Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Узбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси 9сон, 194-модда



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Узбекистон Республикаси Олий Мажлиси Ахборотномаси 9сон, 194-модда.


tuzish paytida sotuvchida m avjud bo'lgan tovarni, shuningdek, kelajakda 
sotuvchi yaratadigan yoki oladigan tovarni olish-sotish haqida ham tuzilishi 
mumkin.
Shartnom aning tovar haqidagi sharti uning asosiy va m uhim sharti 
hisoblanadi, busiz shartnom a m avjud bo'la olmaydi. A gar shartnom a 
tovarning nomi va miqdorini aniqlash imkonini bersa, tovar to'g'risidagi 
oldi-sotdi shartnomasining sharti kelishilgan hisoblanadi.
Oldi-sotdi shartnom asida baho xaridor tomonidan sotib olinayotgan 
tovar uchun sotuvchiga to'lanadigan m a’lum miqdordagi pul summasidir. 
A garda xaridor olinayotgan tovar evaziga sotuvchiga pul emas, balki 
ashyoni topshirsa, yoxud m a’lum xizmat ko'rsatishni, ish bajarishni o'z 
zimmasiga olsa, yoxud tekin olish nazarda tutilgan bo'lsa, u holda olish- 
sotish hisoblanmaydi.
Oldi-sotdi shartnom asida tovarning bahosi taraflarning kelishuvi 
bilan belgilanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga 
ega bo'lgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar 
(tariflar, rassenkalar, stavkalar va h. k.) qo'llaniladi (FKning 356-moddasi,
2-qismi). M asalan, ayrim tu rd ag i tovarlar faq at bir yoki cheklangan 
doiradagi bir necha k orxonalar tom onidan ishlab chiqarilishi va b u
korxonalar o'zlarining bunday ustun, monopol m avqeyidan foydalanib, 
tovarlar bahosini belgilashda suiiste’molliklar qilishi mumkin. Shu sababli 
h a m «T ovar bozorida m onopolistik holatni va raq o b atn i cheklash
to 'g 'risid a » g i qonun (1996-yil 27-dekabrda qab ul qilingan), «Tabiiy 
monopoliyalar to'g'risida »gi qonun (1997-yil 27-aprelda qabul qilingan) 
va shu kabi qonunlarda tovarlar narxi belgilab qo'yilishi mumkin, biroq 
bozor m u nosabatlari tizim ida ko'pchilik to v arlarning bahosi ta ra fla r 
tom onidan o'zaro kelishuv asosida belgilanadi.
To'lovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga 
oshirish xaridor hisobidan am alga oshiriladi (FKning 418-moddasi 1- 
qismi). Masalan, pulni pochta orqali yuborish, sotuvchining bank hisob 
raqam iga o'tkazish xarajatlari va hokazo.
Tovarning bahosi uning og'irligiga qarab belgilanadigan bo'lsa, agar 
shartnom ada boshqacha holat belgilanmagan bo'lsa, u sof og'irligi (netto) 
bo'yicha aniqlanishi lozim, bunda tovarning idish yoki o'rov holidagi 
og'irligi (brutto) asos bo'lib hisoblanmaydi.
A gar oldi-sotdi shartnom asida tovarning bahosi uni belgilaydigan 
ko'rsatkichlar (tannarx, xarajatlar va h. k.)ga qarab o'zgartirilishi lozimligi 
n azard a tu tilg an bo'lsa, am m o shu bilan birga, bahoni qayta ko'rib 
ch iq ish usuli b elg ilan g an bo'lm asa, baho u sh b u k o 'rsa tk ic h larn in g


shartno m a tuzilgan paytidagi va tov arni topshirish paytidagi o‘zaro 
nisbatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi 
yanvar oyida tuzildi, tovar xaridorga m ay oyida topshirildi. Mana shu 
vaqt oralig'ida tovarning bahosi 20 foizga qimmatlashdi. Binobarin, bunday 
holda birlamchi baho va oxirgi baho o'rtasidagi nisbat hisobga olinmog'i 
lozim.
Sotuvchi tovarni topshirish m ajburiyatini kechiktirib yuborganida 
baho tovarni shartnom a bo'yicha topshirish lozim bo'lgan vaqt.dagi baho 
bo'yicha toianadi.
Shartnom a tuzilgandan keyin bahoni o'zgartirishga qonun hujjatlari, 
shartnom ada nazarda tutilgan holatlarda va shartlarda yo‘l qo'yiladi.
Baho haqida kelishuv sh artno m anin g m uhim shartidir. B unday 
kelishuvga erishilm aganida sh artn o m a tuzilm agan hisoblanadi. Baho 
nazarda tutilm agan va shartnom a shartlari bo'yicha belgilanishi mumkin 
bo'lm agan hollarda baho xuddi to v arlar uchun to'lanadigan narxlar 
b o 'y ic h a b elgilanadi. U shb u qo id a F K n in g 3 5 6 -m o dd asi, 3-qism i 
mazm unidan kelib chiqadi. M azkur hollarda, garchi shartnom ada baho 
haqida kelishuv m avjud bo'lm asa ham , ta ra fla r b u n d a y kelishuvga 
erishgani haqidagi prezumpsiyaga am al qiladi.
O ld i-so td i s h a rtn o m a sin i ijro e tis h m u d d a ti ta r a f la r n in g o'z 
m ajburiyatlarini amalga oshirish vaqti bilan belgilanadi. B unday m uddat 
qonun hujjatlarida yoxud taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish