peshavor shuʼbasi, Kvetta
shuʼbasi (bular Pokistonda) va Mashhad shuʼbasi (2010 yilda Eron hududida
ochilgan).
Bulardan tashqari «Tolibon» ichida harbiy operatsiyalarga javob beradigan,
bu ishlarga jalb qilinadigan, Haqqoniy boshchiligidagi guruh mavjud. Bu guruh
ham harakat doirasida oʼz avtonomiga va soʼziga ega. Koʼpchilik manbalarga
koʼra, aynan Kvetta shuʼbasi va Haqqoniy boshchiligidagi guruh bevosita Pokiston
bilan aloqalar oʼrnatgan. Shuni unutmaslik kerakki, «Tolibon» harakati
shakllanishidan bugungi kundagi faoliyatigacha Pokiston juda katta taʼsirga ega,
lekin uni toʼliq nazorat qiladi, degan qarashlarga qoʼshilmayman. Sababi,
«Tolibon»ning ichida ham boʼlinishlar bor, harakat vertikal ierarxiya emas, balki
gorizontal ierarxiya. Bu shuni anglatadiki, maʼlum bir rahbariyat bor, lekin ular
markazlashtirilgan boshqarish qobiliyatiga ega emas. Umumiy mafkura va
strategiya ishlab chiqiladi, hududlarda uni amalga oshirish bilan joylardagi
mahalliy qoʼmondonlar shugʼullanadi.
«Tolibon» hali rasmiy ravishda hokimiyatni toʼliq olgani ham yoʼq. Kobulni
egallashdi va de-fakto Аfgʼoniston hududining 95 foizi «Tolibon» nazoratida.
Yuridik jihatdan esa hali ularning hukumati tasdiqlanmadi, yaʼni olti kishidan
iborat oʼtish davri hukumati tuzildi. Legitimizatsiya jarayoni toʼliq tugamadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |